Abdulla sher axloqshunoslik



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/209
Sana04.06.2022
Hajmi10,65 Mb.
#635217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209
Bog'liq
Axloqshunoslik (Abdulla Sher)

falsafiy mohiyati
A xloqshunosiik axloqning kelib chiqishi va m o h iy a tin i, kishilik 
jamiyatidagi axloqiy m unosabatlarni o'rganadi. «Axloq» so ‘zi arabchadan
7
www.ziyouz.com kutubxonasi


olingan b o ‘lib, insonning m uom ala va ruhiy xususiyatlari m ajm uini, 
fe’lini, tabiatini anglatadigan «xulq» so‘zining ko‘plik shaklidir. «Axloq» 
iborasi ikki xil m a ’noga ega: um um iy tushuncha sifatida u fanning 
p redm etini anglatsa, m uayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va 
x atti-h arak atin in g eng qam rovli qism ini bildiradi. Axloqni um um iy 
tu sh u n ch a sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan b o ‘lsak, 
doiraning eng kichik qism ini — odob, undan kattaroq qism ini — xulq, 
eng qam rovli qism ini — axloq egallaydi.
Odob 
— inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jam oa, 
jam iyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada m uhim
aham iyatga ega b o ‘lm aydigan, m illiy urf-odatlarga asoslangan chiroyli 
xatti-h arak atlarn i o ‘z ichiga oladi.
Xulq — oila, jam o a, m ah alla-k o ‘y miqyosida aham iyatli b o ‘lgan, 
am m o jam iyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta ’sir ko'rsatm aydigan 
yoqim li insoniy xatti-harak atlarn in g majmui.
Axloq — jam iyat, zam on, b a ’zan insoniyat tarixi uchun nam una 
b o ‘la oladigan um um bashariy aham iyatga ega ijobiy xatti-h arak atlar 
yig‘indisi, insoniy kam olot darajasini belgilovchi m a ’naviy hodisa.
Bu fikrlarim izni m isollar orqali tushuntirishga h arakat qilam iz. 
Deylik, m etroda yoshgina talaba yigit hamm a qatori o ‘tiribdi. Navbatdagi 
bekatdan bir keksa kishi chiqib, uning ro ‘parasida tik turib qoldi. Agar 
talaba darhol: «O 'tiring, otaxon!» deb joy b o ‘shatsa, u chiroyli a'm ol 
qilgan boMadi va bu a ’m oli bilan atrofdagilarda yaxshi kayfiyat uyg‘otadi; 
c h e td a n qarab tu rgan lar unga ich-ichidan m innatd orchilik bildirib: 
«Baraka topgur, odobli yigitcha ekan», deb qo‘yadilar. A ksincha, talaba 
yo teskari q arab olsa, yoki o ‘zini m udraganga solib, qariyaga joy 
b o ‘shatm asa, g ‘ashim iz keladi, k o ‘nglimizdan: «Buncha beodob, surbet 
ekan!» degan fikr o ‘tadi, xullas, u bizda yoqimsiz taassurot uyg‘otadi. 
L e k in , a y n i p a y td a , ta la b a n in g q a riy a g a jo y b o ‘s h a tg a n i yoki 
b o ‘shatm agani oqibatida vagondagi yo ‘lovchilar hayotida darhol biror- 
b ir ijobiym i, salbiymi — m uhim o ‘zgarish ro‘y berm aydi.
X ulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: m ahallam izdagi oila 
b o s h liq la r id a n b iri im k o n b o r ic h a q o ‘n i- q o ‘s h n ila rn in g b a rc h a
m a ’rakalarida xizm atda turadi, q o ‘lidan kelgan yordam ini hech kim dan 
ayam aydi, o c h iq k o ‘ngil, o c h iq q o ‘l, doim o o ‘z bilim ini oshirib borishga 
intilad i, tirishqoq, oila a ’zolariga m ehribon va h.k. U nday odam ni biz 
xushxulq inson deym iz va unga m ahallam izning nam unasi sifatida 
qaraym iz. B ordi-yu, aksincha b o ‘lsa, u qo‘n i-q o ‘shnilar bilan q o ‘pol
www.ziyouz.com kutubxonasi


m uom ala qilsa, to ‘y -m a ’rakalarda janjal k o'tarsa, sal gapga o ‘dag‘aylab, 
m usht o ‘qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-b olalarini urib, haqoratlasa, 
uni badxulq deym iz. U ning badxulqliligidan oilasi, tevarak-atrofdagi 
b a’zi shaxslar ja b r ko ‘radi, m ahalladagilarning tin c h i buziladi, lekin 
xatti-harak atlari jam iyat ijtim oiy hayotiga yoki insoniyat tarixiga b iror- 
bir k o ‘zga tashlanadigan ta ’sir o ‘tkazm aydi.
Biroq, bu fikrlardan odob va xulqning jam iy atd ag i roli u qad ar 
aham iyatli em as ekan, degan xulosa chiqm asligi kerak; fuqarolar orasida 
odoblilik va xushxulqlilikning keng yoyilishi jam iyat axloqiy hayotigagina 
em as, balki butunisicha ijtimoiy taraqqiyotga ham ijobiy t a ’sir k o‘rsatadi. 
Bu t a ’sir tufayli, garchand jam iyat birdaniga yuksalib k etm asa-da, asta- 
sekinlik bilan, m untazam ravishda yaxshilanib, ravnaq to p ib boradi.
Axloqqa kelsak, m asala o ‘ta jidd iy m ohiyat kasb etadi: deylik, bir 
tu m an yoxud viloyat prokurori o ‘zi m as’ul h u d u d d a d o im o q o n u n
ustuvorligini t a ’m inlash uchun intiladi, adolat q a ro r topishin i ko‘zlab 
ish yuritadi, lozim b o ‘lsa, hokim ning n oqonuniy farm oyishlariga qarshi 
chiqib, ularning bekor qilinishiga erishadi; oddiy fuqaro nazdida nafaqat 
o ‘z kasbini e ’zozlovchi shaxs, balki haqiqiy hu qu q posboni, adolatli 
tuzum tim soli tarzida gavdalanadi; u u m rini m illat, V atan va inson 
m anfaatiga bag‘ishlagan yuksak axloq egasi; u, o ‘zi yashayotgan jam iyat 
uchun n am u na b o ‘laroq, o ‘sha jam iy atn in g yanada taraq q iy topishiga 
xizm at qiladi. Agar m azkur prokuror, aksincha, q o n u n him oyachisi 
degan nom i boMaturib, o ‘zi q o n u n ni buzsa, shaxsiy m anfaati y o'lida 
oqni qora, qorani oq deb tursa, u axloqsizlik qilgan b o ‘ladi: oddiy 
fuqaro nazdida birgina kishi p ro kuror-am aldor em as, balki butun jam iyat 
adolatsiz e k a n , degan tasavvur uyg‘o n adi. B unday ta s a w u rla rn in g
m untazam kuchayib borishi esa o xir-oqibat o ‘sha jam iy a t yoki tuzum ni 
tanazzulga olib keladi.
A lbatta, h a r uchala axloqiy hodisa va ularning ziddi nisbiylikka ega. 
C h u n o n ch i, hozirgina misol keltirganim iz p ro k u ro rn in g axloqsizligi 
darajasi b ila n o ‘z yakka h u k m ro n lig i y o ‘lid a m illio n la b b eg u n o h
insonlarni o ‘limga m ahkum etgan L enin, Stalin, H itler, Pol Pot singari 
shaxslar axloqsizligi orasida farq bor: agar p ro k u ro rn in g axloqsizligi bir 
millat yoki m am lakat uchun zarar qilsa, to ta litar tu zu m hukm dorlari 
x atti-harakatlari um um bashariy m iqyosdagi fojialarga olib keladi.
Bu o 'rin d a shuni alohida t a ’kidlash joizki, axloqiy tarbiya natijasida 
odoblilik — xushxulqlilikka, xushxulqlilik yuksak axloqiylikka aylangani 
kabi, axloqiy tarbiya yo‘lga q o ‘yilm agan joy d a m uayyan shaxs, vaqti
www.ziyouz.com kutubxonasi


kelib, odobsizlikdan-badxulqlilikka, badxulqlilikdan-axloqsizlikka o ‘tishi 
m um kin.
Shunday qilib, axloqshunosiik m azkur uch axloqiy hodisani bir-biri 
bilan uzviylikda va nisbiylikda o ‘rganadi. Ana shu uch axloqiy hodisaning 
um um lashm asini, ya’ni m azkur fanim izning predm eti b o ‘lgan um um iy 
tushuncha sifatidagi axloqni quyidagicha ta ’riflash m um kin:
Axloq — barcha odam lar uchun birdek taalluqli hisoblangan, ijtimoiy 
talablar ham da ehtiyojlarning m unosabatlar shaklidagi ko‘rinishidan 
iborat b o ‘lgan, insonga berilgan ixtiyor erkinligining xatti-harakatlar 
jarayonida ichki iroda kuchi to m o n id an oqilona cheklanishini taqozo 
etuvchi m a’naviy hodisa.
Shuningdek, atoqli faylasuf Erkin Yusupovning: «U m um an, axloq 
ijtim oiy m unosabatlar zam inida alohida shaxs sifatida mavjud b o ‘lgan 
insonlarning o ‘z -o ‘zini idora qilish shakllari va m e’yori, o ‘zaro muloqot 
va m unosabatlarda ularga xos b o ‘lgan m a’naviy kam olot darajasining 
nam oyon b o'lishidir»1, — degan ta ’rifi ham diqqatga sazovor.
Axloqshunosiik qadim da fizika, metafizika va m antiq bilan birgalikda 
falsafaning uzviy (uchinchi) qismi hisoblanar edi. Keyinchalik (Arastudan 
so‘ng) u alohida falsafiy yo'nalishdagi fan m aqom ini oldi. Bu fikrni 
quyidagicha kengaytiribroq talqin etish mumkin. M a’lumki, falsafaning 
fanlar podshosi sifatidagi vazifasi barcha tabiiy va ijtimoiy ilm lar erishgan 
y u tu q lard an um um iy xulosalar chiqarib, insoniyatni haqiqatga olib 
borishdir. Shundan kelib chiqqan holda, falsafaning predm etini tafakkur 
deb belgilash m aqsadga m uvofiq. A xloqshunosiik axloqiy tafakkur 
taraqqiyotini, uning nazariy m uam m olarini tadqiq etadi va am aliyotda 
insonni ezgulik orqali haqiqatga olib borishga xizm at qiladi. Shu bois 
uni axloq falsafasi yoxud ezgulik falsafasi deb ham atash m umkin.
Bugungi kunda axloqshunosiik falsafiy fan sifatida uch y o ‘nalishda 
ish olib boradi, y a’ni u axloqni: 1) bayon qiladi; 2) tushuntiradi; 3) 
o ‘rg atad i. Shu n ga k o ‘ra, u tajrib aviy -b ayoniy, falsafiy-nazariy va 
m e z o n iy -m e ’yoriy tabiatga ega. Q adim gilar uni am aliy falsafa deb 
ataganlar. Z ero, so f nazariy axloqshunoslikning b o ‘lishi m um kin emas. 
U insoniyat o ‘z tajribasi orqali erishgan donishm andlik nam unalarini 
hikm atlar, naqllar, m atal-m aqollar tarzida bayon etadi, kishilarni axloqiy 
q on u n -q o id alarg a o ‘rgatadi, ularga axloqning m ohiyatini tushuntiradi

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish