V. Gallcha guruhi:
7). Gall - fransuz tilining shakllanishi bilan o`lgan (Galliya, Shimoliy Italiya, Bolqon va, hatto, Kichik Osiyoda tarqalgan edi).
8.Grek guruhi.
1). Yangi grek, 8 million, Gretsiya, O`rta yer dengizi sharqiy qismi orollari.
O`lik tillar:
2). Qadimgi grek, eramizgacha X asr - eramizning V asrlarida mavjud bo`lgan, o`rta grek yoki vizantiy tili.
9. Alban guruhi.
Alban tili – Albaniyada.
10.Armyan guruhi.
Armyan, 2 million, Armaniston, Eron va Turkiyada.
11.
Xett guruhi.
1). Xett-Kichik Osiyodagi Xett davlati (eramizgacha XIX-XII asr);
2). Luviy;
3). Palaet.
12. Toxar guruhi.
1). Toxar a) (turfan, qarashor) - Xitoy Turkistonida;
2). Toxar b) (kuchan) – o`sha yerda, VII asrda Kuchada.
Hind – yevropa tillari flektiv tillardir.
So`zlarning morfologik shakllarining fleksiya orqali yasalishi bu tillarning asosiy
morfologik xususiyatidir. Bu tillarda har bir mustaqil so`zning dastlabki shakli ham negiz va qo`shimchalarga bo`linadi, natijada, o`zak-
negiz mustaqil ma’ruza matniydi. Masalan, rus tilida вижу, видишь, видят so`zlarining o`zak negizi виж, вид bo`lib, bular mustaqil
ishlatilmaydi. Bundan tashqari, flektiv tillarda (agglyutinativ tillardan farqli o`laroq) bir qo`shimcha bir necha grammatik ma’no ifodalashi
mumkin. Masalan, rus tilida – видел so`zidagi [-ел] qo`simchasi zamon (o`tgan zamon), son (birlik), shaxs (birinchi), mayl, rod
ma’nolarini ifodalaydi.
Flektiv tillarga so`z yasovchi va so`z o`zgartiruvchi funksiyani bajaradigan ichki fleksiya xos. Bunda o`zak - negizda tovush
almashuvi bilan turli grammatik ma’nolar ifodalanadi.
Ichki fleksiyada undosh tovushlar ham, unli tovushlar ham o`zgarishi mumkin. Ingliz va nemis tillarida ko`proq unli tovush
o`zgarsa, rus tilida ko`proq undosh tovushlarning o`zgarishi kuzatiladi. Masalan, ingliz va nemis tillarida kuchli fe’llarning asosiy
formalarini yasaydigan ablaut hodisasi quyidagicha:
nemis tilida – singen – sang – gesingen ;
ingliz tilida – sing - sang-sung; bring – brought – brought; see – saw – seen.
Son kategoriyasining ko`plik shakli nemis va ingliz tillarida ham agglyutinativ (affiksatsiya) usulida ham ichki fleksiya orqali
yasalishi kuzatiladi:
ingliz tilida - 1) sister – sisters, book – books, eye – eyes, egg – eggs; 2) foot –feet, toose – teese, goose – geese, woman –
women, child – children.
Nemis tilida otlar quyidagicha qo`shimchalar orqali yasaladi:
[-e] Der Tisch (stol) – Die Tische (stollar);
[-en] Der Student – Die Studenten ;
[-n] Die Tafel – Die Tafelen (doskalar);
[-er] Das Buch – Die Bucher (kitoblar).
Xuddi shu ko`rinishlararo ichki fleksiya ham kuzatiladi. Chunonchi,
Buch-Bucher, Bruder – Bruder (aka-akalar). Nemis tilidagi Bruder – aka oti ko`pgina hind – yevropa tillarida ma’lum bir fonetik
o`zgarishlar bilan ko`rinadi.
Masalan,
rus polyak ingliz nemis fransuz fors
брат brat brother bruder frere birodar
Mather (ona), father (ota), sister (opa) so`zlari ham fonetika differensiyalarni namoyon qiladi:
25
rus ingliz nemis fransuz fors
мать mother mater mer modar
папа father pater per padar
сестра sister schwester sceur -
Flektivlik fors tilida ham ko`rinadi.
Shudan (bo`lmoq) – shaved; kardan – kun (buyruq maylida) – bikun; shushtan (yuvmoq) – sho`y (bisho`y).
Fransuz tilida undosh tovushlarning almashishi sifatning rod formalarini ham o`zgartiradi:
rond – круглый (muj.r.), aylana ( [d] tovushi talaffuz etilmaydi).
r onde – круглая (jеn.r.) ([d] aytiladi).
grand – katta – большой ([d] aytilmaydi).
grane – большая ([d] aytiladi).
Hind - yevropa tillarida grammatik ma’no ifodalashning yana bir usuli suppletivizmdir. Buni quyidagi misollarda kuzatamiz:
hoz.z. o`tgan z. kel.z.
ingliz t. am-are was/were shall/will
is-are
To be (bo`lmoq) fe’lining zamonlar bo`yicha tuslanishi mana shunday suppletiv yo`l bilan hosil qilinadi. Va, nihoyat, gap
sohasida hind – yevropa tillarining umumiy xususiyati shundaki, bunday tillarda ega va kesimning qat’iy ishtiroki va o`rni muhim ekanligi
kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |