D. Q. Usmanova


 Qo‘shilgan va zaxira kapitallarini hisobga olish



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/131
Sana04.06.2022
Hajmi3,15 Mb.
#637011
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   131
Bog'liq
1. Buxgalteriya xisobi

 
11.2. Qo‘shilgan va zaxira kapitallarini hisobga olish 
Aksioner jamiyatlarida qo‘shilgan kapitalning buxgalteriya hisobi 8400- 
«Qo‘shilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar» ning quyidagi: 8410-«Emissiya 
daromadi» va 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyotlarida 
hisobga olinadi. 
Ushbu schyotlar oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha nominal qiymatidan 
ortiq olingan, shuningdek, ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlarning 
mavjud summalarini va ularning harakatini umumlashtirish uchun tayinlangan. 
8410-«Emissiya daromadi» schyotida aksiyalarni ta’sischilarga birlamchi 
sotishda nominal qiymatidan ortiqcha tushgan summa hisobga olinadi. Bu vaqtda 
5010, 5110, 5210–schyotlar debetlanib, 8410-«Emissiya daromadi» schyoti 
kreditlanadi. Bu schyotning debetida o‘z aksiyalarini sotib olishi va bekor qilishda 
tashkil bo‘lgan salbiy farq summalarini qoplanishi aks ettiriladi. Bu vaqtda 8410 


282 
«Emissiya daromadi» schyoti debetlanib, 8610-«Sotib olingan xususiy aksiyalar – 
oddiy» va 8620-«Sotib olingan xususiy aksiyalar – imtiyozli» schyotlari 
kreditlanadi. 
8410-«Emissiya daromadi» schyoti bo‘yicha analitik hisob oddiy va imtiyozli 
aksiyalar bo‘yicha alohida yuritiladi. 
8420-«Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyoti ustav kapitalini 
shakllantirish jarayonida vujudga keladigan kursdagi farqlarni hisobga olish uchun 
tayinlangan. 
Ustav kapitalini shakllanishida valyuta va valyuta qimmatliklari ustav 
kapitaliga badal qo‘yilgan vaqtdagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha baholanadi. Valyuta va valyuta qiymatliklari 
va boshqa mulklarning bahosi ta’sis hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish paytidagi 
bahosidan farqlanishi mumkin. Bu vaqtda vujudga keladigan kursdagi farqi 8420-
«Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyotida hisobga olinadi. 
Baholar orasidagi ijobiy farq summasiga mulk, valyuta va valyuta 
qiymatliklarini hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 8420-«Ustav kapitalini 
shakllantirishdagi kurs farqi» schyoti kreditlanadi, salbiy farqi esa aksincha 
provodkalar bilan rasmiylashtiriladi. Baholardagi farqlarni shu tartibda hisobdan 
chiqarish ta’sis hujjatlarida kelishilgan ta’sischilarning ustav kapitalidagi ulushini 
o‘zgartirmaslik imkoniyatini beradi. 
11.2- jadval 
Qo‘shilgan kapital hisobi bo‘yicha schyotlar korrespondensiyasi (8400) 
№ 
Xo‘jalik muomalalarining 
mazmuni 
Schyotlar 
korrespon-densiyasi 
YOzuvni tasdiqlovchi
Hujjatlar 
Debet 
Kredit 
1 Aksiyalarning nominal qiymati 
bilan emission qiymati 
orasidagi farq summani qabul 
qilish 
5110, 
5010, 
5020, 
5210 
8410 Kirim kassa orderi, 
bankning ko‘chirmasi 
2 Sotib olingan o‘z aksiyalarini 
ikkilamchi sotishdan pul tushdi 
5110, 
5010, 
5020, 
8610, 
8620 
Kirim kassa orderi, 
bankning ko‘chirmasi 


283 
5210 
3 Sotib olingan aksiyalarini qayta 
sotishda sotib olgan narxdan 
kam sotilganligi uchun farqi 
emission daromad hisobidan 
qoplandi 
8410 
8610, 
8620 
Ta’sischilar qarori, 
bankning ko‘chirmasi 
4 Sotib olingan aksiyalarni bekor 
qilishda aksiyalarni nominal 
qiymati bilan sotib olish bahosi 
orasidagi salbiy farqi emission 
daromad hisobidan qoplandi 
8410 
8610, 
8620 
Ta’sischilar qarori
5 Ustav kapitalining 
shakllanishida kapitalni to‘lash 
paytida vujudga kelgan ijobiy 
kurs farqi 
4610, 
4890 
8420 Ta’sischilar qarori, 
bankning ko‘chirmasi 
6 Ustav kapitalining 
shakllanishida kapitalni to‘lash 
paytida vujudga kelgan salbiy 
kurs farqi
8420 
4610, 
4890 
Ta’sis xujatlari, 
buxgalteriya raschyoti 
Ustav kapitalini shakllantirishda vujudga keladigan kurs farqlarining analitik 
hisobi, ochiq turdagi aksioner jamiyatining aksionerlari bilan olib boriladigan 
hisob –kitoblar hisobidan tashqari, har bir ta’sischilar bo‘yicha yuritiladi. 
Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlari umumiy majlis qarori bo‘yicha aksiyalarni 
nominal qiymatini ko‘paytirish yoki qo‘shimcha aksiyalar chiqarish yo‘li bilan 
ustav kapitalini ko‘paytirishlari mumkin. Sodir bo‘lgan zararlarni qoplash uchun 
ustav kapitalini ko‘paytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Aksionerlarning umumiy majlisi 
ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risida ham qaror qabul qilishi mumkin. Ustav 
kapitalini kamaytirish aksiyalarni nominal qiymatini kamaytirish yo‘li bilan yoki 
aksiyalarni umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularning bir qismini sotib olish 
yo‘li bilan bo‘lishi mumkin. Ochiq tipdagi aksioner jamiyatining ustav kapitalini 
kamaytirish jamiyatning barcha kreditorlarini ogohlantirgandan so‘ng amalga 
oshiriladi. 


284 
Xo‘jalik yurituvchi subektlar o‘zlarining sof foydasidan ta’sis hujjatlarida 
belgilangan miqdorda zaxira kapitali tashkil etishi mumkin. Zaxira kapitaliga har 
yili ustavda belgilangan miqdorgacha ajratiladi. Basharti amaldagi qonunchilik va 
ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, boshqa tijorat tashkilotlari ham zaxira 
kapitalini tashkil etishlari mumkin. 
Zaxira kapitalining tayinlanishi – sodir bo‘ladigan korxonaning balans zarari 
va boshqa to‘lovlarini qoplashdir. Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlarida zaxira 
kapitalidan, foyda etarli bo‘lmagan yoki yo‘q bo‘lgan hollarda, imtiyozli aksiyalar 
bo‘yicha dividendlar to‘lash uchun ham foydalaniladi. Zaxira kapitalini to‘ldirish 
uchun asosiy vositalarning indeksatsiya fondi summasi ham yo‘naltiriladi. 
Zaxira fondi harakatining hisobi 8500-«Zaxira kapitalini hisobga oluvchi 
schyotlar» ning quyidagi: 8510-«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»; 
8520-«Zaxira kapitali» va 8530-«Tekinga olingan mulk» schyotlarda hisobga 
olinadi 
8510–schyotida mulklarni qaytadan baholash natijasida ularning qiymatini 
ortishi hisobga olinadi. Bu schyot passiv bo‘lib mulklarni qayta baholash natijasida 
zaxira kapitalini tashkil etilishi va to‘ldirilishi 8510-«Mulkni qayta baholash 
bo‘yicha tuzatishlar» schyotining kreditida aks ettirilib, tegishli qiymati 
ko‘paytirilgan mulklarni hisobga oladigan schyotlar debetlanadi. 
Basharti qaytadan baholash natijasida mulklarning qiymati kamaytirilsa
xuddi shu mulk turi bo‘yicha qaytadan baholash natijasida ortgan qiymati 
tugaguncha 8510 «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyoti debetlanib 
tegishli aktivlarni hisobga oladigan schyotlar kreditlanadi. Undan ortig‘iga 9430-
«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti debetlanib tegishli aktivlarni hisobga 
oladigan schyotlar kreditlanadi. 8510-schyotning qoldig‘i balansda «Zaxira 
kapitali» moddasi bo‘yicha ko‘rsatiladi. 
8510-«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyotining debetiga 
quyidagi hollarda yoziladi:
qaytadan baholash natijasida mulklar qiymatini 
kamayishi; Qaytadan baholash natijasida uzoq muddatli investitsiya qiymatini 
kamayishini 
qoplash; 
korxonaning 
tugatilishida 
ta’sischilar 
orasida 


285 
taqsimlanadigan summa. Bunda 8510-schyot debetlanib 6620-«CHiqib ketayotgan 
ta’sischilarga ulushi bo‘yicha qarz» schyoti kreditlanadi. 
8520-«Zaxira kapitali» schyotida xo‘jalik yurituvchi subektlar o‘zlarining 
ta’sis xujjatlarida belgilangan miqdorda zaxira kapitali tashkil etilganda yoki 
to‘ldirilganda aks ettiriladi. Bu vaqtda 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan 
foydasi schyoti debetlanib, 8520-«Zaxira kapitali» schyoti kreditlanadi. 
Zaxira kapitalidan foydalanilishi 8520-«Zaxira kapitali» schyotining debetida 
aks ettiriladi. Masalan, aksioner jamiyatining dividend to‘lash uchun foydasi yo‘q 
bo‘lsa, yoki etmasa zaxira kapitali hisobidan dividendlar hisoblash bo‘yicha 
quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 8520-«Zaxira kapitali», Kt 6610-«To‘lanadigan 
dividendlar» schyoti. 
8530-«Tekinga olingan mulk» schyoti qaytarib bermaslik sharti bilan olingan 
mol-mulklarni hisobga olish uchun tayinlangan.
Mol-mulk bepul olinganda, olingan mol-mulklarni hisobga oladigan schyotlar 
debetlanib, 8530 «Tekinga olingan mulk» schyoti kreditlanadi. Bepul olingan mol-
mulklar qiymati foyda (daromad)dan ajratma solig‘iga tortiladi. Bepul olingan 
mol-mulkni soliqqa tortish tartibi O‘zR Soliq Kodeksi bilan belgilanadi.

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish