bo‘lgan, isbotlashni talab qilmaydigan fikrlardir. Inson tajribasida ko‘p martalab takrorlanganligi
uchun xam ularni isbotlash zarur emas. Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bo‘ladi,
ularni xech ikkilanmasdan argument qilib olish mumkin. Isbotlash usuli - demonstratsiya tezis
bilan argumentlar o‘rtasidagi mantikdy aloqadan iborat. U xulosa chikarish shaklida buladi, ya’ni
tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqdan keltirib chikariladi. Isbotlashning ikki turi
mavjud: bevosita isbotlash, bavosita isbotlash. Bevosita isbotlashda tezisning chinligi to‘g‘ridan-
to‘g‘ri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bulgan xukmlardan foydalanilmaydi. Tezis
ko‘p xollarda yakka xodisani ifoda kilib keladi va ma’lum bir umumiy bilimdan, masalan,
qonundan argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi.
Masalan, “O’zbekiston - mustaqil davlatdir”, degan xukm (tezis)ning chinligi
“O’zbekistonning mustaqil davlat deb, e’lon qilinishi, uning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi”
kabi asoslar yordamida isbotlanadi.
Bavosita isbotlashda esa tezisning chinligi unga zid bo’lgan xukmning (antitezisning)
xatoligini ko‘rsatish orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bo‘lishiga qarab
apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi.
Apagogik isbotlashda tezis (a) va antitezis (a) o‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi.
Masalan, “Materiya xarakatsiz mavjud emas”, degan xukmning chinligini asoslash uchun unga
zid bulgan “Materiya harakatsiz mavjud”, degan xukm olinadi. Apagogik isbotlashda antitezis
topilib (1-bosqich), vaqtincha chin deb qabul qilinadi va undan ma’lum bir natijalar keltirib
chiqariladi (2-bosqich), so‘ngra bu natijalarning xatoligi kursatiladi (3-bosqich) va demak,
tezisning chinligi isbotlanadi. Masalan, “Materiya harakatsiz mavjud”, degan xukm chin bulsa,
“Moddiy predmetlar strukturasiz mavjud”, degan fikr (antitezisdan kelib chiqqan natija) ham
chin buladi. Bizga ma’lumki, moddiy predmetlar tarkibsiz (uni tashkil qiluvchi elementlar va
ularning o‘zaro aloqasisiz) mavjud emas. Demak, “Materiya xarakatsiz mavjud”, degan fikr xato,
shu tarika “Materiya xara-katsiz mavjud emas”, degan fikrning chinlish asoslanadi. Ayiruvchi
isbotlashda tezis sof ayiruvchi xukmning (kuchli diz’yunksiyaning) bir a’zosi bulib, uning
chinligi boshka a’zolarining (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orkali asoslanadi. Masalan,
“Jinoyatni yo A, yo V, yo S shaxslar sodir etgan”, degan fikr tekshirilib, “Jinoyatni V shaxs xam,
S shaxsxam sodir etmagan”ligi aniqlanadi va shu tarika “Jinoyatni A shaxs sodir kilgan”, degan
xukmning chinligi asoslanadi. Bu misolda ayiruvchi isbotlash ayiruvchi - qatiy sillogizmning
inkor etib, tasdiklovchi modusi buyicha qurilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: