O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti shahrisabz filiali



Download 4,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/179
Sana02.06.2022
Hajmi4,01 Mb.
#630364
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   179
Bog'liq
fayl 1044 20210522

Qurg’oqchilik ofati
ham O’zbekistonga xos bo’lib, ilgari bunga deyarli e'tibor 
berilmagan. Lekin keyingi yillarda ekologiyaning xaddan tashqari buzilishi, suv resurslaridan 
noto’g’ri foydalanish va boshqa sabablar oqibatida bizning regionda ham bunday ofat aynan 
hozirgi paytda kuzatilmoqda.
Qurg’oqchilikda odamlarning o’limi, daraxtlar, ekinzorlar qurishi, kuchli yong’inlarni 
chikishi va turli xil kasalliklarni tarqalishiga imkoniyat yaratadi. 
 
TABIIY TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLARDA AHOLINI MUHOFAZA QILISH 
TADBIRLARI. 
Yer silkinish
ofatidan muhofaza qilishning bir usuli bu oldindan seysmoaktiv zonalarni 
belgilash xisoblanadi. Bunda insonlar uchun, xalq xo’jaligi uchun xavfli bo’lgan 7-8 balldan 
yuqori yer silkinishi mumkin bo’lgan joylarni belgilab karta tuziladi. Mana shunday 
seysmoaktiv zonalarda turli muxofaza omillari ko’rilib, inshoatlarni qurish, ta'mirlash va ba'zi 
xavfli ishlab chiqarish tarmoqlarini (ximiya zavodlari, AESlar va shunga o’xshash korxonalar) 
hatto to’xtatish ishlari amalga oshiriladi. 
Shunday ishlar, ya'ni O’zbekistonning seysmoaktiv zonalari kartasi 1997-yilgacha amal 
qilib keldi va hozirda bu karta turli xil xususiyatlarni xisobga olgan holda yangidan tuzildi. 
O’zbekiston Respublikasi territoriyasida yer silkinish mumkin bo’lgan zonalar 
kuyidagilarga bo’linadi: 
Qoraqalpog’iston Respublikasi – 6 ballgacha; 
Xorazm va Samarqand viloyatlarida – 7 ballgacha;
Toshkent, Qarshi, Buxoro, Termez, Namangan, Farg’ona shahar-larida – 8 ballgacha; 
Andijon viloyatida – 9 ballgacha. 
Shuning uchun har bir korxona raxbari yer silkinishi oqibatlarini kamaytirishning asosiy 
tadbirlarini bilishi zarur. Bular quyidagilardan iborat: 
A). Hududning seysmik kartasi, unda zilzila bo’lish ehtimoli bor joylar va uning kuchi 
ko’rsatiladi; 
B). Zilzilaga bardosh beradigan uylar va sanoat inshoatlarini qurish; 
V). Zilzila bo’lgan xolda aholi o’zini kanday tutishi va hatti-harakatlar haqida tushuntirish; 
G). Seysmik stantsiyalarda uzluksiz navbatchilikni tashkil qilish va olib borish; 
D). Zilzilalar haqida aniq xabar va aloqa sistemasini tashkil qilish; 
YE). Qutkaruv, kuch va vositalarni tayyor holga keltirib qoyish; 
J). Aholini xavfsizligini ta'minlashga doir va o’z vaqtida evakuatsiya qilish tadbirlarini 
ishlab chiqish; 
Z). Moddiy texnik ta'minot (plakatlar, oziq-ovqat, dori-darmon) zahiralani tashkil qilish;
I). Zilzila xaqida xabar beruvchi belgilarni aholiga tushuntirish va o’z vaqtida qo’llash. 
Zamonaviy fan yer silkinishlarini qayerda va qanday kuch bilan sodir bo’lishini aytib bera 
oladi, ammo uning aniq kunini va soatini hozirgacha ayta olmaydi. 
Yer silkinish hususida habar beradigan belgilar kuyidagilardan iborat: 
- Yer osti suvlarining fizik-ximiyaviy tarkibining o’zgarishi (labo-ratoriyada aniqlanadi); 


126 
- Qushlar va uy hayvonlarining bezovtalanishi, gaz hidining ke-lishi, xavoda chaqmoq
chaqishi va yorug’lik paydo bo’lishi; 
- Bir-biriga yaqin, lekin tegmayotgan elektr simlaridan uchqun chiqishi, uylarning ichki 
devorlarida zangori shu'lalar paydo bo’lishi va lyuministsent lampalarining o’z-o’zidan yonishi. 
Mana shu belgilarni bilgan har bir fuqaro yoki zilzila xaqida xabar eshitganda, tez, 
xovliqmasdan, sarosimasiz va ishonchli xarakat qilishi kerak. Zilzila xaqida oldindan xabar 
berilsa, uyni tashlab chiqishdan avval, gaz va boshqa isitgich asboblarini uchirish, bolalar va 
qariyalarga yordam berish, zarur buyumlarni, oziq-ovqat, dori-darmonlarni va hujjatlarni olib 
kuchaga chiqishlari kerak. Agar zilzila kutilmaganda boshlanib qolsa, u xolda deraza va eshik 
oraliqlariga yoki kutaruvchi va ustunlar tagiga turib olish kerak. Dastlabki zarba tinishi bilan 
zudlik bilan tashqariga chiqish kerak. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, ko’p qavatli 
binolarning eng nozik, ishonchsiz joylari zinapoya va lift shaxtalaridir. Shuning uchun zilzila 
boshlangan paytda zinapoyalardan yugurish tavsiya etilmaydi va liftlardan foydalanish 
taqiqlanadi. 
Korxona va muassasalarda zilzila paytida ish to’xtatiladi. Elektr toki, suv, gaz va bug’lar 
tuxtatilib, muxofazasiz qismlardagi ishchi va xizmatchilar oldindan belgilab qoyilgan joyga 
to’planadilar, boshqalar esa xavfsiz joylarda bo’ladilar. 
Zilzila vaqtida uyda bo’lmagan fuqarolar uyga shoshmasligi, balki o’sha joy 
rahbarlarining ko’rsatmalarini diqqat bilan kutib unga rioya qilgan holda harakat qilishlari 
kerak. Zilzila vaqtida jamoat transportining to’la to’xtatilishini kutib oldin bolalarni, nogiron va 
qariyalarni tushirish kerak. Yurib ketayotganda sakrab tushib qolish yaramaydi, zilzila vaqtida 
jabrlanganlarga asosan yordamni fuqarolar muhofazasi qismlari beradi, lekin zarur bo’lgan 
xollarda aholi ham yordam berishi kerak. 

Download 4,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish