Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/318
Sana04.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#635107
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
116
peshonasiga esa tillaqosh taqilgan. Egnida xipcha belli gulgun kabo. Uning tagidan 
kiyilgan oq atlas ko‘ylagining etagi shunchalik uzunki, ikki kaniz ikki tomondan ko‘tarib 
kelyapti. 
Zuhra begimni Chilsutunning pastki oshiyonida maxsus bezatilgan xonai xosga boshlab 
o‘tayotganlarini Shayboniyxonning qirq yoshlardan oshgan katta xotini ko‘rib qoldi: 
— Bu ne degan yuzsiz xotin? — deb yonidagi ayolga shipshidi: — Ersiragan megajin 
izzatini bilib uyida o‘tirmaydimi? Sovchi borib ishni bitirgancha shoshmay turmaydimi? 
Iloyim kasofati o‘zidan beriga kelmasin! 
Zuhra begim xonai xosga kirganda Shayboniyxon taxt ustida o‘tirar edi. Zuhra begim 
ikki bukilib ta’zim qilar ekan, Shayboniyxon u bilan taxt ustidan tushmasdan so‘rashdi. 
— Xush keldingiz, begim. 
Xondan boshqacha muomala kutgan Zuhra begim to‘satdan ko‘ngli buzilib, ko‘ziga yosh 
oldi. 
Xon hazratlari, men o‘zimni sizga qurbon qildim. Farzandimni, xonu monim — 
hammasini marhamatingizga ishonib topshirdim! 
Zuhra begimning yuzi oq ipak to‘r ortidan aniq ko‘rinmas edi. Xon uning gavhar ko‘zli 
oltin uzuklar taqilgan qo‘llariga qaradi. Tomirlari bo‘rtib turgan bu titroq qo‘llar 
begimning ancha yoshga borganidan dalolat berardi. Shayboniyxon yaqinda Buxoroda 
nikohlab olgan o‘n to‘qqiz yoshli kichik xotinini esladi. So‘ng Zuhra begimning kattagina 
o‘g‘li Sulton Ali mirzo ko‘z oldidan o‘tdi. 
— Xotirjam bo‘ling, begim Sizning maqsadingiz bizga ma’lum. Xudo xohlasa, murodingiz 
hosil bo‘lmay qolmas. 
Shayboniyxon boshqa hech narsa demadi. Yasovul Zuhra begimni xonai xosdan olib 
chiqib ketdi. Uni kanizlari bilan boshqa bir kichikroq xonaga kiritib, eshiklarini 
tashqarisidan yopib oldilar. 
______________ 
* B o‘ d i — «bo‘ldi» degani.
* * * 
Shayboniyxonning nima qilmoqchi ekanini hech kim tushunmas, ammo bugun Bog‘i 
Maydonda favqulodda bir hodisa bo‘layotganini sezgan barcha lashkarboshilar va 
a’yonlar Chilsutun koshonasining yon-verida ikki-uchtadan bo‘lib aylanib yurishar edi. 
Ularning orasida shoir Muhammad Solih ham bor edi. Uning ipak sallasi nozik qilib 
o‘ralgan, kalta yengil ipak abosi o‘ziga juda yopishib turadi. Yozda ham telpak kiyib 
yuradigan, urushdan boshqa narsani bilmay qo‘pollashib ketgan ko‘chmanchi sultonlar 
uning ziyolicha nozik kiyinishini yoqtirmaydilar, temuriylar xizmatida o‘tgan og‘ir 
o‘tmishini eslatib turishni yaxshi ko‘radilar. 
Nayman urug‘ining boshlig‘i Qambarbiy bog‘da Muhammad Solihga tegishdi: 
— Ha, janob shoir, Samarqanddan mirzongiz minan chechangiz* kelib, suyunib 
turibsizmi? 
— Qambarbiy janoblari, Zuhra begim asli o‘zbekning nayman urug‘idan bo‘lurlar. 
Begimni mendan oldin siz checha deyishingiz lozim. 
Mang‘it, do‘rmon va qo‘shchi urug‘ining sultonlari bu gapni yoqtirib xaxolob kuldilar. 
Qambarbiyning achchig‘i keldi. Muhammad Solihga o‘shqirib: 
— Siz-chi? — dedi. — Siz barlos turkidanmisiz?! 
Temur va temuriylardan chiqqan barloslar Shayboniyxonning eng yomon ko‘rgan urug‘i 
edi. Muhammad Solih Xusayn Boyqaro saroyida xizmat qilgan, Sulton Ali mirzoga ham 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish