3. Axloq tarbiyasi masalasiga e ’tibor berib, insonlar orasidagi
m unosabat, d o ‘stlik, birodarlikka alohida e ’tibor qaratishni
ta ’kidlaydi.
4. M ehnat tarbiyasi va insonlarni hayotda, o ‘qishda chidamli
bo‘lishini mehnatsevarlik va m atonat timsoli deb ko ‘rsatadi.
5. Bolalarning jism onan sog‘lom , harbiy hunarni puxta
egallagan, jasur, mard bo'lib yetishuviga alohida e ’tibor beradi.
6. Madrasalardagi o ‘quv
tizimini isloh qilib, madrasalarda
o ‘qish muddatini 15-20-yildan 8-yiIgacha qisqartiradi.
Bilib qo‘ying!
Zahiriddin M uhammad Bobur o ‘rta asr Sharq madaniyati va
m a’naviyatida o ‘ziga xos o ‘rin egallagan olim bo‘lishi bilan birga
keng dunyoqarash va mukammal aql -
zakovati bilan Hindistonda
Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi
sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o ‘zbek tilida yozilgan «Bobur-
noma» asari bilan jahonni mashhur tarixnavis, adabiyotshunos,
tarbiyashunos olimlari qatoridan ham joy oldi.
Zahiriddin M uham m ad Bobur 1483-yilning 14-fevralida
Andijonda, Farg‘ona hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga
keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo
va Xurosonda turli hokimlar,
aka-ukalar, tog‘a-jiyanlar, amakivachchalar o ‘rtasida hokimiyat
ulug‘ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik qilish
uchun kurash nihoyat keskinlashgan edi.
Ilmga yoshligidan mehr qo‘ygan Zahiriddin barcha Temuriy
shahzodalar kabi bilimlar asosini otasi
saroyida yetuk ustozlar
rahbarligida egalladi. Biroq uning betashvish yoshligi uzoqqa
cho‘zilmadi. 1494-yili otadan yetim qoldi. 12 yoshida otasi o'rniga
Farg‘ona viloyati hokimi etib ko‘tarilgan Bobur butun aqliy
qobiliyati, irodasini qilichga almashtirib, Andijon taxti uchun ukasi
Jahongir Mirzo, amakisi Sulton Ahmad Mirzo, tog‘asi
Sulton
M ahmudxon va boshqa qarindosh raqiblariga qarshi kurashishga
majbur bo'ldi. Bobur ukasi Jahongir Mirzo bilan murosaga kelish
uchun unga yon berishga Farg‘ona viloyatini ikkiga taqsimlab,
yarmini ukasiga topshirishga qaror qildi va o ‘zi Samarqand uchun
62
olib borilayotgan kurashga otlandi. Bir necha yil davom etgan bu
kurashda Shayboniyxonning qo‘li baland kelib Bobur Samarqandni
tashlab ketishga majbur bo ‘ldi. 1504 yili
Shayboniyxon Andijonni
ham qo‘lga kiritgandan so‘ng Bobur janubga qarab yo‘l oldi va
Qobul ulusida o ‘z hokimiyatini o ‘rnatdi. Keyinchalik 1526-1527
yillarda Bobur Hindistonga yurish qiladi va Ibrohim Lo‘diy ustidan
g‘alaba qozonib, Hindisonda «Boburiylar sulolasi»ga asos soladi.
Bobur bu g ‘alabadan so‘ng uzoq yashamadi. 1530-yil dekabr
oyida Agra shahrida vafot etdi. Keyinroq vasiyatiga ko‘ra farzandlari
uning hokini Qobulga olib kelib dafn etdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: