2
Bolalik davri
(6-12 yosh-
gacha)
Boshlang‘ich maktab yoki
ona tili xalq maktabi. Bunda
o ‘quvchi (bola) esda saqlash,
so‘zlash, yozish ko‘nikmasini
egallashi, geom etriya,
geografiya, tabiyot fanlarini
o ‘rganishi lozim.
Maktab ta’limi va tar-
biyasi orqali yozish,
o ‘qish, xotirada saqlash,
o ‘z ona tili asoslarini
egallash, matematik
tushunchalarni o ‘rga-
nish, tabiatga doir
tushunchalarga ega bo‘lish
ko‘zda tutiladi.
3
0 ‘smirlik
davri (12-18
yoshgacha)
«Lotin maktab»i yoki
gimnaziya. Bu o ‘quv
yurtining vazifasi va bola
tushunchasini, tafakkur
qobiliyatini o ‘stirishdan
iborat bo‘lib, unda klassik
tillar, tabiiyot bilimlari,
axloq, xudogo‘ylik o'qitilishi
kerak.
Bu umumiy o ‘rta ta’lim
(5-9-sinflari) va o ‘rta
maxsus, kasb-hunar
ta’limi davriga to ‘g ‘ri
keladi. Bunda bolalarning
intellektual jadal rivoj-
lanishi, m a’lum y o ‘na-
lish bo‘yicha bilimlarni
chuqurlashtirish, biror
yoki bir necha zamonaviy
kasbni egallashlari ko‘zda
tutiladi.
4
Etuklik davri
(18-24
yoshgacha)
Universitet yoki akademiya.
Bu o ‘quv yurtlari o ‘quv-
chining irodasi, shaxsini
bir butun o cstirishi kerak.
Bitta soha doirasida aniq
y o lnalishlar bo'yicha oliy
m a’lumot olish davri
(bakalavriat va magistra-
tura) raqobatbardosh,
yuqori malakali kadr
bo‘lib etish davri.
Eslab qoling!
Ya.A.Komenskiy 1670-yilda Amsterdamda vafot etadi. Uning
butun hayoti, o ‘zining so‘zlariga qaraganda, «Vatanda emas, balki
umrbod va tinimsiz darbadarlikda o ‘tdi». Ammo u hamisha o ‘z
vatanini qizg‘in sevgani va yosh avlodni tarbiyalash ishiga sodiq
xizmat qilganligini o ‘z ilmiy faoliyati davomida isbotlab berdiki,
undan ibrat olsa arziydi.
114
Buni bilasizmi?
Komenskiy materialni mustahkam o ‘zlashtirib
olishiga katta
ahamiyat berib, o ‘qitilayotgan narsalarni bir-biriga bog‘lagan holda
olib borish, mavzu qisqa, aniq qoidalar asosida berilishi, mashq
qildirish, takrorlash kerakligini ko‘rsatadi.
U ta ’limning izchilligiga e ’tibor berish lozimligini ta ’kidlab,
mashg‘ulotlar tuzilishiga doir shunday fikr bildiradi: «Oldingi
material keyingi materialga yo‘l ochib berishi kerak», ya’ni yangi
material oldingi material o ‘zlashtirilgandan keyingina bayon qilinishi
lozimligi materialning o ‘zlashtirilishi esa o‘z navbatida, ilgarisining
mustahkamlanishiga yordam berishi kerak.
Komenskiy birinchi marta mashg‘ulotiarda sinf-dars sistemasi
zarurligini
asoslab beradi, bunga muvofiq bir o ‘qituvchi bir yo‘Ia
butun sinf bilan muayyan o ‘quv materiali bo ‘yicha ishlaydi.
Komenskiyning fikriga ko‘ra: o ‘quv yili ham m a o ‘quvchilar
uchun bir vaqtda boshlanib, bir vaqtda tugallanishi, mashg‘ulotlar
ketm a-ket dam olish bilan almashinib turishi kerak. 0 ‘quv kuni
turli sinflarda o ‘quvchilarning yosh im koniyatlariga muvofiq
ravishda q at’iy tartibga solinishi zarur.
U sinf-dars tizimini ishlab chiqar ekan, dars vaqtida o ‘tgan
darsni qaytarish,
yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash,
uyga vazifa berish kerakligini alohida ko‘rsatib o ‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: