argumentlarga asoslaniladi. Masalan, “A shaxs yomon odam”, degan tezis “Tunda yomon
odamlargina ko‘chada yuradi”, “A shaxs ko‘chada tunda yuribdi” degan argumentlar bilan
asoslansa, fikr yuzaki (soxta) isbotlangan bo‘ladi.
Argumentlashning mantiqiy asoslarini bilish va baxs yuritish koidalariga amal kilish
tafakkur madaniyatini yukori darajaga ko‘tarish imkonini beradi. Bilishning maqsadi qayd
kilingan hodisalarning mohiyatini tushuntirishdan iborat. Buni hamma vakt ham mavjud
tasavvurlar, prinsiplar yordamida amalga oshirib bulmaydi. Bilish jarayonida ma’lum bir
ziddiyatlar, birinchi navbatda, mavjud bilimlarimizning erishgan darajasi bilan yangi bilish
vazifalarini xal qilish zaruriyati o‘rtasida ziddiyat kelib chiqadi, muammoli vaziyat paydo buladi.
Bunday ziddiyatlar, ayniksa, kundalik hayotimizda murakkab vazifalarni hal kilishda, fanda esa
tub burilishlar davrida yaqqol namoyon bo‘ladi. Mana shunday vaziyat, masalan,
tabiatshunoslikda XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida radioaktivlik hodisasiiing kayd
kilinishi, elektronning kashf etilishi, nurlanishning kvant xususiyatga egaligining asoslanishi va
shu kabi kashfiyotlar natijasida vujudga kelgan. Uning mohiyatini tabiatshunoslikning, birinchi
navbatda, fizikaning mavjud qonunlari va prinsiplarining yangi qayd kilingan xodisalarni
tushuntirish uchun etarli emasligida, deb bilmok zarur.
Shuni ham aytish kerakki, ilmiy bilishda muammoli vaziyatni fan tarakkiyotining ichki
ehtiyojlari ham keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, hozirgi paytda fanda sinergetika g‘oyalari
va metodlarini tushuntirish, matematikada aksiomatikaning imkoniyatlari va qo‘llanish
sohalarini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni hal qilish zaruriyati yangi vaziyatni yaratadi.
Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari: muammo, gipoteza, nazariya
Muammo
- javobi bevosita mavjud bilimda bo‘lmagan va echish usuli noma’lum bulgan
savoldir. SHuning uchun xam muammoni qo‘yish va hal qilish mavjud bilimlarni qayta ishlash,
ba’zi hollarda esa, xatto, ular doirasidan chetga chiqishni, yangicha echish usuli, metodlarini
qidirishni taqozo etadi. Qanday muammolarni ilgari surishni, uni muxokama kilishning
xususiyatini amaliy faoliyatimiz va bilishimiz extiyojlari belgilab beradi.
Muammoni muvaffaqqiyatli hal qilishning zarur shartlaridan biri uni tug‘ ri qo‘yish va anik
bayon kilishdan iborat. To‘g‘ri ko‘yilgan savol, V.Geyzenberg aytganidek, muammoni
echishning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Muammoni to‘g‘ri quyish uchun muammoli
vaziyatni aniq tasavvur kilishning o‘zi etarli emas. Buning uchun muammoni xal kilishning turli
xil usullari va vositalarini xam oldindan ko‘ra bilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: