Oʻzbekistonda keyingi yillarda juda katta islohotlar amalga oshirilyapti. Baʼzi vazirlik va
idoralar “bizda korrupsiya yoʻq, unga barham berdik”
deb maqtanishyapti ham, koʻkrak
kerishyapti. Yoʻq, aslida bunday emas. Afsuski, oddiy fuqarodan soʻrasangiz, “hali korrupsiya
hamma joyda bor”, deydi. Biz vaziyatga kompleks yondashish kerakligini tushunib yetyapmiz.
Bulardan xulosa qilish mumkinki, korrupsiyaning oldini olishga kompleks
yondashmasak, hech qachon biz bu illatni yenga olmaymiz.
Faqatgina bitta sohani tanlab, bir
yoʻnalishda, masalan, qonunchilik yoʻnalishi boʻyicha kurashadigan boʻlsak, korrupsiya zanjirini
uzib boʻlmaydi.
Biz korrupsiyaga qarshi kurashishni faqatgina DXX, prokuratura yoki ichki ishlar
idoralarining vazifasi, deb bilar edik. Prezidentimiz taklifiga koʻra,
endi barcha idoralarda
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tuzilmasini tashkil etish vazifasi
qoʻyilmoqda. Chunki barcha idoralarda, aksariyat davlat xizmatchilarida korrupsion moyillik
bor.
Bosh
prokuratura, Adliya vazirligi, Hisob palatasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar
bilan birgalikda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining 26 tasida korrupsiyaga qarshi ichki
nazorat tizimini (“komplayens nazorat”) joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab
chiqildi.
Oʻrni kelganda, korrupsiyaga zamin yaratayotgan yana baʼzi omillarni ham aytish kerak.
Bu yerda faqat davlat xizmatchilarini ayblash ham adolatdan emas. Demak, omillardan asosiysi
– oylik maoshning kamligi, fuqarolarimiz uchun ijtimoiy himoya, ijtimoiy
imkoniyatlar yetarli
emasligi. Oddiygina aholiga tibbiyot, taʼlim tizimidagi imkoniyatlarini taʼminlab bera olmas
ekanmiz, hech qachon korrupsiyani yenga olmaymiz. Buni xorij tajribasi ham koʻrsatib turibdi.
Bu kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xalqaro tashkilotlar koʻmagida Janubiy Koreya,
Sloveniya va Singapurdan ekspert-maslahatchilarni jalb qilingan.
Oldimizda turgan eng muhim vazifalardan yana biri – keyingi yildan boshlab korrupsiya-
ning darajasini baholovchi milliy indeksni ishlab chiqish. Xabaringiz boʻlsa, bu boradagi xalqaro
indeksda hozircha 180 davlat ichida Oʻzbekiston 153-oʻrinda turibdi. Endi biz oʻzimizning
milliy indeksimizni ishlab chiqamiz. Shu tariqa mamlakatdagi qaysi vazirlik,
qaysi idorada,
qaysi sohada korrupsion holatlar koʻpligi, qaysi davlat xizmatchilari korrupsiyaga koʻproq
moyilligi toʻgʻrisida jamoatchilikni tanishtirib boramiz. Bu jarayonda davlat idoralari
rahbarlarining reytingi ham shakllanadi.
3.
Korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatining shakllantirish hozirgi davrning end
dolzarb vazifalaridan biridir. Bu sohada juda katta va keng miqyosli amaliy ishlar olib
borilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri 2021 yil 28-yanvar kuni
Do'stlaringiz bilan baham: