27
tо‘lanadigan va yemizikli ayollar uchun ishlovchi ayollar uchun bola emizish
xonalari, dush xonalari va shaxsiy gigena xonalari tashkil qilinadi.
Mehnat qonuniyati о‘smirlar mehnatini muxofaza qilishga ham alohida
axamiyat berildi. 16 yoshga tо‘lmagan о‘smirlar ishga qabul qilinmaydi.
Ba’zi xollarda ular zavod, fabrika, kasaba uyushmasi qumitasi ruhsati
Bilan ishga qabul qilinishi mumkin. 16yoshgacha bо‘lgan о‘smirlar uchun
24 soatli, 18 yoshgacha bо‘lganlar uchun 36 soatli ish xaftasi joriy
qilingan. Ular uchun tо‘lanadigan ish xaqi aynan kategoriyadagi
ishlarda ishlaydigan balog‘at yoshidagi ishchilarning о‘rtacha ish xaqidan
kam bо‘lmasligi kerak.
О‘smirlar uchun yilning eng yaxshi davrlarida yoki xoxlagan vaqtda
bir kalendar oy miqdorida ta’til berilishi kerak. Ularning
mexnatidan tungi ishlarda, dam olish kunlarida foydalanish butunlay
taqiqlanadi. Ularni sog‘liqlari uchun zararli bо‘lgan ishlarni
bajarishga jalb qilish mumkin emas.
18 yoshga tо‘lmagan о‘smir bolalarda 16 kg gacha, qizlar uchun esa 10
kg gacha bо‘lgan yuklarni tashishga ruxsat etiladi. Bizning davlatimizda
sanoat korxonalarini mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va sanoat
korxonalari texnalogiyasiga yangidan – yangi fan va ishlab chiqarish
sanitariya gigiyena sharoiti yaxshilab borilmoqda. Ba’zi bir
uchastkalarda zararli ish sharoiti bо‘lgan joylar va muxit uchrab
turadi. Bunday joylardaishlovchilar uchun ustama xaqi tо‘lanadi yoki
soati qisqartiriladi. Kо‘pgina kimyo sanoati korxonalarida ish soati
kuniga 4 yoki 6 soat qilib belgilangan. Bundan ishlovchilarning 30% qilingan bо‘lib, u 12-36
kungacha bо‘lishi mumkin. Qо‘shimcha ta’tildan ishlovchilarning 70% foydalanadi.
Korxonadagi ishchi xizmatchilarning 80% ustama xaq olish imkoniyatlaridan foydalaniladilar.
Sog‘liq uchun о‘ta xavfli bо‘lgan sharoitlarda ishlayotganlarning kasb kassalliklariga
chalinmasliklarini ta’minlash maqsadida ularga bepul oziq-ovqat maxsulotlari beriladi. Bunday
imtiyozdan 30%ishchi foydalanadi. Zararli muxitda ishlayotganlar uchun xavfsizlikni
ta’minlash, sog‘liqni saqlash maqsadida mehnat qonunchiligiga asosan shaxsiy muxofaza
vositalari korxona xisobidan bepul beriladi. Gazniqob, kо‘zoynaklar, dialektrik kalish,
poyondoz, kiyimlar, qо‘lqoplar anna shunday ximoya vositalariga misol bо‘la oladti.
Korxonalarda ishchilarning 80%, xizmatchilarning 20% ximoya vositalaridan foydalanadi.
Mehnat gigiyenasi ishlab chiqarish muxitining odam tanasiga ta’sirini о‘rganadi. Mehnat
sharoitini yaxshilash maqsadida tashkiliy, gigiyenik, texnikaviy chora-tadbirlar asosida mehnat
gigiyenasi norma, qoidalariga rioya etish bо‘yicha tashkilot ishlari olib boriladi.
Ishlab chiqarish sanitariyasisanitariya texninik, tashkiliy tadbirlarni ifodalaydi va ishlab
chiqishda sog‘lom mehnat sharoitini ta’minlaydi. Sanoat korxonalarida texnika taraqqiyoti
yutuqlaridan unumli foydalanishni, ishchilarning zararli muxitda ishlashlarining oldini olishni,
qurilmalarni ochiq maydondajoylashtirishni, ximoya vositalaridan foydalanishni zarur deb
hisoblaydi. Sanoat gigiyenasining vazifasi ishlab chiqarishdagi zararli gazlar, changlar, bug‘ va
tumanlar ta’siri natijada vujudga keladigan kasb kassalliklarining oldini olishdan iborat. Sanoat
sanitariyasi va gigiyenasining maqsadi inson organizmiga zaxarli moddalarning tushishini
butunlay yо‘qotish yoki kamaotirishdan iborat. Ishlab chiqarish zaxarlari debishchiga mehnat
faoliyati
sharoitida
ta’sit etadigan va ish qobiliyatini pasaytiradigan, sog‘lig‘iga
zararyetkazadigan kasbiy zaxarlanishga aytiladi. Ergonomika lotincha sо‘z bо‘lib «ergo»-ish,
«nomika»-fan , ya’ni «ish tо‘g‘risidagi Fan» degan ma’noni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: