812
samaradorligini oshirish yo‘llari. –T.: TDPU, 2004.
4. Ibragimov X.I., Abdullaeva Sh.A. Pedagogika. O‘quv qo‘llanma.-T.: Fan, 2005.-
268 b.Saidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya.-T.: 2003.- 66
b.
5. Yo‘ldosheva D. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta’lim
maqsadini
belgilashning didaktik asoslari”. –T.: Fan, 2006.
6.Internet ma’lumotlari. ziyonet, pedagog.uz, kutubxona.uz saytlari.
813
ФИО автора:
Shahlo Abubakirova
Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumani 6-umumiy o’rta ta’lim maktabi
Ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi
Название
публикации:
«UMUMTA’LIM
MAKTABLARIDA
KESIM
MAVZUSINING O’QITILISHI»
Annotatsiya
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida “Kesim” mavzusining o’qitilishi va
unda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish haqida ma’lumot berilgan.
Shuningdek mavzu doirasida bir qancha usul va uslublardan foydalanish yuzasidan
ayrim qarashlar ifoda etilgan..
Kalit so’zlar:
O’zbek tili sintaksisi, mustaqil va nomustaqil kesim,
kesimlik
kategoriyasi, ot kesim va fe’l kesim, sodda va murakkab kesimlar.
O’zbek tili sintaksisida kesim va uning ifodalanishi , xususiyatlariga bag’ishlab
qator tadqiqotlar e’lon qilingan. Lekin shuni ta’kidlab o’tishimiz kerakki, bizning
an’anaviy sintaksisimizda kesim gapning bosh bo’laklari
sifatida baholangani holda
uning egaga tobelanishi alohida uqtirilar edi. Keyingi tadqiqotlarda , jumladan
N.Mahmudov, A.Nurmonov va ularning izdoshlari tadqiqotlarida
kesimning gapdagi
alohida mavqeyi tan olinadi.
Kesim tadqiqida tilshunosligimizdagi yangi talqinlardan biri L.Raupova tomonidan
ilgari surilgan kesimning mustaqil va nomustaqil shakllarini farqlashdir.
Sintaksisni formal-funksional nuqtayi nazardan tahlil etish jarayonida kesim
gapning bosh bo’laklaridan biri sifatida emas,
balki uning markazi, yadrosi, gapni
bevosita tashkil etuvchisi va uni uyushtiruvchi sifatida qaraladi. Kesim gapning
uyushtiruvchi bo’lagi sifatida voqelanganligi sababli nutqimizda kesimsiz gap bo’lishi
mumkin emas. O’z vaqtida
ega tarkibidangina emas, kesim tarkibidangina iborat
ekanligini tadqiqotchi M.Abuzalova tomonidan atroflicha asoslab berilganligi bizni atov
gaplar kesim tarkibidangina iborat ekanligini asoslash vazifasidan qutultiradi.
814
Kesim gapning shunday konstuktiv bo’lagi-ki, u o’zini shakllantiruvchi va tilimizda
juda rivojlangan Grammatik kategoriyaga – kesimlik kategoriyasiga ega. Shuning uchun
kesim tarkiban murakkabdir.
Kesim, uning ma’no turlari va ifodalanishi
O’zida predikativlikni aks ettiradigan , gapni uyushtiruvchi
va shakllantiruvchi
markaziy bo’lak kesimdir. Kesim gapning markaziy bo’lagi bo’lganligidan gapning butun
tavsifi –grammatik kategoriyalari : tasdiq, inkorlik, shaxs-zamon,
kommunikativlik va
h.k. lar kesimga qarab belgilanadi.
Kesim gap qurilishida uyushtiruvchilik vazifasini o’taydi. Qolgan bo’laklar
kesimning kengaytiruvchilari yoki kengaytiruvchilarning kengaytiruvchilari hisoblanadi.
Bu jihatdan ega ham gap tuzilishini kengaytiruvchi bo’lak hisoblanadi. Kesim
predikativlik shakliga ega bo’lganligi uchun u gapda boshqa bo’laklarga nisbatan emas,
balki bevosita belgilanadi. Gapning yangi axborot tashuvchi qismi ham kesim
hisoblanadi.
So’z turkumlarining eng yirik guruhlari otlar va fe’llar to’dasi sifatida ajralgani kabi
, bular bilan ifodalangan kesimlar ham ikki turga bo’linadi.
-ot kesimlar
-fe’l kesimlar
Fe’l va uning vazifadosh shakllarining kesim sintaktik vazifasida kelishi fe’l kesim
hisoblanadi.
Mustaqil
sodda gapning kesimi aniqlik, buyruq va istak mayllari shakllaridagi
fe’llardan bo’ladi, bular kesim vazifasida qo’llanuvchi fe’llar bo’lib ega bilan bevosita
birikadi, bog’lama talab qilmaydi.
Masalan:
Dehqon bo’lsang shudgor qil, mulla bo’lsang takror qil.(Maqol)
815
Shart mayli shaklidagi fe’l ba’zan istak, mo’ljal. Iltimos kabi ma’nolarni ifodalab,
mustaqil sodda gapning kesimi bo’lib keladi.
Ot kesimli va fe’l kesimli gaplarning mazmuni , sintaktik tuzilishi
Fe’ldan boshqa so’z turkumlari, shuningdek harakat nomi
va otlashgan sifatdosh
shakllari orqali ifodalangan kesim ot-kesim hisoblanadi. Ot kesim ot, sifat, son, olmosh,
ravish, harakat nomi, taqliq so’zlar bilan ifodalanadi.
Masalan:
1.
Ot- O’zbekistonning poytaxti-
Do'stlaringiz bilan baham: