26
Asosiy qism
G’o’za tugunchalarining to’kilishi masalasini ko’pchilik tadqiqotchilar
o’rgangan. Tekshiruv ishlari har tomonlama olib borildi va g’o’za tugunchalarining
to’kilishi turli sabablarga bog’liq , deb tushuntirildi. Masalan, Atkinson ob-
havoning keskin o’zgarishi tufayli g’o’za o’z tugunchalarini to’kib yuboradi, deb
tushuntirdi. S.S.Abaeva ma’lumotlariga qaraganda, havo temperaturasi yuqori
bo’lsa, fotosintez to’xtaydi va g’o’zaning uglevodga bo’lgan
talabi ortadi, natijada
g’o’za o’z tugunchalarini to’kib yuboradi. Agar tuproqda va havoda nam ko’p
bo’lgan taqdirda ham g’o’zaning tez o’sishi tufayli o’simlikning yuqori qismi
kuchli so’rim quvvatiga ega bo’lgani uchun uning pastki va o’rta qismi suvsirab
qoladi. Havo qurg’oqchilik bo’lganda g’o’zaning yuqori qismida joylashgan
barglar tuproqda nam yetishmasligi tufayli o’ziga yopishib turgan tugunchalardan
suvni tortib olayotgan pastki va o’rta yoruslardagi barglardan suvni kuchli so’rib
olayotgan bir vaqtda bunday hodisa kuchayadi. Agar normal sharoitda
tugunchaning so’rim quvvati bargga nisbatan yuqori bo’lsa, shonalash
davrida
bargning so’rim quvvati aksincha shonaga nisbatan ko’p bo’ladi. V.A.Novikov
fikricha, buning natijasida suv shonalardan barglarga yana qaytadi. Suv oqimining
o’zgarishi natijasida ko’sak bandi asosidagi ajraluvchi qavatning embrional
hujayrasi bo’linadi, oqibatda tugunchalar to’kiladi. Shuningdek, suv miqdorining
kamayishi bilan C vitaminining miqdori ham kamayadi. Bu ham o’z navbatida
g’o’za tugunchalarining to’kilishini kuchaytiradi.
Yuqorida aytilganlardan ma’lum bo’lishicha ba’zi tadqiqotchilar tugunchalar
to’kilish sabablarini tashqi faktorlardan ta’siri qurg’oqchilik
yuqori temperatura,
yomg’ir, g’o’zalarning zararlanishi, shuningdek, ularning suv bilan yetarli
ta’minlanmasligidan, ayrimlari g’o’zalarni noto’g’ri oziqlantirishdan qidirsalar,
uchinchi birlari esa fiziologik ichki prosseslardan: o’simlik
ayrim qismlarining bir
me’yorda oziqlanmasligi hujayra shirasi konsentratsiyasi va uglevod miqdorining
kamayishi barglar va ko’saklar so’rim quvvatining o’zgarishi C vitaminini,
27
o’stiruvchi moddalar hamda boshqalarning yetishmasligidan qidiradilar. Yuqorida
sanab o’tilgan faktorlardan biri ro’y berganda ham g’o’za tugunchasi to’kilishi
mumkin. Ammo tuguncha to’kilishini yolg’iz bir faktorning ta’siri bilan
tushuntirib bo’lmaydi. Tugunchalar turli sharoitda har xil sabablarga ko’ra
to’kilishi mumkin, ammo ko’pincha tugunchalar bir qancha sabablarning
birgalikda ta’sir etishi natijasida to’kiladi. Ko’pincha bir-ikkita noqulay faktorlarga
barham berish bilan to’kilishning oldini olib bo’lmaydi, chunki bu yo’nalishdagi
boshqa faktorlarni ham bartaraf qilish kerak. G’o’za tugunchasining ko’plab
to’kilishi noqulay muhitdagi(oziq moddalarning
yetishmasligi, tuproqda namning
ko’p yoki oz bo’lishi haddan tashqari yuqori temperatura , havo namligi,
yorug’likning kam tushishi g’o’za barglari va ildiz sistemasining zararlanishi va
boshqalar) o’simlikning biologik reaksiya hisoblanadi. Bularning ta’siri
natijasida
o’simlikdagi biologik prosseslar: dastlab moddalar almashinuvi, ko’sak tugish,
o’sish va rivojlanish prosseslari buziladi.
Tugunchaning to’kilish sabablarini buzishdan tashqari paxta hosiliga salbiy
ta’sir qiluvchi bunday hodisalarga qarshi kurashish yo’llarini bilish mutlaqo
zarurdir. G’o’za tugunchalarini to’kib yuboradigan noqulay
sharoitni bartaraf qilib,
hosilni ko’paytirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: