D. Q. Usmanova


 Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan yalpi foyda



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/131
Sana04.06.2022
Hajmi3,15 Mb.
#637011
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   131
Bog'liq
1. Buxgalteriya xisobi

11.5. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan yalpi foyda 
(zarar)larni hisobga olish 
Mahsulot, ishlar va xizmatlar sotishdan olingan yalpi foyda va zarar hisobot 
davri oxirida sotishdan tushgan sof tushum bilan sotilgan mahsulot, ishlar va 
xizmatlarning haqiqiy tannarxi orasidagi farqi miqdorida aniqlanadi. 


292 
Tayyor mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar, olingan 
daromadlar, shuningdek sotilgan tovarlarning qaytarilishi, sotish narxlaridan 
chegirmalar to‘g‘risidagi axborotlar quyidagi: 9010-«Mahsulot sotishdan olingan 
daromad», 9020-«Tovarlar sotishdan olingan daromadlar», 9030-«Bajarilgan ishlar 
va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar», 9040-«Sotilgan tovarlarni 
qaytarish» va 9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» 
schyotlarda aks ettiriladi. 
YUqorida keltirilgan 9010, 9020 va 9030-schyotlar tranzit schyotlar 
hisoblanib, ko‘payishi kreditida, kamayishi debetida aks ettiriladi. 9040 va 9050 
schyotlari kontrpassiv schyot bo‘lib 9010, 9020 va 9030- schyotlar summasini 
tuzatib turadi. Bu schyotlarda quyidagilarni sotishdan tushgan sof tushum aks 
ettiriladi: sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa korxonalarda ishlab chiqarilgan 
tayyor mahsulot va o‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulot; sanoat 
tusidagi ishlar va xizmatlar; sanoat tusiga ega bo‘lmagan ishlar va xizmatlar; sotib 
olingan buyumlar (butlash uchun sotib olingan); qurilish montaj, loyiha-qidiruv
geologiya-qidiruv, ilmiy tadqiqot va boshqa shunga o‘xshagan ishlar; savdo, 
ta’minot korxonalarining tovarlari; transport tashkilotlarining yuk va kishilar 
tashish bo‘yicha xizmatlari; engil avtomashinalarni ijaraga berish va 
avtomashinalarni xaydab olib borib berish xizmatlari; transport - ekspeditsion va 
yuklash - tushirish operatsiyalari; aloqa korxonalari xizmatlari. 
9010, 9020 va 9030-schyotlarining kreditida 4010-«Xaridorlar va 
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» va 4110-«Alohida bo‘linmalardan 
olinadigan schyotlar» schyotlarining debeti bilan korrespondentlangan holda 
xo‘jalik yurituvchi subektning asosiy faoliyatidan olingan daromadlar aks 
ettiriladi. 
Hisobot davriga tegishli bo‘lgan oldingi davrda olingan daromadlar 
summasiga pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 6230-«Boshqa 
muddati uzaytirilgan daromadlar» yoki 6310-«Xaridorlar va buyurtmachilardan 
olingan avanslar» schyotlari kreditlanadi. 


293 
Sanoat korxonalarida mol yuboruvchi va buyurtmachilarga yuklab yuborilgan 
mahsulot (bajarilgan ish va xizmatlar) bo‘yicha taqdim etilgan hisob hujjatlari 
summasiga 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti 
debetlanib, 9010, 9020 va 9030 - schyotlar kreditlanadi. 
Kelgusida yuklab jo‘natiladigan mahsulot, ko‘rsatiladigan xizmat va 
bajariladigan ishlar uchun oldindan olingan bo‘naklar summasi ushlab qolinganda 
6230 va 6310-schyotlari debetlanib, 4010-schyoti kreditlanadi. YUborilgan 
mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar uchun pul mablag‘lari tushganda pul 
mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 4010-«Xaridorlar va 
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti kreditlanadi. 
Korxonaning yakuniy balans foydasi (zarari) hisobot davrining oxirida 9910 
«YAkuniy moliyaviy natija» schyotida aniqlanadi. 9010, 9020 va 9030- 
schyotlarning kredit qoldiqlari hisobot davri oxirida 9910- schyotga o‘tkaziladi: Dt 
9010, 9020, 9030 – schyotlar, Kt 9910 «YAkuniy moliyaviy natija» schyoti. 
9040 va 9050- schyotlari sotilgan tovarlarni qaytarilishi, shartnoma 
shartlariga binoan sotishdan chegirma, shuningdek sotilgan mahsulotdan brak 
aniqlanishi natijasida narxidan chegirma va shu kabilarni hisobga olish uchun 
belgilangan. Bu schyot kontrpassiv bo‘lib, ularning debet oborotlari sotilgan 
mahsulot (tovar, ish va xizmatlar) dan tushgan tushum summasidan hisobot davri 
oxirida quyidagi hisobdan chiqariladi: Dt 9010, 9020 va 9030-schyotlar, Kt 9040 
va 9050-schyotlar. 
9040 «Sotilgan tovarlarning qaytishi»-schyotining debetida operatsiyalar 
quyidagi hollarda aks ettirriladi: buyurtmachi va xaridorlarga ushbu tovarlar 
qiymati qaytarilganda: Dt 9040 «Sotilgan tovarlarning qaytishi», Kt 5010, 5110, 
5210- schyotlar.
Qaytarilgan tovarlar bo‘yicha debitor qarzi bekor qilinganda, Dt 9040 
«Sotilgan tovarlarning qaytishi», Kt 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan 
olinadigan schyotlar». 
Bunda qaytarilgan tovarlar bo‘yicha oldin hisoblangan QQS va aksiz solig‘i 
summasi quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha 


294 
qarz (turlari bo‘yicha)», Kt 5110-«Hisob - kitob schyoti» yoki 4010 «Xaridor va 
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar». 
Qaytarilgan mahsulot va tovarlarning tannarxi hisobdan chiqarilganda: Dt 
2810 «Ombordagi tayyor mahsulotlar» yoki 2910 «Ombordagi tovarlar», Kt 9119-
9130-schyotlar. 
SHartnoma shartlariga binoan sotishdan chegirma, shuningdek sotilgan 
mahsulotdan brak aniqlanishi natijasida chegirma berilsa, quyidagicha 
rasmiylashtiriladi, 
Dt 
9050-«Xaridorlar 
va 
buyurtmachilarga 
berilgan 
chegirmalar», Kt 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» 
schyoti. 
Sotilgan tayyor mahsulot, tovarlar (ishr va xizmat)lar tannarxi to‘g‘risidagi 
axborotlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 9110 «Sotilgan tayyor 
mahsulotlarning tannarxi», 9120-«Sotilgan tovarlarning tannarxi» va 9130-
«Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi» schyotlari. Bu schyotlar 
tranzit hisoblanib aktiv schyotlarga mansub. Ularning debeti ko‘payishini, krediti 
esa kamayishini ko‘rsatadi. Bu schyotlarda hisobot davrining boshiga qoldiq 
qolmaydi. 
Korxonalarda mol xaridorlarga jo‘natilgan mahsulot (ish va xizmat) lar uchun 
hisoblashish hujjatlarini taqdim etilishiga qarab jo‘natilgan mahsulot (ish va 
xizmat)larning haqiqiy tannarxiga 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» yoki 2810-
«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyoti kreditlanib, 9110 yoki 9130-schyoti 
debetlanadi. 
Ayrim korxonalarda sotilgan mahsulot (ish va xizmat) larning haqiqiy 
tannarxi faqat kalendar yilining oxirida bir marta aniqlanganligi uchun 9110 va 
9130- schyotlarning debetida yil davomida sotilgan mahsulot (ish va xizmat) 
larning reja tannarxi aks ettiriladi. Yil oxirida mahsulot (ish va xizmatlar)ning 
haqiqiy tannarxi bilan reja tannarxi orasidagi farqi tegishli schyotlarga o‘tkaziladi. 
Bunda quyidagicha rasmiylashtiriladi: 
Dt 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» yoki 2820-«Ko‘rgazmadagi tayyor 
mahsulotlar» - ombordagi yoki ko‘rgazmadagi tayyor mahsulotga tegishli farq 


295 
summasiga, Dt 9110-«Sotilgan mahsulotlar tannarxi», 9130 «Bajarilgan ish va 
ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi» - sotilgan mahsulot, ishlar, xizmatlarga 
tegishli farq summasiga, Kt 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» yoki 2310-
«YOrdamchi ishlab chiqarish». 
Agar bu farq summasi ortiqcha qilingan xarajatni ko‘rsatsa, yuqoridagi 
buxgalteriya o‘tkazmalar oddiy siyohda, aksincha, tejalgan summani ko‘rsatsa - 
qizil siyohda storno qilib reja tannarxi haqiqiy tannarxga etkazib qo‘yiladi. 
Hisobot davri oxirida 9110 «Sotilgan mahsulotlar tannarxi», 9120 «Sotilgan 
tovarlar tannarxi» va 9130 «Sotilgan ishlar va xizmatlar tannarxi» schyotlarining 
debet oborotlari yakuniy moliyaviy natija schyotiga o‘tkazish yo‘li bilan hisobdan 
chiqariladi. Bunda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 9910-«YAkuniy moliyaviy 
natija», Kt 9110, 9120 va 9130-schyotlari. 
SHunday qilib, 9910-«YAkuniy moliyaviy natija» schyotining debetida 
hisobot davrida sotilgan mahsulot, ishlar, xizmatlarning haqiqiy tannarxi, kreditida 
esa mahsulot, ishlar va xizmatlarni sotishdan tushgan sof tushum aks ettiriladi. 
Ushbu muomalalar bo‘yicha 9910-«YAkuniy moliyaviy natija» schyotining debet 
va kredit oborotlarini taqqoslash natijasida hisobot davridagi mahsulot, ishlar va 
xizmatlar sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) aniqlanadi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish