Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/318
Sana04.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#635107
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
120
Bu qaltis savoldan hamma bir lahza jim bo‘lib qoldi. Chunki «Shayboniyxon Zuhra 
begimni nikohlab olmoqchi emish», degan ovoza ko‘pchilikning esiga tushdi. Xon bu 
ayolga uylansa obro‘si tushishini boyayoq sezgan va uylanmoqchi emasligini mulla 
Abdurahimga aytgan edi. Hozir mulla Abdurahim mish-mishlarni bartaraf qilishga 
shoshildi: 
— Mirzolarning kasofati xotinlariga ham urmish. Bu Mirzoning onasi o‘z nafsi uchun 
yolg‘iz o‘g‘lini qurbon qiladiganga o‘xshaydi! 
Mulla Abdurahimning bu gapidan keyin xonning Zuhra begimga munosabati ham 
ko‘pchilikka ayon bo‘ldi. Sultonlardan biri: 
— Quturgan biyaga sudratib o‘ldirish kerak unday xotinni! — dedi. 
Yana biri: 
— Qopga solib eng baland minoradan tashlash kerak!— dedi. 
Shayboniyxon munozaraga erk berib, o‘zi hammaning gapiga zimdan quloq solib 
o‘ltirardi. Bir-biridan qo‘rqinchli takliflar ko‘payib ketgandan keyin Shayboniyxonning 
ishorasi bilan mulla Abdurahim hammani jim qildi. 
Xon gapirar ekan, o‘nlab kishilar uning salmoqdor, vazmin ovozidan, dona-dona qilib 
aytayotgan so‘zlaridan sehrlanganday qotib quloq sola boshladi. Shayboniyxon 
mirzolarning insofni, imonni unutganlari, el-ulusni vayron qilganlariga yana bir talay 
misollar keltirdi-yu, birdan Xo‘ja Yahyoga yuzlandi: 
— Bu mirzolaringning piri — sizning otangiz Xo‘ja Ahror edi. «Men valiyman» deb, 
podshohlarga hukmini o‘tkazib, juda katta boylik orttirgan edi. Bizning xabarimiz bor, 
otangizdan sizga juda ko‘p oltin qolg‘an. Otangiz o‘lgandan keyin, mana, o‘n bir yildan 
beri siz Samarqandg‘a ruhoniy ota bo‘lib yuribsiz. Siz ham nafsga berilib, juda ko‘p 
siymu zar to‘plag‘ansiz. Baliq boshidan buziladi. Pir qanday bo‘lsa, murid ham shunday 
bo‘ladi. Qaptalingizda o‘tirg‘an mana shul shahvoniyparast yosh Mirzo sizning 
muridingiz, xudo oldida siz shung‘a javob beraman deb qo‘lini olg‘ansiz! 
Shayboniyxon shahodat barmog‘ini bigiz qilib, avval Mirzoni, so‘ng Xo‘ja Yahyoni 
ko‘rsatdi-da, keyin o‘sha barmog‘ini pastga qaratib silkitdi: 
— Sizning yana bir muridingiz ayol boshi bilan er istab kelib, pastda o‘tiripti. Sizning 
qanday pirlig‘ingizni mana shular ko‘rsatib turipti! Siz avval muridlaringizga xiyonat qilib, 
Samarqandni Boburga bermoqchi bo‘ldingiz. Keyin bular pirlariga xiyonat qilib, mening 
oldimga keldi. Xiyonat ustiga xiyonat! Biri u yoqqa tortsa, biri bu yoqqa tortadi! Podshoh 
o‘zicha-yu, din rahnamosi o‘zicha! Biri birini aldaydi. Biri birining go‘shtini yemoqchi 
bo‘ladi! Muhammad alayhissalom ham payg‘ambar edilar, ham podshoh edilar, ham 
lashkarboshi edilar. Kim shunga qodir bo‘lmasa, kim payg‘ambarimizning muqaddas 
yo‘lidan yurmasa, mana shu pir bilan muridga o‘xshab kofirlik jariga yiqiladi! 
Shayboniyxon bu gaplarni o‘zining qo‘l ostidagi a’yonlariga ham tegizib gapirmoqda edi. 
Chunki ularning ba’zisi «xonimiz taxtu tojga qanoat qilmay imomi zamon, xalifai rahmon 
ham bo‘lib oldilar», deb shivirlashar edi. Temuriylarning ishini ko‘pdan beri kuzatib 
yurgan Shayboniyxon ularning saltanatlarida Xo‘ja Ahror kabi diniy rahbarlar o‘zlaricha 
mustaqil hukmdor bo‘lib olib, mirzolarning hokimiyatini ichdan zaiflashtirganini yaxshi 
bilar edi. Shayboniyxon xonlik hokimiyati bilan diniy hokimiyatni o‘z qo‘lida birlashtirib, 
temuriylarga nisbatan katta bir ustunlikka erishmoqda edi. U Buxoroda madrasada o‘qib 
yurganda shariat va tariqat ilmini yaxshi o‘rgangan, qur’onni yod bilar edi. Hozir 
Shayboniyxonning qarorgohida islom dinini undan yaxshi biladigan, qur’onni qiroat bilan 
o‘qishda undan o‘tadigan odam yo‘q edi. Uning imomlik va xalifalik unvonlari shundan 
ham kelib chiqqan edi. Shayboniyxon markazlashgan ulug‘ bir davlat tuzishga intilar 
ekan, bu maqsadga tezroq yetish uchun qo‘l ostidagi odamlarning ixlos va e’tiqodini ham 
qozonishga, ularning mafkurasini o‘ziga bo‘ysundirib, hammasini bir dohiy atrofiga 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish