B mengliyev, G. Tojiyeva



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/182
Sana02.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#630109
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   182
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva

Ideografik yozuv (grekcha idea - tushuncha), shuningdek, logografik yoki ieroglifik deb ham ataladi. Qadimgi yahudiy, shumer, 
xitoy, astek va mayya qabilalarining yozuvi ideografik namunalardir.
Ideogrammalar, asosan, konkret tushunchani ifodalovchi rasm (piktogramma)lar asosida shakllandi. Chunonchi, yahudiy va 
shumer mixli xatlarida tog` tushunchasi-orasidan vodiy va jarlik o`tuvchi ikki tog` tasviri orqali, suv-to`lqinlarni eslatuvchi to`lqinsimon 
chiziq bilan bildirilardi. Quyosh tushunchasi shumer yozuvida xitoy ideogrammasi kabi ichida nuqtali doira (Ο) shaklida ifodalangan. 
Ideogrammalarning piktogrammalardan kelib chiqqanligini qadimgi xitoy yozuvi yaqqol ko`rsatib turadi. Eng qadimgi logografik yozuv 
tizimlari (misr ieroglifikasi, xitoy ieroglifikasi, shumer va b.) mil. av. 4-ming yillikning oxiridan 2-ming yilliklarning boshlarigacha bo`lgan 
davrda shakllangan. Hozirgi kunga qadar eng turg`un va tarqalgan ideografik yozuv xitoy yozuvidir, bunga Xitoy tarixi va xitoycha 
so`zlarning bir bo`g`inli tabiati omil bo`lib xizmat qilgan. XV asrdayoq in’ qabilalari rivojlangan yozuv tizimiga ega edilar. Biroq, davlat 
bo`lib birlashish va ierogliflarning sistematizatsiyasi (tizimga solinishi) Xitoyning Sin va asosan Xan sulolalari davrida siyosiy 
markazlashuvi davomida sodir bo`ldi.Syuy Shen I-II asrlarda “Shoven szeszi” (“Elementlar va murakkab belgilar haqida”) degan xitoycha 
ierogliflar jadvalini yaratdi: bunda 10,5 ming ieroglif ko`rsatilgan. 
Yozuvning keyingi taraqqiyot bosqichi bo`g`in yozuvi bo`lib, u fonografik yozuv turiga kiradi (mil.av. 2-ming yilliklarning 
o`rtalarida paydo bo`lgan). Bu yozuvda bo`g`inlar ierogliflardir. U yoki bu so`zni yozishga to`g`ri kelsa, ana shu bo`g`inlarni bir-biriga 
qo`shish usulidan foydalaniladi. Tildagi so`zlar soniga qaraganda bo`g`inlar soni ancha kam, shuning uchun ham bo`g`in yozuvi 
logografik yozuviga nisbatan sezilarli darajada oz belgilar tizimi bilan ish ko`radi. Masalan, devonagari (hind) yozuvi bo`g`in yozuvidir: 
ulardagi har bir ishora undosh tovushlarning unlisi bilan qo`shib talaffuz qilinishini ko`rsatadi, ya’ni na, ga, sha va h.z. Agar boshqa 
unlini talaffuz qilish zarur bo`lsa, unda harflarning yo ustiga, yo tagiga ma’lum belgilar qo`yiladi. Devonagarida 50 ta belgi bor: 13 tasi unli 
va so`z yoki bo`g`in boshida keluvchi diftongni, 33 tasi bo`g`inni ko`rsatadi. 4 ta yordamchi belgi. Bo`g`in belgilari sillabogramma deyiladi. 
Bu yozuvdan Shimoliy Hindiston hindilari foydalanadilar. Arab, misr, efiopiya, yapon (kana), koreyscha (kunmun) yozuvlari ham bo`g`in- 
yozuv turiga kiradi. 
Fonografik yozuv tizimini keyingi taraqqiyoti harf-tovush yozuvi bo`lib, fanda inqilobiy hodisa sifatida e’tirof etiladi. Bu 
yo`nalishdagi ilk yozuv finikiy yozuvidir. Birinchi marta sof tovush yozuvi, sanoqli harflardan iborat mukammal alfavitning yuzaga kelishi 
jamiyatdagi yozuvni biladigan kishilar doirasini kengaytirib yuborgan. Bu jarayon mil.av. 9-asrdan boshlangan. Hozirgi kunda bizga 
ma’lum bo`lgan harf-tovush tizimidagi yozuvlarning beshdan to`rt qismidan ko`prog`i finikiy yozuvidan kelib chiqqan. Harf-tovush tizimi, 
hozirda, asosan 4 xil yozuv tizimidan iborat: lotin yozuvi (jahondagi 30 % aholi), slavyan – kirillitsa (10%), arab yozuvi (10%), hind yozuvi 
(20%). 
O`rta Osiyodagi xalqlar, jumladan, o`zbek xalqi turli yozuvlardan foydalanib kelgan. Bu yozuvlar avesto, pahlaviy, o`rxun-enasoy 
(runik), turkiy (uyg`ur), sug`d, arab, kirill, lotin yozuvlaridir. 
Yozuvning, xususan harf-tovush tizimining takomillashuvi – alifboni yuzaga keltirdi. Alifbo (arab alfavitining boshlang`ich ikki harfi 
– alif va bo nomidan olingan) – biror tilning yozuviga qabul qilingan va ma’lum an’anaviy tartib berilgan yozuv belgilari yoki bo`g`in 
belgilar (devonagari) majmui bo`lib, mil.av. 2000-yillar oxirlarida qadimgi Uyurit va finikiy yozuvi tovush tizimidan kelib chiqqan. Turkiy 
xalqlarning runik va turkiy (uyg`ur) yozuvlari bo`lgan. Ammo bu o`ziga xos turkiy yozuvlar alifbosi haqida ma’lumot uchramaydi. Ularga 
oid harflar jadvali tovush belgilari haqidagi boshqa manbalardagi ma’lumotlar hamda shu yozuv yodgorliklari asosida tuzilgan. Qadimgi 
turkiy yozma yodgorliklariga turkiy run (o`rxun-enasoy), uyg`ur va qisman moniy (monoviy), brahmon, sug`d va so`ryoniy yozuvlarida 
yozilgan obidalar kiradi. Run va uyg`ur yozuvlari turkiy xalqlarga xos yozuvdir. Toshga o`yib yozilgan run yozuvi XIX asr oxirida 
1
Головин Б.Н. Введение в языкознание. М., 1977. стр.: 232. 


30 
Mo`g`ulistonning O`rxun daryosi bo`yida topilib, bu yozuvni dastlab daniyalik tilshunos V.Tomson va rus turkologi V.Radlov aniqladi. 
Hozirgi paytgacha o`rxun yozuvida yozilgan ko`plab tosh, idish, asbob, tangalar, kitob, kitob varaqlari va ayrim qog`ozlar ham ma’lum. 
Talas va Yenisey obidalaridagi yozuv O`rxun obidalariga nisbatan harflarning, shakliy variantlarining ko`pligi bilan farq qiladi. 
Uyg`ur yozuvida yozilgan asarlarning hammasi ham qadimgi turk davriga oid emas, chunki bu yozuv XVIII asrgacha qo`llandi. 
Uyg`ur yozuvini Mahmud Qoshg`ariy “turk yozuvi” deb ataydi hamda bu yozuvda 18 ta harf borligini va turkiy tillarda mavjud bo`lgan 7 ta 
tovush (p, j (portlovchi), j (sirg`aluvchi), f, g`, ng, g) uchun maxsus harflar yo`qligini, unlilarning esa arab tilidagidek harakatlar bilan emas, 
harflar bilan ifodalanishini aytib o`tadi. Mahmud Qoshg`ariy turk (uyg`ur) harflarining alohida va qo`shib yozilgandagi ko`rinishlarini 
bergan. 
Yozuv taraqqiyotida grek yozuvi, lotin yozuvi va kirill yozuvi muayyan sharoitlarda yuzaga keldi. Greklar dastlab konsonant 
yozuvidan fodalanishgan. Eramizdan oldingi VII-VI asrlarda vokal-tovush namunalari uchraydi. Eramizgacha 403-yilda Evklid tomonidan 
Afinada mumtoz grek alifbosi kiritildi. Qadimgi grek yozuvi 24 ta harfga ega (17 ta undosh va 7 ta unli).
Grek yozuvi asosida latin alifbosi shakllandi. Sharqiy grek yozuvi asosida esa kirill, gruzin va arman alifbolari yaratildi. Lotin 
yozuvi G`arbiy Yevropada keng tarqaldi. XIV asrda qog`ozning paydo bo`lishi, kitob nashr qilishning kashf etilishi bu yozuvning keng 
tarqalishida muhim omil bo`ldi. Qadimgi lotin yozuvida 23 ta harf bor edi (tovushlar 35 ta bo`lgan: 16 ta unli, 19 ta undosh). 
Slovyan alifbosi esa IX asr oxiri – X asr boshlarida paydo bo`ldi, chunonchi, ikki ko`rinishda qo`llanila boshlandi: glagalitsa va 
kirillitsa. 
Kirill yozuvi janubiy (bolgar, serb, makedon) va sharqiy slavyanlarga tarqaldi. Bu alifbolarning yaratilishi Kirill va Mefodiy (aka-
ukalar) nomlari bilan bog`liq. Kirill alifbosida 43 ta harf bor edi, tovushlar esa 44 ta: 11 ta unli va 33 ta undosh. Kirill yozuvi asosidagi 
zamonaviy rus alfavitida 33 ta harf, 43 ta tovush: 6 ta unli va 37 ta undosh mavjud. 
Aslida, yozuv va tilning taraqqiyoti bir xil, bir-biri bilan to`la mos keladigan jarayon emas. Tildagi u yoki bu o`zgarish tadrijiy 
ravishda, asta-sekin yuz beradi. Yozuv haqida esa bunday deb bo`lmaydi. Odamlar, aniqrog`i xalqlar til xususiyatlariga yanada 
moslashtirish uchun yozuvga turli o`zgarishlar kiritadilar, islohotlar qiladilar, bir yozuv tizimini boshqasi bilan almashtiradilar. Masalan, 
o`zbek xalqi asrlar davomida arab alifbosidan foydalanib kelgan. O`zbekistonda 1929-yilda lotin yozuvi asosidagi o`zbek alifbosiga 
o`tilgan, 1940-yildan esa kirill yozuvi joriy etilgan. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga 
asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish to`g`risida”gi qonun qabul qilindi. Bu qonunga va uni amalga kiritish tartibi haqidagi O`zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 6-mayda o`zgarishlar kiritadigan qonun qabul qildi. Bu hujjatga ko`ra lotin yozuviga asoslangan yangi 
o`zbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar qo`shilmasidan iborat.

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish