Международный научно-образовательный электронный журнал


ФИО автора: Madaminova O’ktamxon A’zamjon qizi FDU 2-bosqich magistri Название публикации



Download 20,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet362/402
Sana01.06.2022
Hajmi20,94 Mb.
#629637
TuriСборник
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   402
Bog'liq
Международный научно-образовательный электронный журнал «образов

ФИО автора:
Madaminova O’ktamxon A’zamjon qizi
FDU 2-bosqich magistri

Название публикации:
«MEHNAT MIGRATSIYASIDA AYOLLARNING 
ISHTIROK ETISHIGA DOIR FIKR-MULOHAZALAR» 
Annotatsiya 
Ushbu maqolada mehnat migratsiyasida ayollar sonining ortib borishi, uning 
salbiy oqibatlari, oila, farzand tarbiyasi bilan bog’liq yuzaga kelayotgan ijtimoiy 
muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirilgan.
Tayanch 
iboralar:
O’zbekiston, 
migratsiya, 
mehnat 
migratsiyasi, 
feminizatsiyalashuv, ayollar, odam savdosi, oqibat, oila, farzand, ota-ona, xavfsizlik, 
tarbiya
Globallashuv jarayoni shiddat bilan kechayotgan zamonamizda migratsion 
jarayonlar qamrovi va ko’lami kengayib bormoqda. Shu bilan birga migratsiya 
integratsiya, aholining ko’chishi, xavfsizlik, chegarani qo'riqlash kabi sohalarda juda 
muhim siyosiy va iqtisodiy muammoga aylanib qoldi. Migratsiyaning keng tarqalgan 
turi mehnat migratsiyasi bo’lib, Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMgT) hisoboti 
bo'yicha 2017-yilda dunyodagi mehnat migrantlarining soni 164 mln. nafarni yoki 
xalqaro migrantlar umumiy sonining salkam uchdan ikki qismini tashkil qiladi. Mehnat 
qiluvchi migrantlarning 96 mln. nafari erkaklar (58 foizi) bo’lib, ular taxminan 28 
mln.ga ko’p, 68 mln. nafari esa ayollar (42 foizi)[1]. Shu o’rinda aytish joizki, 
Markaziy Osiyodagi mehnat migratsiyasining miqyosi juda katta: 2,7 mln.dan 4,2 
mln.gacha odam (iqtisodiy faol aholining 10 foizidan 16 foizigacha) chet elda: Rossiya 
Federatsiyasi, Qozog’iston, Turkiya, Koreya Respublikasi va ko’plab boshqa 
mamlakatlarda ishlaydi[2]. 
O’zbekiston ham Markaziy Osiyodagi mehnat migratsiyasi jarayonining faol 
ishtirokchilaridan biri. O’zbekistonda yildan yilga migratsion jarayonlar 
ishtirokchilarining jins va malaka tarkibi o’zgarmoqda. So’nggi o’n yilda 
O’zbekistondan chiqib ketgan migrantlar tarkibida jins jihatdan ayollar ko’pchilikni 
tashkil qiladi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra 2019-yilda emmigrant ayollar 110752 


875 
(65,3 foiz), erkaklar esa 58795 (34,7 foiz) nafarni tashkil qilgan[3]. Bu ayollar 
erkaklardan 51957 nafarga yoki 30,6 foizga ko’p demakdir. Migratsion jarayonlarda 
ayollar ishtirokining ortib borishi ayollarning iqtisodiy sohada faollashuvi bilan 
bog’liq. Lekin bu jarayonni to’liq ijobiy baholab bo’lmaydi. Chunki migratsion 
jarayonlar feminizatsiyalashuvi qator muammolar va salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.
Odam savdosi migratsion jarayonlar keltirib chiqarayotgan eng xavfli va 
miqyosi jihatidan keng tarqalgan jinoyatchilik shakllaridan biridir. Yildan yilga bu 
illatdan jabr chekayotganlar, uning qurboni bo’layotganlar soni ortib bormoqda. Hudud 
va chegara bilmaydigan bu jinoyatning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga 
jiddiy xavf tug’dirmoqda. Odam savdosidek og’ir jinoyat inson hayoti, erkinligi, 
huquqlarini poymol qilib, uning erki, taqdiri va kelajagini oyoqosti qiluvchi jirkanch 
ko’rinishga ega.
BMTning hisob-kitoblariga ko’ra, odam savdosi qurbonlari soni yiliga 4 million 
kishiga yetadi. Bugungi kunga kelib, odam savdosining avj olishiga, ya’ni oldi-sotdi 
munosabatlarida “tovar” o’rnida ko’rilishiga bir qancha sabablar bor. Jumladan, odam 
savdosi mashaqqatli mehnatlarsiz mo’may daromad topishni o’ziga kasb qilib olgan 
“shaxs”larning safi ko’payayotganligi; shunday “shaxs”larning qarmog’iga 
ilinayotgan shaxslarning soddaligi, o’zi va yaqinlarining taqdiriga befarqligi; odam 
savdosi qurboni bo’lganlarning or-nomus qilib va yoki boshqa sabablar tufayli huquqni 
muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilmasligi, aksariyat bunday vaziyatlarda 
noqonuniy chegarani kesib o’tish, davlat ro’yxatidan o’tmasdan nolegal mehnat 
faoliyatini amalga oshirish natijasida javobgarlikdan qo’rqish shunday salbiy 
oqibatlarga olib kelmoqda. Eng achinarli tarafi odam savdosi jinoyatidan 
jabrlanganlarning asosiy qismini ayollar va bolalar tashkil qilmoqda. Migratsiya 
jarayonida ayollar mehnatidan noqonuniy foyladanish, ularni kamsitish, haqorat qilish, 
erkini cheklab qo’yish hollari qayd etilmoqda[4]. Qullik mehnatiga jalb 
qilinganlarning 11 foizidan fohishabozlik va shahvoniy maqsadlarda foydalaniladi[5]. 
Bunday maqsadlar yo’lida qurbon bo’lganlar juda og’ir tahqirlash, xo’rlash va 
zo’ravonlikdan so’ng chuqur depressiyani boshdan kechiradilar. Ayniqsa, bu jarayon 
musulmon o’zbek ayoli tarafidan ikki karra og’ir kechishi begumon. Chunki o’zbek 


876 
ayollari uchun or-nomus va iffatni saqlash hayot-mamot masalasidir. Muammoning 
shu jihatini hisobga olgan holda 2008-yil 17-aprelda qabul qilingan O’zbekiston 
Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunining yangi 
tahririda odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reobilitatsiya va identifikatsiya 
qilish va moslashuvini ta’minlash tartibi belgilangan.
Migratsion jarayonlarda ayollar ishtiroki ortib borishining yana bir salbiy oqibati 
farzand tarbiyasi bilan bog’liq. Ayol, avvalo, ona degani. Farzand tarbiyasida onalar 
otalardan ham ko’ra ko’proq rol o’ynaydi. Ota-onasi yoki ulardan biri chet elda bo’lgan 
bolalar tarbiyasi xavf ostida qolmoqda. Uyda nazoratsiz qoldirilgan bolalar tarbiyasi 
bilan bugun telefon “shug’ullanmoqda”. Oqibatda telefon va internetga mukkasidan 
ketgan, hayotda maqsadsiz, huquqbuzarlikka moyil, alamzada, ma’naviy zaif avlod 
shakllanmoqda. Bolalar ota yoki ona berishi kerak bo’lgan mehrni ko’chadan, begona 
kimsalardan qidirmoqda. Bunday qulay vaziyatdan foydalanayotgan qora niyatli 
kuchlar kam emas. Suriya va Iroq hududidagi ISHID harakati saflarida yurgan o’zbek 
yigitlarining ma’lum qismini yuqoridagidek sharoitda voyaga yetganlar tashkil etishini 
hech kim inkor etmasa kerak.
Bugungi kun ota-onalari farzand tarbiyasini ularni boqishdangina iborat deb 
bilayotgandek. Ota-onalar farzandlarining “og’zidan chiqqanini” muhayyo qilish 
uchun tinmay ishlaydi, pul topadi. Hatto ko’proq pul topish uchun chet elga borib 
ishlashmoqda. Shu tariqa farzandlarini bekam-u ko’st ulg’aytirmoqdalar. Lekin 
farzand tarbiyasi faqat boqishdan iborat emas. Ota-onaning farzand oldidagi eng katta 
burchi – go’zal tarbiya berish. O’zim ta’lim sohasida faoliyat olib boraman. Aynan 
onasi chet elda ishlaydigan barcha bolalar tarbiyasida muammolarga duch kelinadi.
Bolalar ko’proq onasi bilan vaqt o’tkazadi. Otaning o’rnini ma’lum ma’noda 
sezdirmaslik mumkindir, lekin onaning o’rnini hech kim va hech narsa bilan qoplab 
bo’lmaydi. Maktab davridagi adabiyotlarda yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodini 
o’qiganimizda, ularning ko’pchiligida adabiyot va she’riyatga muhabbat bolalikda o’z 
buvisi yoki onasi aytib bergan ertak, dostonlar ta’sirida uyg’onganligiga ko’p bor 
guvoh bo’lganmiz. Demak, farzandlarda eng yaxshi xislatlarni bolalikdan 
shakllantirish lozim. Ertak va doston aytguvchi onasi chet elda yurgan bolalarning 


877 
kelajakda yaxshi insonlar bo’lib kamol topishligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Shu 
jihati bilan ayollar migratsiyasi yurtimiz kelajagiga xavf solib turibdi. 
Farzandlarimiz tarbiyasining zaiflashuvi masalaning bir tomoni bo’lsa, uning 
ikkinchi tomoni ham bor. Farzandlarini bobo va buvisi yoki boshqa qarindoshlarning 
qaramog’ida qoldirish yoki o’zi bilan birga chet elga olib ketish, aksariyat hollarda, 
ularning xavfsizligiga rahna solinishi bilan yakunlanmoqda. Natijada ayollarimiz, 
nafaqat, o’zlari, balki, farzandlarining kelajagi barbod bo’lishiga ham sababchi 
bo’lishmoqda. “… Mana shunday nozik masalalardan biri migrantlarning bolalari 
Rossiyada duch keladigan zo’ravonlik bo’ladi. Ushbu videoni ko’rsangiz 
(
https://fb.watch/52q1NEhPRe/
) qizini himoya qilaman, degan ona ham zo’ravonlik 
qurboniga aylanganiga guvoh bo’lasiz. Rossiyaga kelib ishlaydigan ayollarning 
aksariyati uy qilaman, deb keladi. Farzandlarini olib kelsa ham, tashlab kelsa ham 
bolalar uchun zarar[6]. Migrantlarning bolalari himoyasi umuman yangi darajada, 
xalqaro va mintaqaviy tartiblar asosida ko’rib chiqilishi kerak. Chunki bolalarga 
nisbatan zo’ravonlik ularga eng yaqin bo’lganlar tarafidan sodir qilinadi. Tashlab kelib 
ham, olib kelib ham muntazam nazorat va mehrsiz bolalarni asrab bo’lmaydi. Agar 
farzandlaringizni Rossiyaga olib ketayotgan bo’lsangiz, iltimos, bolalarning ijtimoiy 
hayoti, shaxsiy xavfsizligi choralarini ko’rib qo’ying. Biror yordam kerak bo’lsa, 
bolalar manfaatlari uchun har qaysi huquqshunos va nodavlat yoki davlat tashkilotlari 
yordam berishga tayyor. Yordam so’rang, hijolat bo’lmang. Bolalaringiz uchun eng 
yaxshisi, eng xavfsizini ravo ko’ring.
“Farzandlarimizdan yana bir mehnat migrantlari avlodlari yetishmasin”, – deydi 
huquqshunos Zarnigor Omonullayeva[6]. Bunday holatlar migrant ayollar bilan tez-tez 
yuz beradi.
O’zbekiston odam savdosiga va xotin-qizlarni kamsitishning har qanday 
shakllariga qarshi kurashishga doir xalqaro konvensiyalarga birinchilardan bo’lib 
qo’shilgan hamda Respublikamizda bu sohada keng ko’lamli ishlar amalga 
oshirilmoqda. Lekin migratsiyaning salbiy oqibatlariga qarshi har birimiz kurashsak 
ijobiy natijalarga ko’proq erishamiz. Shu o’rinda odam savdosiga qarshi kurashishni 
yanada rivojlantirish uchun quyidagi takliflarni bildirmoqchiman: 


878 
1. Har bir shahar va tumanlar kesimida mahalla fuqarolar yig’ini, QVP, QOP va 
boshqa mutasaddi tashkilotlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, xorijdan qaytgan 
migrantlar va odam savdosidan jabrlanganlar bilan ishlash tizimini yanada 
takomillashtirish. 
2. Mahalla fuqarolar yig’inlarida migratsiya masalalari va odam savdosi bilan 
bog’liq mavzularda prokuratura, ichki ishlar, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan 
hamkorlikda tushuntirish ishlarini muntazam yo’lga qo’yish. 
3. Xorijdan ijtimoiy og’ir holatda qaytgan, odam savdosidan jabrlangan 
migrantlar uchun moddiy yordam va kompensatsiya ajratish tartibini yo’lga qo’yish. 
4. Yolg’iz ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy holati bilan muntazam shug’ullanish, 
ularga ijtimoiy yordam ko’rsatish tartibini yanada takomillashtirish. 
5. Ota-onasi yoki ulardan biri xorijda bo’lgan bolalar xulqi, o’qishi va 
xavfsizligini doimiy nazoratga olish va ular bilan alohida ishlash tartibini yo’lga 
qo’yish, bu masalada jamoatchilik kengashi nazoratini kuchaytirish. 
Xulosa o’rnida aytishim mumkinki, ayol migrantlar odam savdosining eng ko’p 
qurbonlari bo’lib, bu hodisa tarixda, qadim zamonlarda emas, balki bugun biz yashab 
turgan davrda yuz berayotgan va har bir ayol duch kelishi mumkin bo’lgan jinoyatdir. 
Odam savdosi, nafaqat, qurbonlar, balki uning ortida minglab oilalarning baxtsizligiga 
sabab bo’lmoqda. Bunday jinoyat qurboniga aylanib qolmaslik uchun doimo ogoh 
bo’lishimiz, yaqinlarimiz taqdiriga befarq qaramay, imkon qadar uzoqning 
bug’doyidan yaqinning somoni afzalligini unutmaslik darkor.
O’zbekistonda so’nggi yigirma yil ichida “otalarsiz avlod” shakllandi. Agar 
ayollarimizning migratsion jarayonlardagi ishtiroki shu taqlid davom etsa, “onalarsiz” 
yoki “ota-onalarsiz avlod” ning ham shakllanishi shubhasizdir. Farzandlarimiz 
kelajagiga mas’uliyat bilan yondashmoqlik har bir ota va onaning muqaddas burchidir. 
Farzandlarimiz uchun eng to’g’ri tanlovni amalga oshiraylik, aziz o’zbegim ayoli. Toki 
uchinchi Renessans asoschilari har biri oilada kamol topsin. 


879 

Download 20,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish