Ilmiy konferensiya mashg’ulotini quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi:
1.O’qituvchining kirish so’zi.
Bunda o’qituvchi mashg’ulot mavzusi, maqsadi va
vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi “olimlar” bilan tanishtiradi.
2.Ilmiy ma’ruzalarni tinglash
“Olimlar” mavzu yuzasidan tayyorlagan
ma’ruzalarini ko’rgazmali qurollar asosida bayon etadilar.
3.Ma’ruzalar muhokamasi
. Bunda “Olimlar” va guruhdagi boshqa talabalar
o’rtasida mavzu yuzasidan bahs, munozara o’tkaziladi.
4.Ilmiy konferensiya yakuni.
O’qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim tushuncha va
g’oyalarni ta’kidlab, yakunlaydi.
5.Talabalarni baholash
. Mashg’ulotda faol ishtirok etgan talabalar rag’batlantiriladi
va reyting tizimiga muvofik baholanadi.
Uyga vazifa berish.
Mashg’ulotni umumiy yakunlash.
Matbuot konferensiyasi
Matbuot konferensiyasi guruhdagi barcha talabalarning o’quv - bilish faoliyati
faol bo’lishi bilan xarakterlanadi. O’qituvchining matbuot mashg’ulotiga
tayyorgarligi bir muncha murakkabroq. O’qituvchi matbuot konferensiyasini
o’tkazishdan bir hafta avval guruh talabalarini ikki guruhga bo’ladi. Ularning
taxminan 30% olimlar va mutaxassislar, qolganlari respublikamizda nashr qilinadigan
gazeta va jurnallarning muxbirlari rolini bajaradilar.
Gazetalardan respublikamizda nashr qilinadigan “O’zbekiston ovozi”, “Qishloq
haqiqati”, “Xalq so’zi”, “Toshkent oqshomi”, “Turkiston”, “Toshkent haqiqati”,
jurnallardan “Fan va turmush”, “Qishloq xo’jaligi”, “Saodat”, “Sihat-salomatlik”ni
olish mumkin.
Shundan so’ng, har qaysi gazeta va jurnal muxbirlarining matbuot
konferensiyasida beradigan savollari talabalar yordamida tuziladi. Bu savollar
muhokama qilinayotgan muammoni har tomonlama qamrab olishi kerak.
Savollar mazmuni muhokamadan o’tgandan so’ng, gazeta va jurnal muxbirlari
va olimlar roli talabalarning xohishiga ko’ra taqsimlanadi.
O’qituvchi olimlar va mutaxassislar rolini bajaradigan talabalar bilan alohida
tayyorgarlik ishlarini olib boradi. Ularga qo’shimcha adabiyotlardan foydalanish va
savollarga javoblar topish haqida ko’rsatma beradi. Savollarga beriladigan javoblar
qisqa, aniq, ilmiy jihatdan asoslangan, mahalliy materiallarni qamrab olgan bo’lishi
lozim. O’qituvchi ana shu javoblarni oldin ko’zdan kechirishi, agar ularda juz’iy
kamchiliklar bo’lsa, ularni to’g’rilashi, to’ldirishi kerakligini talabalarga topshiradi.
Muxbirlar rolini bajaradigan talabalar ham savollarga javoblar topishi olimlar va
mutaxassislar bilan muloqotga kirishi uchun yetarli darajadagi bilimlarga ega
bo’lishini ta’minlanishi kerak.
Mazkur mashg’ulotga hamma talabalar ular qaysi rolni bajarishidan qat’iy nazar
qizg’in tayyorgarlik ko’rishi lozim.
Savollar
1.Didaktik o’yinli texnologiyaning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
2.Ta’lim-tarbiya jarayonida talabalarning bilish va o’yin faoliyatini
uyg’unlashtirish yo’llarini tushuntiring. O’yin faoliyatini tashkil etish bosqichlarini
izohlang.
3.Didaktik o’yinlarning mazmuni va mohiyatini tushuntiring.
4.Didaktik o’yinli mashg’ulotlarga qo’yiladigan talablarni aniqlang.
5.Ta’lim-tarbiya
jarayonida
foydalaniladigan
didaktik
o’yin
texnologiyasining turlaridan syujetli-rolli o’yinning o’ziga xos xususi yatlarini
aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |