Solishtiruvchi schyotlarning chizmasi
D-t
K-t
Oborot - mazkur operatsiyalar
bo‘yicha har ikki solishtiruvchi
summalardan biri (korxonvalariniig
yalpi zarari, sotilgan resurslar tannarxi
va hokazo)
Oborot - mazkur operatsiyalar bo‘yicha
har
ikkala solishtiruvchi summalardan
(ikkinchisi
(korxonvalarining
foydasi,
sotilgan resurslarning sotilish qiymati va
hokazo)
Taqqoslovchi schyotlar tarkibiga 9910 «YAkuniy moliyaviy natijalar»
schyotidan tashqari 9210 «Asosiy vositalarning tugatilishi» va 9220 «Boshqa
aktivlarning tugatilishi» schyotlarini ham kiritish mumkin. Asosiy vositalar va
boshqa aktivlarning tugatish jarayoni nixoyasiga etgandan so‘ng bu schyotlarning
debet va kredit oborot summalari o‘zaro solishtirilib moliyaviy natija aniqlanadi.
SHuning uchun ham bu schyotlarni taqqoslovchi schyotlar deyish mumkin. Lekin
82
yangi schyotlar rejasida bu schyotlarni tranzit schyotlar tarkibiga qo‘shilib,
taqqoslovchi schyotlar maqomi berilgan.
3.4. Buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi.
Schyotlar rejasi buxgalteriya hisobi tizimidagi axborotning umumiy tuzilishini,
uning xo‘jalik mexanizmiga muvofiq holda iqtisodiy tavsifini aniqlab beradi.
Buxgalteriya hisobi schyotlarning ma’lim bir tizimga solinishi
schyotlar rejasi
deyiladi.
Xalq xo‘jaligining bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, har xil mulkchilik shaklidagi
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning paydo bo‘lishi, korxonalarning rivojlanishi,
xalqaro andozalarga mos bo‘lgan hisob tizimi va schyotlar rejasini ishlab chiqishni
talab qildi.
SHu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 9
sentyabrdagi 103 - sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya
hisobining Milliy (BHMA) (21-BHMS) «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning
moliyaviy - xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash
bo‘yicha yo‘riqnoma»ni tasdiqladi va u O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan qayd qilindi.
Ushbu andoza, byudjet muassasalari va banklardan tashqari, mulk shakllaridan
qati nazar barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan 2004 yil 1 yanvardan
boshlab qo‘llanila boshlandi..
YAngi schyotlar rejasi jami bo‘lib 249 ta balansli va 14 ta balansdan tashqari
schyotlardan iborat bo‘lib, u moliyaviy hisobotlarni tuzishga moslashtirilgan.
Barcha buxgalteriya schyotlari oltita qism bo‘yicha tizimga keltirilgan bo‘lib,
ular quyidagilardan iborat:
I.Uzoq muddatli aktivlar;
II. Joriy aktivlar;
III. Majburiyatlar;
IV. Xususiy kapital;
V. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi;
83
VI. Balansdan tashqari schyotlar.
Birinchi to‘rt qism schyotlarining ma’lumotlariga asosan moliyaviy hisobotning
I - shakli “Buxgalteriya balansi” tuziladi. Beshinchi qism «Moliyaviy natijalarning
shakllanishi va ishlatilishi» schyotlarning ma’lumotlariga asosan moliyaviy natijalar
to‘g‘risidagi hisobot (2 - shakl ) tuziladi.
Schyotlar rejasida barcha schyotlar 9 bo‘limda tizimga keltirilib ko‘rsatilgan:
1- bo‘lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar;
2- bo‘lim. Tovar - moddiy zahiralar;
3- bo‘lim. Kelgusi davr xarajatlari va muddati uzaytirilgan xarajatlar -joriy qismi;
4- bo‘lim. Olinadigan schyotlar - joriy qismi;
5- bo‘lim. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy
aktivlar;
6- bo‘lim. Joriy majburiyatlar;
7- bo‘lim. Uzoq muddatli majburiyatlar;
8- bo‘lim. Kapital, taksimlanmagan foyda va rezervlar;
9- bo‘lim. Daromadlar va xarajatlar.
Birinchidan sakkizinchi bo‘limgacha bo‘lgan schyotlar balans tuzilishiga mos kelsa,
9 - bo‘lim schyotlari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot tuzilishiga mos
keladi.
Schyotlar rejasining birinchi qismi bir (1- bo‘lim) ikkinchi qismi to‘rt (2, 3,4 va
5)lardan, uchinchi qismi ikki (6 va 7), to‘rtinchi qism bir (8- bo‘lim) va beshinchi qism
bir (9 - bo‘lim) bo‘limlardan iborat.
YAngi schyotlar rejasida schyotlar besh guruhga bo‘lib ko‘rsatilgan.
1. Aktiv schyotlar (A) - xo‘jalik aktivlarini aks ettiradigan va iqtisodiy
resurslarning hisobot davridagi ko‘payishini debet tomonida va shu davrdagi
kamayishini kredit tomonida aks ettiradigan schyotlar.
2. Passiv schyotlar (P) - xo‘jalikning majburiyatlari va kapitalini aks ettirish
uchun tayinlangan, hisobot davri boshidagi qoldiqni, hisobot davri mobaynidagi
majburiyatlarni va kapitalning o‘sishini kredit tomonida va shu davrdagi
84
majburiyatlar hamda kapitalning kamayishini debet tomonida aks ettiradigan
schyotlardir.
3. Kontr - aktiv schyot (KA) - bu shunday schyotki, moliyaviy hisobotda aktivning
sof qiymayishini aks ettirish uchun uning qoldig‘i u bilan bogliq bo‘lgan aktiv
schyotning qoldig‘idan chegirib tashlanadi. Bunday schyot passiv schyotlarga
mansub bo‘lib ko‘payishi kreditida, kamayishi debetida aks ettiriladi.
4. Kontr - passiv schyot (KP) - bu shunday schyotki, moliyaviy hisobotda
majburiyat yoki sof qiymatni aks ettirish uchun uning qoldig‘i u bilan bog‘liq
bo‘lgan passiv schyotning qoldig‘idan chegirib tashlanadi. Bunday schyot aktiv
schyotlarga mansub bo‘lib ko‘payishi debetida, kamayishi kreditida aks ettiriladi.
YUqorida keltirilgan schyotlarning barchasi doimiy schyotlar hisoblanib,
ular hisobot davrining oxirida qoldiqqa ega bo‘lgan va buxgalteriya balansida
aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar va kapital schyotlaridir.
5. Tranzit (o‘tkazuvchi) schyotlar (T) - hisobot davrida foydalaniladigan,
lekin yopilib ketadigan va hisobot davri oxiriga qoldig‘i bo‘lmaydigan daromad
hamda xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir. Bu schyotlarning ma’lumotlari
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi. Xarajatlarni hisobga
oladigan tranzit schyotlar aktiv schyotlarga mansub bo‘lib ko‘payishi
debetida,kamayishi esa kreditida aks ettiriladi.
Daromadlarni hisobga oladigan schyotlar passiv schyotlarga mansub bo‘lib,
daromadning ko‘payishi kreditida, kamayishi esa debetida aks ettiriladi.
Schyotlarning yuqoridagi guruhlanishidan ko‘rinib turibdiki yangi schyotlar
rejasida aktiv - passiv schyotlar yo‘q. Schyotlarning barchasi yoki aktiv -
ko‘payishi debetida, kamayishi kreditida aks ettiriladi, yoki passiv – ko‘payishi
kreditida, kamayishi debetida aks ettiriladi (majburiyatlarning vujudga kelishi va
ularni to‘lash vaqtlari bir hisob registrida chiziqli yozuv usulida birlashtirilmaydi).
Eski schyotlar rejasidagi aktiv - passiv schyotlar: boshqa debitor va kreditorlar,
hisobdor shaxslar bilan hisob - kitoblar, mahsulot sotish va shunga o‘xshagan qator
schyotlar hozirgi amaldagi schyotlar rejasida bekor qilingan.
85
Turli debitor va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob - kitoblar har bir debitor
va kreditorlik qarzlari bo‘yicha alohida aktiv yoki passiv schyotlarda hisobga
olinadi:
a) YAngi schyotlar rejasining 4 - «Olinadigan schyotlar - joriy qismi» bo‘limi
(4000 - 4900 schyotlar) da mahsulot sotish va boshqa operatsiyalar natijasida
vujudga keladigan debitorlar hisobga olinadi.
b) YAngi schyotlar rejasining 6 - «Joriy majburiyatlar» bo‘limi (6000 -6900
schyotlar) da mol sotib olish va boshqa operatsiyalar natijasida vujudga keladigan
kreditorlar hisobga olinadi.
Misol uchun safar xarajatlari bo‘yicha hisobdor shaxslar bilan bo‘ladigan hisob -
kitoblarni olaylik. Xizmat safari uchun xo‘jalik xodimlaridan biriga naqd pul
berilsa, 4220 «Xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklar» aktiv schyoti debetlanib,
5010 «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» schyoti kreditlanadi. Hisobdor shaxslar
olgan bo‘nak summasidan ortiqcha xarajat qilgan bo‘lsa, hujjatlar bilan
rasmiylashtirilgan ortiqcha qilingan xarajatlar summasiga 4220 - schyoti
kreditlanmaydi, chunki u aktiv schyot, balki 6970 - «Hisobdor shaxslardan qarz»
passiv schyoti kreditlanadi. Ortiqcha qilingan safar xarajatlar summasi kassadan
to‘langanda 6970 schyoti debetlanib 5010 schyoti kreditlanadi. Mahsulot sotish
schyoti (eski 46 - «Mahsulot sotish» aktiv - passiv schyoti) ham shunday. Eski
schyotlar rejasi bo‘yicha mahsulot sotishdan tushgan tushum 46-schyoti kreditida,
sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi shu schyotning debetida hisobga
olingan. Hozirgi amaldagi schyotlar rejasi bo‘yicha mahsulot sotishdan tushgan
tushum 9010 «Mahsulot sotishdan olingan daromadlar» passiv schyotlarga mansub
bo‘lgan schyotning kreditida hisobga olinib, sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish
tannarxi 9110 «Sotilgan mahsulot tannarxi» aktiv schyotlarga mansub bo‘lgan
schyotning debetida hisobga olinadi.
Schyotlar korrespondensiyasi faqat tizimli hisob mohiyatini ochib beradi.
Ko‘plab schyotlar balansli schyotlar bo‘lib, ular tizimlidir. Balansli schyotlar
korrespondensiyalanadi. Lekin balansdan tashqari deb nomlanadigan tizimsiz,
korrespondensiyalanmaydigan schyotlar ham mavjud. Balansdan tashqari schyotlar
86
bo‘yicha yozuvlar ikkinchi korrespondensiyalanadigan schyotlarsiz amalga
oshiriladi.
Balansdan tashqari schyotlarning asosiy xususiyati shundaki, ular tizimsiz, oz
miqdorda va keng tarqalmagan. Diqqatga sazovor joyi shundaki, ular aktivlar
bo‘lib hisoblanadi, lekin balansdan tashqari schyotlarda hisobga olinadigan
ob’ektlarni aktiv va passivga bo‘lish ma’lum bir ma’noga ega emas. Balansdan
tashqari schyotlarning ko‘payishi kirimiga, kamayishi chiqimiga yozib boriladi.
Schyotlar rejasidagi schyotlar kodlaridan tashqari nomiga ham ega. Schyotning
nomi - bu tub ma’noda schyotning o‘zidir. Schyotlar bilan ish olib borganda,
asosan ularning tayinlanishi va foydalanish tamoyillarini bilish zarur.
Hisob sub’ektlari tomonidan qo‘llaniladigan schyotlarning to‘liq ro‘yxati
schyotlar rejasidir. Ayrim sub’ektlar tomonidan qo‘llaniladigan schyotlar
ro‘yxatida farqlarning mavjudligi ikki xil schyotlar rejasini taqozo etadi: birinchisi
- namunali, qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasi, ikkinchisi - buxgalteriya
hisobining ishchi (rabochiy) schyotlar rejasidir.
Har bir korxonalar umumiy qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasiga
asosan o‘z ishchi schyotlar rejasini tuzib olishlari kerak. Ishchi schyotlar rejasida
tanlab olingan schyotlar miqdori xo‘jalik faoliyati turiga qarab barcha
qo‘llaniladigan xo‘jalik operatsiyalari hisobini ta’minlashi kerak.
Hisobning barcha sub’ektlari namunali schyotlar rejasidan foydalanishga
majbur. Schyotlar rejasida ko‘rsatilmagan schyotlarni qo‘llash faqat O‘zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlari buxgalteriya balansi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Faraz qilaylik, oy boshiga korxonalar balansi quyidagicha bo‘lgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |