Parvoz chog`i tayyoraning dilbar kelini
Ko`k toqini bizga taxti Sulaymon qildi.
Lekin e’lon o`qiganda o`zbek tilini
Davlat tili bo`lganiga pushaymon qildi.
Mashhur Robinzon Kruzoni eslang. U kimsasiz orolga tushub qolganda uzoq yillar davomida unga tildan foydalanishga deyarli
ehtiyoj sezilmaydi. Tilning kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasiga ko`ra sof ijtimoiy hodisa ekanligini isbotlovchi bunday misollarni
ko`plab keltirish mumkin. Ammo til ijtimoiy hodisa sifatida jamiyatdagi boshqa ijtimoiy hodisalardan farq qiladi.
Faqat jamiyatning mavjudligi bilan bog`liq bo`lib, jamiyat uchun xizmat qiladigan ijtimoiy hodisalarning turlari nihoyatda ko`p.
Ideologiya, bazis, ustqurma, demokratiya, pul muomalasi kabilar ham ijtimoiy hodisalar bo`lib, ularning jamiyatda bajaradigan
vazifalarining o`z xususiyatlari va ma’lum doirada qo`llanilish chegaralari bor. Chunonchi, ideologiya-muayyan jamiyatdagi siyosiy,
huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy qarashlar va g`oyalar sistemasi; bazis jamiyatning iqtisodiy tuzilishini, ustqurma esa jamiyatning
siyosiy, huquqiy, ideologik me’yorlarini belgilab beruvchi hodisalardir. Jamiyat bo`lmagan joyda demokratiya, ya’ni xalq ommasining
boshqaruv ishlarida qatnashuvi yoki fuqarolarning siyosiy huquqlardan foydalanish imkoniyatlari haqida gapirish mumkin emas. Pul
muomalasi haqida ham shunday fikrni aytish o`rinlidir. Kishilik jamiyatida ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar o`zgarib turadi. Bu o`zgarish har bir
tuzumga tegishli bo`lgan bazis, ustqurma, ideologiya kabilarni ham yangilaydi. TIL esa na bazis, na ustqurma, na ideologiyadir. Tilning
yuqorida sanab o`tilgan ijtimoiy hodisalardan eng katta va asosiy farqi shundaki, til jamiyat faoliyatining barcha-barcha sohalariga xizmat
qiladi. Til tuzumlar o`zgarishi bilan butkul yangilanmaydi, o`z xususiyatini, vazifasini o`zgartirmaydi. U kishilik jamiyatining tarixiy
taraqqiyoti jarayonida yaratilgan, sayqal topib borayotgan aniq-tarixiy me’yor sifatida jamiyat a’zolarining hammasiga teng xizmat
qiladigan asosiy fikr ifodalash vositasidir.
Til kishilik jamiyatidagi asosiy ijtimoiy hodisa sifatida kommunikativ, ekspressiv va akkumulyativ vazifalarni bajaradi.
“Kommunikativ” so`zi rus tilidan olingan lingvistik atama bo`lib, “fikr almashuvga oid” degan ma’noni ifodalaydi. Kishilarning
o`zaro aloqa-aralashuvda o`z fikr-mulohazalarini, istak-xohishlarini, ichki kechinmalarini ifoda etib, bir-birlariga axborot yetkazishlari, ya’ni
tilning jamiyatda aloqa vositasi funksiyasini bajarishi uning kommunikativ vazifasi hisoblanadi.
“Ekspressiv” so`zi latincha so`z bo`lib, asl ma’nosiga ko`ra “kuchaytirilgan” demakdir. Bu atama tilshunoslikka ko`chma
ma’nosi bilan kirgan bo`lib, “kuchli hissiy obrazlilik xususiyati” degan ma’noni ifodalaydi.
Tilning asosiy vazifasi kommunikativ funksiya bo`lsa-da, biroq kishilar aloqa-aralashuv jarayonida bildirilayotgan fikrga yoki
tinglovchiga yetkazilayotgan axborotga o`zlarining turli tipdagi hissiy-ta’siriy, ya’ni emotsional munosabatlarni ham qo`shib ifodalaydilar.
Bu hodisa, ya’ni tilning suhbatdoshga ta’sir ko`rsatish xususiyati uning ekspressiv vazifasi deyiladi. Emotsional munosabatlar suyish,
erkalash, nafrat kabi insonga xos bo`lgan qator jihatlarni qamrab oladi.
Til faqat kishilar o`rtasidagi aloqa vositasi bo`lmay, millatlararo, davlatlararo aloqa quroli hamdir. Bundan tashqari til kishilik
jamiyatida asrlar davomida to`plangan tajriba va bilimlarni kelajak avlodga yetkazish uchun ham xizmat qiladi. Tilning bu xususiyati uning
Do'stlaringiz bilan baham: |