120
6 .3 . A xborot tizimlarining texnologik ta’minoti
6.3.1. Texnologik ta ’minot tushunchasi, maqsadi va vazifalari
Murakkab iqtisodiy tizimlarda samarali boshqaruv ta’sirini ishlab
chiqish uchun boshqaruvning tegishli algoritmlarini yaratish bilan bir
qatorda, turli-tum an axborotning katta hajmlarini qayta ishlab chiqish
ham talab qilinadi. Iqtisodiyotda boshqaruv avtomatlashtirilgan axborot
tizimlarini ishlab chiqish zaruriyati xuddi shundan kelib chiqqan.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining texnologik va funksional
nuqtayi nazardan ko‘rib chiqishni bir necha tashkil qiluvchi elementlarga
bo‘lish mumkin. Texnologik nuqtayi nazardan ko‘rib chiqilganda avto
matlashtirilgan axborot tizimida boshqaruv apparati hamda texnik-iqtisodiy
axborot, ularni texnologik ishlab chiqish usullari va vositalari o'zaro
farqlanadi. Qolgan elementlar texnologik o'zaro bog'langan, iqtisodiy-
matematik usullar va boshqaruvning texnik vositalaridan yagona tizimli
foydalanish sharoitida ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan axborot
texnologiyalarini tashkil qiladi.
Texnologik ta ’minlanish iqtisodiy obyektlarni boshqaruvning av
tomatlashtirilgan tizimlaridagi axborotli jarayonlami EHM va boshqa texnik
vositalar yordamida amalga oshiradi.
Texnologik ta ’minlash metodik va tashkiliy-uslubiy materiallarni,
EHM yordamida axborotni qayta ishlashning yagona texnologiyasini
ta ’minlovchi amallar va jarayonlami qayta ishlash va joriy etishga
mo'ljallangan tizimlar jamlanmasidan iborat. Ma’lum tartibda, aniq ketma-
ketlikda bajariladigan amallar (protseduralar) majmuasi texnologik jarayonni
tashkil etadi.
Axborotni qayta ishlashning namunaviy texnologik jarayoni deyil
ganda, qo'yilgan masalaning ratsional yechilishini ta ’minlaydigan,
funksional tugallangan, qaytariladigan amallar to'plami tushuniladi.
Ratsional ishlab chiqilgan texnologik EHM lardan foydalanishda
maksimal operativlik, samaradorlikni ta’minlashi lozim. Har bir berilgan
holda texnologik jarayonni qurishning optimal variantini tanlash kerak.
Texnologik ta’minotning namunaviy jarayonlari va amallari (protseduralari)
quyidagilardan iborat:
• axborotni yig'ish va ro'yxatdan o'tkazish;
• axborotni tayyorlash;
• axborotni kiritish;
• qayta ishlash;
• axborotni uzatish;
121
• axborotni to'plash, jamlash va saqlash;
• bilimlami taqdim etish.
Axborotni yig'ish va ro'yxatdan o'tkazish jarayoni deb bajarilayotgan
operatsiyalar haqidagi boshlang'ich ma’lumotlarni birlamchi hujjatlarga
tushirish va birlamchi hujjatlardan umumiy hujjatga ko'chirish protse-
duralariga aytiladi.
Axborotni yig'ish uni ro'yxatdan o'tkazish bilan kuzatiladi: hujjatda,
mashinali tashuvchilarda. Eng keng tarqalgan axborot tashuvchi bo'lib
qog'ozli hujjatlar hisoblanadi. Shu paytgacha birlamchi hujjatlarga axbo
rotni yozish asosan qo'lda bajariladi, ammo axborotni qayd yetish yetarlicha
mehnat talab etuvchi protseduralar bo'lib qolmoqda.
Shuning uchun dastlabki hujjatlarni to'ldirishni imkon boricha avto-
matlashtirishga harakat qilinadi. Bunda korxonaning quyi bo'linmalarida
kompyuterdan foydalaniladi. Kompyuter tarmog'i mavjud bo'lganda ushbu
hujjatlar kom m unikatsion kanallar bo'yicha qayta ishlash uchun
avtomatlashtirilgan axborot tizimining axborot bazasiga uzatiladi.
Axborotni to'plash protsedurasi obyektdan kelib tushgan xabar
beruvchi axborot bergan inson tomonidan qabul qilinib va hujjat shak
lidagi axborot tashuvchilariga tushirishdan iborat.
To'plangan axborot tayyorlanishi lozim, chunki kompyuterda joy-
lashtirilgan muammoli soha modeli, kiritilishi lozim bo'lgan axborot
tuzilishi va tashkil etilishiga o'z chegaralarini qo'yadi.
Tayyorlangan va kiritilishi lozim bo'lgan axborotning nazorati xato-
laming oldini olish, aniqlash va tuzishga qaratilgan. Har qanday xato
kiritiladigan axborotning buzilishiga, demak, qayta ishlash natijalari
noaniqligiga hamda shuning hisobidan tizimni boshqarishda kamchiliklarga
yo'l qo'yilishiga olib boradi. Axborot va ma’lumotlar to'liqligi va aniqligini
nazorat qilish protseduralarini ko'zdan kechirish, mantiqiy va arifmetikdan
iborat. Ko'zdan kechirish uslubidan ma’lumotlami to'plash va tayyorlash
bosqichlarida foydaliniladi va qo'lda bajariladi. Mantiqiy va arifmetik nazorat
avtomatlashtirilgan uslub bo'lib, ma’lumotlarni o'zgartirish bosqichida
qo'llaniladi.
Ko'zdan kechirish uslubida hujjatning to'liqligi, aktualligi, javobgar
shaxslar imzosi va h.k. tekshirish maqsadida ko'rib chiqiladi.
Nazoratning mantiqiy uslubi asl ma’lumotlarni me’yoriy yoki qayta
ishlangan ma’lumotlar bilan taqqoslaydi, funksional bog'liq ko'rsatkichlar
bo'yicha mantiqiy qarama-qarshi bo'lmaslik bo'yicha nazariy tahlil olib
boriladi.
Arifmetik uslub jadval shaklidagi hujjatlarni qator va ustunlar
yig'indisi, formula bo'yicha, murakkab yoki tub sonlar belgilari, balans
122
uslubi, qayta kiritish va shunga o'xshashlarga asoslanib nazorati tushuniladi.
Tasodifiy yoki ataylab axborot buzilishining oldini olish uchun tashkiliy
va maxsus tadbirlar o'tkaziladi.
Bu axborot to'plash, tayyorlash va kiritishga mas’uliyatli xodimlar
huquq va majburiyatlaridan iborat.
Hozirgi davrda dastlabki axborotni to'plash, tayyorlash va boshlang'ich
nazoratga mas’ul xizmatchilar joylaridagi kompyuterlarda amalga
oshirilmoqda, demak, tayyorlash va kiritish fazalari birlashib ketadi.
Kompyuterga axborotni kiritish oldingi amalga oshirilgan pro-
tseduralaiga ko'p jihatdan bog'liq. Hujjatlarda qayd qilingan axborot, asosan,
qo'lda kiritiladi, bir turdagi axborotni ko'p marotaba kiritish tizimlarida
skaner qurilmalaridan foydalanish keng tarqalgan. Aloqa kanallari orqali
uzatilgan axborot kompyuter xotira qurilmasida qayd qilingan va saqlanadi.
Kiritish jarayoni bajarilganda korxonaning axborot bazasida ma’lumotlaming
nazorati, dastlabki qayta ishlanishi va qayd qilish protseduralari bajariladi.
Iqtisodiy axborotni qayta ishlash natijaviy axborotga erishish maqsadida
dastlabki m a’lumotlar ustida mantiqiy va arifmetik amallarni bajarishni
ko'zda tutadi. Arifmetik amalga — algebraik qo'shish, bo'lish, ko'paytirish
va boshqalar kirsa, mantiqiy amallarga — ma’lumotlarni solishtirish,
birlashtirish, ma’lumotlar farqi va shunga o'xshash amallar kiradi. Axborotni
qayta ishlash — ishlab chiqilgan algoritm asosida belgilovchi qabul qilingan
qoidalar to'plami.
Axborotni qayta ishlash jarayonida joriy hisobotlar va belgilangan
hisobotni berishda tasvirlangan natijaviy ko'rsatkichlar shakllantiriladi va
monitor yoki chop qilish qurilmasida tasvirlanadi.
Axborotni qayta ishlash jarayoni bajariladigan amallarni nazorat qilish
va ma’lumotlami tuzatish bilan kuzatiladi. AAT da ma’lumotlami tuzatish
kiritish protsedurasi bajarilishida va uning tugatilganidan so'ng amalga
oshiriladi. Ushbu jarayon bajarilishida o'tgan davr ma’lumotlarini ham
tuzatishga e’tibor qaratilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborotni uzatish turli usullarda bajarilishi mumkin. U odatdagi aloqa
vositalari — kurer, pochta orqali yuborish, transport vositalarida yetkazish
orqali amalga oshirilishi mumkin. Hozirgi vaqtda axborotni uzatishda
zamonaviy masofaviy aloqa vositalari — elektron pochta, faks, fizik aloqa
kanallari — telefon, optik tola, radiokanal, shu jumladan, yo'ldoshli
aloqalardan keng foydalanish imkoniyatlari ochilgan. Kommunikatsion
tizimlar yordamida axborotni masofaga uzatish vositalari doimo rivoj topib
bormoqda. Axborotni uzatishning ushbu uslubi hududiy taqsimlangan
AAT fnrna obyektlarining uzoq masofada joylashgan filiallarini boshqarishda
alohida o'rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |