B mengliyev, G. Tojiyeva



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/182
Sana02.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#630109
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   182
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva

dotsent, fan nomzodi kabi so‘z va birikmalar ishlatiladi. 
Bu uslubda darak va buyruq gaplardan foydalanilib, gap bo‘laklarining odatdagi tartibiga rioya qilinadi. 
Publitsistik uslub davriy matbuot, ijtimoiy-siyosiy adabiyot, ommaviy- siyosiy mavzudagi ma’ruzalar uslubidir. Bu uslubdan 
targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishda keng foydalaniladi. Odatda, gazetalarning bosh maqolalari publitsistik xarakterda bo‘lib, ularda 
kundalik turmushdagi tarbiyaviy, iqtisodiy va siyosiy masalalar yoritiladi. Publitsistik nutqda ta’sirchan so‘z va birikmalardan, maqol va 
hikmatli so‘zlardan, ritorik so‘roq gaplardan, takror, murojaat, undov, yoyiq undalmalar, chaqiriqlardan foydalaniladi. Publitsistik uslubda 
qurultoy, anjuman, deputat, kengash, hukumat rahbarlari, davlat kabi ijtimoiy-siyosiy so‘zlar ko‘p qo‘llaniladi.Gap bo‘laklari, 
ko‘pincha, odatdagi tartibda bo‘ladi, gap kesimlari buyruq va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi. 
So‘zlashuv uslubi uchun hos bo‘lgan eng asosiy xususiyat bu uslubda adabiy til me’yorlariga rioya qilinishi va nutqning dialogik 
xarakterda ekanligidir. Bu uslub uchun xos bo‘lgan xususiyatlar quyidagilar: 
1) uslubiy bo‘yoqdor so‘zlardan foydalaniladi: do‘ndiq, vaysamoq, bashara kabi;
2) nutq jarayonida tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi kuzatiladi: matbachi ( matbaachi) mazza (maza), haqqi (haqi) kabi; 
3) izohlovchilardan ko‘proq foydalaniladi: Salima opa, Toshpo‘lat do‘xtir kabi; 
4) iboralar, maqol, matal, hikmatli so‘zlar ko‘p uchraydi: jonim chiqdi, boshi ochiq,... kabi; 
5) so‘zlar tarkibidagi unli, undoshlarni cho‘zish: ka-a-atta, huv-v-v kabi; 
6) gap bo‘laklarining tartibi erkin bo‘ladi, to‘liqsiz gaplardan, undalmali gaplardan foydalaniladi. 
Nasriy, nazmiy va sahna uchun mo‘ljallangan dramatik asarlar badiiy uslubda bo‘ladi. Badiiy asarlar kishiga ma’lumot berishi 
bilan birga obrazlar vositasida estetik ta’sir ham ko‘rsatadi. Badiiy uslub aralash uslub hisoblanadi, chunki bu uslubda yozuvchi tilda 
mavjud bo‘lgan vositalarning hammasidan foydalana oladi. Hatto tasvirlanatgan davrning ruhini yoki nutq momentida asar 
qahramonining holatini tasvirlash uchun eskirgan so‘zlar, vulgarizmlar, shevaga xos so‘zlardan ham foydalanishi mumkin. 
Barcha nutq uslublari o‘zaro aloqador bo‘lib, bir uslubda boshqa nutq uslublarining ko‘rsatkichlari ham uchraydi. Ayni zamonda 
har bir uslub o‘ziga xos fonetik, leksik, morfologik va sintaktik vositalarga ega. 
So‘zlashuv uslubida hamda badiiy uslubda fonetik vositalardan ko‘proq foydalaniladi. Fonetik vositalar deganda ba’zi nutq 
tovushlari, urg‘u, ohang va ularning nutqiy ta’sirchanligi tushuniladi. 
So‘zdagi unlilarning cho‘zib talaffuz qilinishi ajablanish, ta’kid, kuchaytirish, hayajon,olqish, erkalash, yalinish kabi konnotativ 
ma’nolarni ifodalaydi. Chunonchi, Qorako‘z opaaa, sizga xaaat! Katta konvertda xaaat!!! (N.Qobul) Undoshlarni ikkilantirish kuchli 
hayajonni, qo‘rquv yoki nutqiy kamchilikni ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, Bbbo‘la qoling, ssovqotib ketdim-ku! (M.Ismoiliy) 
Leksik uslubiyat deganda denotativ va konnotativ ma’noli so‘zlardan, ko‘chma ma’noli so‘zlardan, so‘zlarning shakl va ma’no 
munosabatiga ko‘ra turlari (omonim, sinonim, antonim, paronim, giponim, partonim...)dan, chegaralangan qatlamdagi so‘zlar (eskirgan 


38 
so‘zlar, jargon, argo, dialektizmlar, vulgarizmlar...)dan, evfemizmlardan, iboralardan nutq sharoitiga mos ravishda to‘g‘ri foydalana olish 
usullari tushuniladi. 
Funktsional – uslubiy bo‘yoqqa ham, hissiy-ta’sirchan bo‘yoqqa ham ega bo‘lgan grammatik shakllarning barchasi morfologik 
uslubiyatning o‘rganish obyektini tashkil etadi. 
Sintaksisning ham o‘ziga xos uslubiy imkoniyatlari mavjud. Nutq uslublariga xos turli sintaktik vositalar, so‘z birikmalari va 
gaplardagi sinonimiya, polisemiya, omonimiya hodisasi, so‘z tartibi, ifoda maqsadiga va tuzilishiga ko‘ra gap turlarining nutqda ishlatilishi, 
ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplarning uslubiy xususiyatlari va boshqalar sintaktik uslubiyatning asosini tashkil etadi. Sintaktik 
konstruksiyalarning uslubiy bo‘yog‘i shu konstruksiyalarda ifodalangan so‘zlar, shaxs-son, kelishik, modallik va so‘z tartibi kabi 
grammatik ma’nolar bilan bevosita bog‘lanadi. Chunki tovushlar va qo‘shimchalar, lug‘atning hamma qatlami faqat jumlada ma’lum bir 
mazmun ifodalaydi. Har bir so‘z va grammatik shaklning mazmuni hamda ijtimoiy qimmati gap ichida ravshanlashadi. Chunonchi,
Navdalarni bezab g‘unchalar, 
Tongda aytdi hayot otini 
Va shabboda qurg‘ur ilk sahar, 
Olib ketdi gulning totini... (H.Olimjon.) 
Ushbu she’riy misralardagi hamma so‘zlar badiiylikka, go‘zallikka, zavq-shavqqa xizmat qilgan. Deyarli barcha so‘zlar ma’no 
jihatidan ko‘chgan. Ayniqsa, salbiy bo‘yoqli qurg‘ur so‘ziga ijobiy tus berilgan. 
Dunyo tillarining deyarli barchasida so‘zlashuv, badiiy, rasmiy-idoraviy, publitsistik, ilmiy uslub mavjud bo‘lib, ular ijtimoiy 
hayotda, o‘zaro munosabatlarda, nutqning og‘zaki va yozma ko‘rinishlarida til imkoniyatlaridan me’yoriy foydalanishni ta’minlaydi. 
Biroq til imkoniyatlari har bir tilda o‘sha tilning tabiati, qonun-qoidalariga bo‘ysungan holda turlicha bo‘lib, ular o‘ziga xos uslubiy 
vazifalarni bajaradi. Har bir tilning o‘ziga xos bo‘lgan fonetik, leksik, morfologik, sintaktik vositalarini bilish, ularning har qaysisidan o‘z 
o‘rnida ustalik bilan foydalana olish muhimdir. Ma’lum bir nutq uslubiga mansub bo‘lgan jihatlarni boshqa uslubda asossiz (noto‘g‘ri) 
qo‘llash nutqiy g‘alizlikni keltirib chiqaradi. 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish