partnyorga, sahnadagi dekoratsiyalarga va voqelikka nisbatan xatti-
harakatlari mobaynida o‘ylab topiladi. U asar ustida ish olib
borilayotganda yoki rejissyor tomonidan oldindan o‘ylanib topilishi
ham mumkin. Mizanssenalar ustida ish olib borish jarayoni nafaqat
ety udlar ustida ishlaganda, balki spektakllarni sahnalashtirish, katta-
katta bayram yoki tomoshalarni sahnalashtirishda ham muhim
jarayon hisoblangani uchun etyudlar ustida ishlayotganda uning
prinsiplari, amal qilish qoidalari, uni qurish yo‘llarini yaxshilab
o‘rganib olish zarur.
Nima uchun etyudlar ustida ishlashga katta ahamiyat beriladi,
degan o'rinli savol tug'ilishi tabiiydir.
Buning
boisi shundaki, birinchidan, etyudlarni o'ylab
topishning o‘zi katta mahorat talab etiladigan vazifadir.
Ikkinchidan, aktyoming vazifasi sahnada bo'layotgan voqelik
yoki boshqacha qilib aytganda, dramaturg tomonidan berilgan
matnni tomoshabinga yetkazishdan iborat bo'lib qolmasligi kerak. U
sahnadan turib so‘zni quruq emas, ma’no va mazmun jihatdan turli
xatti-harakatlar orqali voqelikni ifodalamog‘i lozim. Aynan «turli
xatti-harakatlar»ni topish etyudlar ustida ishlash jarayonida
o‘zlashtirilib, mustahkamlanib boradi.
Uchinchidan, aktyorlik mahoratini o'zlashtirishning eng zo‘r
usuli etyudlar ustida ishlashdir.
Agar madaniy tadbirlarni tashkil etish nuqtayi nazaridan olib
qaraladigan boisa, sahnada so‘z o‘rnida uning ekvivalenti turli
plastik «harakatlar»ni topish juda muhimdir. Chunki keng
maydonlarda minglab tomoshabinlar qatnashayotganida quruq so‘z
ularni zeriktirib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun «harakat topish»
aynan etyudlar ustida ishlash jarayonida izlanishga majbur qiladi.
Etyudlar ustida ishlashda talaba o‘zi xohlagan mavzu bo‘yicha
etyud topishi mumkin. Ba’zan o‘ qituvchi o‘zi mavzu berib, shu
mavzuga mos etyud tuzish, to‘qish vazifasini beradi. Masalan,
«Tabiatni asrang» mavzusi bo'yicha etyud tuzish vazifasi berilgandg
talabalar bir xil mavzuga turli xil yondashib, o‘z qarashlarini
namoyon etadilar va bu orqali o'zlarining fantaziyalarini «charxlab»
boradilar. Bunday usul talabani o‘z ustida va roli ustida ishlashga
majbur qiladi, eng asosiysi rejissyorlik faoliyat uchun muhini
xususiyat fikrlash qobiliyatini rivojlantirib boradi.
Etyudlar ustida ishlash jarayoni qotib qolgan bir xil shtamp
emas, uni turli rejissyor turlicha hal qilishi yoki o‘rgatishi mumkin.
Masalan, iste’dodli rejissyor-pedagog A.MGrinberg «Etyudlar
ustida ishlaganda turli hayvonlar yoki predmetlami jonlantirish shart
emas, ularga, asosan, «Agarda» va «Berilgan shart-sharoitda» degan
savolga javob beruvchi etyudlarni berishimiz kerak, deb aytardi. Bir
tomondan olib qaralganda, bunday yondashish to‘g‘riday tuyuladi.
Ammo ikkinchi tomonidan olib qaraladigan bo‘lsa, bu yondashish
bir tomonlama boiib qoladi. Shuning uchun ham mashqlar va
etyudlar uchun o‘z ichiga aktyorlik mahoratining kompleks
vazifalarni olgan materiallarga tayanish katta samarani beradi.
Hayvonot olamini o'rganish talabalami aktyorlik mahoratini
shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Chunki, unda rejissyorlik
uchun eng muhim xususiyatlardan biri boMgan — kuzatuvchanlik
qobiliyatini rivojlantirib boradi. Masalan, biron-bir hayvon
ishtirokidagi etyudni ishlash uchun uning hayotiga oid, xarakterli
xususiyatlariga oid, uning o‘ziga xos boshqa hayvonlarga o‘xshab
qolmaydigan jihatlarini o'rganilib, aynan shu hayvonning barcba
xususiyatlarini kuzatib boradi va etyud harakatlariga kiritadi.
Shuning uchun o'qituvchilar etyudlar bilan ishlash jarayonida
talabalami sirk, hayvonot bog‘lariga borishlariga majbur qiladilar va
u yerdan o‘rganib kelgan hayvon larning xatti-harakatlarini analiz
qilib, etyudlar topib kelishlari uchun vazifalarni muntazam ravishda
berib boradi.
Har qanday sharoitda ham etyudlar ustida ishlaganda
aktyorlikning eng serharakat jihatlarini, faol harakatni, voqea rivoji
davomida tomoshabinni tutib turadigan jihatlari haqida o‘ylash
kerak.
Har qanday faoliyatning asosida tarbiya yotmog‘i lozim.
Ayniqsa, sahna san'atida asaming tarbiyaviy ahamiyatiga jiddiy
• ’tibor berish zarur. Yurtboshimizning «Sahna san’ati odam larga
nafaqat zavq-shavq baxsh etishi, ayni vaqtda milliy g'urur, milliy
ll'lixor manbai, qudratli tarbiya vositasi ham bo‘la olishi — bu isbot
inlnb qilmaydigan haqiqaídir»,35 - deb aytgan so'zlari aynan shu
mnvzuga qaratilgan. Sahnada turib aytilgan har qanday so‘z yoki
xatti-harakat tomoshabin uchun qonunday bo'lib qoladi va u
qahramonning so'zlari va xatti-harakatlariga o'z munosabatini
bildiradi. Shuning uchun o'ylab topiigan etyudlarda tomoshabin
to'g'ri xulosa chiqarishi uchun xatti-harakatlar tizimi aniq
ifodalanishi va uning uchun tushunarii bo'lishi kerak.
Etyudiar mashqlardan ko'ra tuga 1 langan bo'ladi. Kompleks
mashqlar aktyorlik mahoratining barcha elemenlarini o 'z ichiga
oigan xatti-harakatlardan iborat bo'ladi. Etyudiar esa tugallangan
voqelikni xatti-harakatlar bilan amalga oshiradigan jarayondir.
Etyudlarda qarama-qarshiliklar yaqqol ko'rinishi kerak. Ichki va
tashqi qarama-qarshiliklar etyudlaming asosiy harakatga tushuruv-
chi mexanizmi sifatida namoyon bo'lmog'i lozim.
Etyudiar ustida ishlashda talabalarga quyidagi talablar qo'yiladi:
1. Tanlangan etyud qahramonlarining obrazlarini yaratishda
ulaming xarakterli xususiyatlarini o'zlashtirish.
2. Etyudni sahnalashtirishda kompozitsion tuzilishini to'g'ri
belgilash.
3. Etyud aktyorning mahorat jihatdan tarbiyasiga ta’sir
ko‘rsatishi kerak.
4. Ko‘ rsatilayotgan etyud tomoshabinga estetik zavq va
ma’naviy ozuqa berishi kerak va h.k.
Talabalari bilan etyudiar ustida ishlash quyidagi yo'natishlarda
o'zlashtirib boriladi:
1.Bir kishilik
(
o h h h o h h h h
) ;
2. Ikki kishilik (napHbiñ);
3.0mmaviy (MaccoBHñ) etyudiar;
Bir kishilik etyudlarda o‘z nomi bilan ma’lum bo'lib turibdiki,
bitta aktyor qatnashadi. U sahnada narsa yoki buyumlarga, shovqin-
larga, turli qarshiliklarga nisbatan munosabat bildirib, uni yengish
choralarini izlaydi. Bir kishilik etyudlami to'qish (topish) shuning
35 «Isiiqlol
v a m iU iv Icatr».
Fjumonlar.
qororlor, nulqlar to 'p la m i; T , «Y angí
aa r
avlodi», 2 0 0 2 y,
ISbet.
127
uchun ham murakkabki, unda ijrochining bir o‘zi vazifalami
bajaradi. Konfliktlami topish, voqealarni o'ylab bir sujet liniyasiga
qo'yishda partnyorsiz «qiynaiadi».
Ikki kishiiik etyudlarda qahramonlar o‘z partnyorlariga nisbatan
munosabat bildirib, xatti-harakatlar qiladilar. Bunda partnyorni
sezish, his qilish orqali ikkala tomondagi qahramonlar qarama-
qarshiliklarni yengib o‘tish uchun kurash olib boradilar. Partnyorlar
doim bir-birlarini ijodiy ilhomlantirib, qo‘llab-quwatlashlari kerak.
Ba’zi hoi larda birinchi aktyor berilgan vazifani sidqidildan,
ikkinchisi esa yuzaki bajarib o‘z partnyorini siqib qo'yish mumkin.
Etyudlarda kurashlaming jismoniy (tashqi) va psixologik (ichki)
ko'rinishlari mavjud bo‘lib, ikkalasi ham voqea rivojiga katta ta’sir
ko'rsatadi.
Ammo etyudlar ustida ishlashda ko‘pincha uning soni ko‘pay-
tirishga qiziqib ketiladi. Etyudlar ustida ishlashda uning soniga
emas, sifat darajasiga e’tibor berishimiz maqsadga muvofiqdir.
K.S.Stanislavskiy bu haqda shunday deydi: «Ba’zi o‘qituvchilar
haddan tashqari etyudlami sifatiga emas, sonini ko'paytirishga
urinadilar. Ammo ular bilib qo‘ysinlarki, ishning sifat darajasi
muhimdir. Mayli bitta etyud bo‘lsin, ammo oxirigacha yetkazilgan,
tugallangan, puxta o'ylangan bo-lsm. ToMiq, astoydil ishlangan
etyud haqiqiy ijodga, son va tashqi jihatdan ishlangani esa xaltura,
«hunarmandchilik»ka olib keladi».30
Xulosa qilib aytganda, etyudlar ustida ishlash aktyorlik
mahoratini o‘zlashtirishning eng zaruriy usulidir.
Takrorlash uchun savollai':
Do'stlaringiz bilan baham: |