“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi


Iste’dodning asosiy belgilari quyidagilar



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet335/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

Iste’dodning asosiy belgilari quyidagilar:
muvaffaqiyatni ta’minlash; 
faoliyatni mustaqil bajarish; 
originallik unsurining mavjudligi
qobiliyat hamda iste’dodlar yig‘indisidan iborat ekanligi; 
individual-psixologik xususiyatga egaligi; 
ijtimoiy turmushni o‘zgartiruvchi, yaratuvchi imkoniyatga egaligi kabilar. 
Psixologik ma’lumotlarni umumlashtirgan holda alohida ta’kidlab o‘tish iste’dod 
tuzilishini oson tushunish imkoniyatini yaratadi, iste’dod shaxs psixik xislatlarining shunday 
murakkab birikmasidirki, uni: 

 
alohida, yagona maxsus qobiliyat bilan

 
xotiraning yuksak mahsuldorligi orqali; 

 
hatto noyob (kamyob, nodir) sifat tariqasida o‘lchab bo‘lmaydi; 
Qobiliyatning sifat va miqdor tavsifi.
Psixologiyada qobiliyat individual-psixologik 
xususiyatlar sifatida tavsiflanadi va uning asosida har bir insonning boshqa insondan 


tafovutlanadigan hislatlari, fazilatlari yotadi. SHuning uchun har bir shaxsdan bir xil natija, bir 
xil sifat kutish mumkin emas, chunki insonlar o‘z qobiliyati bo‘yicha bir- biridan muayyan 
darajada farq qiladi. Binobarin, ular o‘rtasida sifat va miqdor jihatidan farqlar ko‘p bo‘lishi 
mumkin. Qobiliyatning sifat tavsifi shaxsning qaysi individual-psixologik xususiyatlari 
faoliyat muvaffaqiyatining majburiy sharti tariqasida xizmat qilishini anglatadi. 
Ularning miqdoriy tavsifi esa faoliyatga qo‘yiladigan talablarga shaxs tomonidan qay yo‘sinda 
bajarish imkoniyati mavjudligini bildiradi, ya’ni mazkur inson boshqa odamlarga qaraganda 
malaka, bilimlardan nechog‘lik tez, oson, puxta foydalana olishini namoyon qiladi. Qobiliyat 
xususiyatlarining sifat jihatidan talqin qilinishida, birinchidan, maqsadga turlicha yo‘llar
orqali erishishga imkon beruvchi «o‘zgaruvchan miqdor» majmui tariqasida, ikkinchidan, 
faoliyat 
muvaffaqiyatini 
ta’minlovchi 
shaxsning 
individual-psixologik 
xislatlari 
(fazilatlari)ning murakkab majmuasi ko‘rinishida gavdalanadi.
Hayotda ko‘zi ojiz musiqachi, artist, shoir, rassom, muhandis va boshqa shu kabi kasb 
egalari ko‘p uchraydi. Hatto eshitish qobiliyati past yoki umuman yo‘qligi ham kasbiy-
musiqaviy qobiliyatning rivojlanishiga keskin xalaqit bermasligi mumkin. Bu psixologik hodisa 
(bir qobiliyatni boshqa qobiliyat yordamida o‘stirish, ya’ni kompleksatorlik xususiyati) har bir 
shaxs uchun kasb tanlash va qayta kasb tanlash (ikkinchi yoki uchinchi kasbni egallash 
ishtiyoqi) sohasida mislsiz keng ko‘lamdagi imkoniyatlarni ochadi. Qobiliyatli shaxslar 
ijtimoiy turmushning turli jabhalarida o‘z o‘rnini topa oladi hamda yuksak yutuqlarga 
erishadi, hatto bir necha faoliyat turida muvaffaqiyat qozonishi ham mumkin.
101
 
Psixologiyada qobiliyatni miqdor jihatdan o‘lchash muammosi o‘ziga xos tarixga ega. 
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida qator psixologlar (Kettel, Termin va boshqalar) 
ommaviy ixtisoslar uchun kasb tanlashni amalga oshirish zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan 
talablar ta’siri ostida ta’lim olayotganlarning qobiliyat darajasini aniqlashni taklif qilib 
chiqdilar. Bu bilan shaxsning mansabdorlik darajasida tutgan o‘rni va uning u yoki bu mehnat 
faoliyatida, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishida, ishlab chiqarishda, harbiy xizmatda va 
ijtimoiy hayotda rahbarlik lavozimini egallashiga layoqatini aniqlash taxmin qilingan edi. 
Biroq qobiliyatni miqdor jihatdan baholash muammosi jamiyatda paydo bo‘lish 
davridan e’tiboran ikki xil xususiyat kasb etadi. Bir tomondan, u mehnatkash kishining aniq 
imkoniyatlarini ob’ektiv ravishda aniqlashga imkon beradi. Busiz amalda kasb tanlashga 
yo‘llash uchun layoqatli kishini topish va tanlash qiyin bo‘lar edi. Mehnat faoliyatida inson 
101
David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers 463-b.


omili (ya’ni inson va uning qobiliyati) e’tiborga olinmaydigan oldingi davrga nisbatan 
qobiliyatlar e’tiborga olingan miqdoriy tadqiqotlar g‘oyasining ilg‘orligi ana shundadir. 
Kishi egallagan faoliyat (mehnat, o‘qish, sport va shu kabi)lar uning psixologik 
fazilatlari (aqliy xususiyatlari, emotsional-irodaviy sohalari, sensomotorikasi)ga yuksak
talablar qo‘yadi. Qobiliyat murakkab tizimga ega bo‘lgan psixik fazilatlar yig‘indisidan 
iboratdir. Uning sifati namoyon bo‘ladigan fazilatlar yig‘indisining tuzilishi pirovard natijada 
aniq faoliyat talablari bilan belgilanadi va har xil turlari uchun turlicha bo‘ladi. 

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish