Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
59
v) urmoq. Bu choraga yuqorida qilingan amallar ish bermasagina murojaat qilinadi.
Shu yerda eslatib o‘tishimiz kerakki, ayol isloh etmoq (tuzatmoq) uchun uriladi,
o‘ldirmoq yoki mayib-majruh qilmoq uchun emas. Shu sababli Payg‘ambarimiz (s.a.v.)
marhamat qiladilar: “Agar sizga itoatsizlik etadigan bo‘lsalar, ularni yengilroq uring”.
Yengilroq urish qanday? Mufassirlar buni shunday tushuntirganlar: Ro‘molcha va qo‘l
bilan uriladi, qamchi va tayoq bilan emas.
Buni ham oshirib yubormaslik, bir joyga
emas, yuzdan tashqari vujudining turli qismlariga almashtirib tekkiziladi. Chunki, yuz
barcha go‘zalliklar mujassam bo‘ladigan inson chehrasidir.
Erining ruhsatisiz ishga kirmoq
Islom ayolga uy ishlarini qilish vazifasini bergan. Islom dini erkaklargina qiladigan og‘ir
kasblarni ayollarga farz qilmagan, lekin ayollarga xos ba’zi ishlarni erkaklarga xos ba’zi
ishlar
bilan tenglashtirib, ular bilan teng savob olishni joriy qildi.
Hozirgi sharoitda musulmon ayollarga turli sabablarga ko‘ra ishlab chiqarishda,
shifoxonalarda, maktablarda ishlash ehtiyoji ortib bormoqda.
Ayol uydan tashqariga chiqishi bilan vazifa sohasining tashqarisiga chiqqan bo‘lurki, bu
holda harakat qilishi ba’zi shartlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Olimlar ayolning ish-harakatlarini, erining haqqiga zarar beradigan va bermaydigan
shaklda
ikkiga ajratishgan; birinchisini man’ etib, ikkinchisini joiz ko‘rishgan.
Hanafiy faqihi Ibn Obiddin marhamat qiladilar: Shuni bilish foydaliki, qaysi bir ish ayolga
erining haqqini cheklasa, bu xil ishlar man’ qilinishi kerak. Ammo bunday zararlarga o‘rin
bermaydigan ishni man’ qilishda hech qanday ma’no yo‘q.
Shuningdek, qilayotgan ish
ayollarga xos farzi kifoyalardan bo‘lsa, bundan ham uni man’ etish to‘g‘ri emas,
masalan, doyalik, tikuvchilik, muallimalikka o‘xshash ishlar. Ishlash bilan birga ayol
kishining farzandlarining tarbiyasini enaga yoki bog‘cha tarbiyachilariga tashlab qo‘yishi
bola tarbiyasiga
nuqson yetkazishi mumkin, chunki hech kim onadek mehr berib,
tarbiyani o‘rinlatolmaydi. Hozir davr shundayki, ayol kishi ko‘chaga chiqmasdan uyda
o‘tirib ham farzandiga
yaxshi tarbiya berolmaydi, chunki u zamondan orqada qoladi,
kunida sakkiz soat ko‘chada ishlab ham farzandlariga vaqt ajratolmaydi, ularni nazorat
qilolmaydi. Demak, shunday sharoit bo‘lishi kerakki, ayol ibodatlarini o‘rinlatgani
holda
foydali mehnat bilan band bo‘lsin, ham farzandlari va eriga vaqti qolsin. Shunda
jamiyatga foydali bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: