Международный научно-образовательный электронный журнал



Download 20,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet322/402
Sana01.06.2022
Hajmi20,94 Mb.
#629637
TuriСборник
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   402
Bog'liq
Международный научно-образовательный электронный журнал «образов

1.
 
Boshqa odam haqidagi ma’lumotlarning miqdoriy tomoni: birinchi bor 
to’qnashgan odamlarda faqatgina birlamchi tasavvur hosil bo’lishi mumkin. 
Amerikalik tadqiqotchilarning fikricha, eng aniq tasavvur ikki haftalik 
tanishuvdan keyingina paydo bo’ladi. 
2.
 
Normal intellektning bo’lishi: intellect juda yuqori bo’’lganda ham, juda 
past bo’lganda ham boshqa odamni tushunish qiyin. 
3.
 
Hissiy holatning ta’siri: Nurrey degan olimning tadqiqotiga ko’ra yaxshi 
emotsional holat boshdan kechirilayotgan shaxsda boshqa insonga nisbatan 
yaxshi sifatlar qayd etiladi. 
4.
 
Shaxsning ochiqligi: kundalik muloqotda ochiq, samimiy odam bilan tund, 
pismiq odam baholari o’rtasida sifat farqlari aniqlangan.bundan tashqari, 
odamning muloqot tajribasining boyligi ham uning boshqalar haqidagi 
tasavvurlarining aniq bo’lishini ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
2.
O’zbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi 
to’g’risidagi” qonuni 
3.
Maxsudova M. “Muloqot psixologiyasi”. T. 2006 yil 
4.
Karimova V.M. “Ijtimoiy psixologiya asoslari” 1994 yil 
5.
G’oziyev E.G. “Muomala psixologiyasi” T.2001 yil 


784 
ФИО автора:
Sodiqova Lutfiniso Rahmadjon qizi
FarDU Maktabgacha va boshlang'ich ta`limfakulteti 
Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi, 2-kurs, 20.38D guruh
talabasi
Название публикации:
«MUHAMMAD YUSUF MEROSINING YOSHLAR 
MA`NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI» 
Annotatsiya: Muhammad Yusuf buyuk shoir, adib, tarjimon, serqirra ijodkor va
zamonaviy o`zbek adabiyotining zabardast, sermahsul ijodkorlaridan biri. 
Kalit so`zlar: Muhammad Yusuf epik va lirik janrlar ustasi, ma`naviy
dunyoqarash, nasihat, kamtarlik, chin go`zallik, Vatanga muhabbat, milliy g`urur,
insonni yuksaklikka ko`taruvchi beqiyos so`zlar.
Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ham 
mamlakatimizda adabiyotimizning qay darajada shakllanayotganiga alohida e`tibor 
qaratmoqdalar. Biz yoshlarga barcha yechimlarning kaliti bo`la oladigan turli
xildagi kitoblarimiz, asarlarimizni o`qib, o`rganib, o`rgatishimizni ta`kidlamoqdalar.
Shu fikrlarimizga misol tariqasida avvaldan aniq bir reja asosida, go`yoki bizga
poydevor, zinapoya timsolida besh tashabbusni ishlab chiqilganini keltirishimiz 
mumkin.
Bu besh tashabbus haqida so`z yuritadigan bo`lsak, barcha yosh avlodning
bo`sh vaqtini unumli o`tkazish , ma`nan yetuk va barkamol shaxs sifatida 
tarbiyalash, intulektual salohiyatli, so`zlarga boy bo`lishi, o`z fikrlarini mustaqil 
ravishda bayon eta olishga qaratilgan. Xususan, birinchi tashabbus yoshlarning
musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san`atning boshqa turlariga qiziqishlarini
oshirishga, iste`dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Darhaqiqat , inson 
o`zidagi hamda yuragidan to`lib-toshib chiqayotgan qiziqish va qobiliyatlarini
ro`yobga chiqarish kerak, albatta. 
Alisher Navoiy hazratlari aytganidek, dunyoning bor boylik va xazinasi
bilan ham sizlarning oliyjanob mehnatingiz haqqini ado etib bo`lmaydi. Haqiqatan 
ham har bir murg`ak bolani o`z farzandidek ardoqlab, yosh avlod tarbiyasi uchun
ko`z nuri, qalb qo`ri, butun borlig`ini baxsh etadigan o`qituvchi va murabbiylar
tom ma`noda fidoiy kasb egalaridirlar. Shunday fidokor, jonkuyar, o`z ishining
ustasi, mehribon va sofdil ustoz, buyuk adib, serqirra she`rlari bilan maftun etuvchi
sermahsul ijodkor shoirdir.Mana shunday ijodkorlardan biri Muhammad Yusuf 
ijodini ham misol qilib olishimiz mumkin. 
Muhamad Yusuf uning taxallusidir, asl ismi sharifi Yusupov
Muhammadjon Marhamat tumani hozirgi Ellikqal`a tumanida tavallud topgan


785 
O`zbekiston xalq shoiri, jamoat arbobi hamdir. Muhammad Yusuf qalamiga
mansub she`rlar xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan. Mana necha yillar o`tsa
ham uning she`rlarini yoddan biluvchilar juda ko`plab topiladi. Ayniqsa,
Muhammad Yusuf qalamiga mansub bo`lgan “Ulug`imsan,Vatanim” she`ri biz
uchun qadrlidir. Undagi har bir so`z xalqimizga xos bo`lgan xususiyatlarni o`zida
mujassam etgan she`rni musiqaga jo aylab qo`shiq qilgan va bu qo`shiqni
eshitganimizda bizda Vatan tuyg`usi yanada kuchayadi.
Ilk she`rlar kitobi – “Tanish teraklar”, “Bulbulga bir gapim bor”, “Iltijo”, 
“Uyqudagi qiz” , “Ishq kemasi” , “ Osmonimga olib ketaman” she`riy kitoblari
nashr etilgan. Mazkur kitoblarga kirgan she`rlarida Muhammad Yusufga mansub 
bo`lgan avlodning eng oliyjanob va yuksak insoniy fazilatlari bilan birga yoshlik
sururi, ishq va muhabbatning nafis navolari , o`zbekona, sodda, ayni paytda ezgu, 
betakror tuyg`u hamda kechinmalari o`zining yorqin ifodasini topgan. 
Muhammad Yusufning aytib o`tilgan “Ulug`imsan, Vatanim” she`ri ham
yurakalarni larzaga keltiruvchi qo`shiqdir. Undagi qadim o`tmish, insoniy tuyg`ulari
odamni yaxshilikka yetaklaydi. 
So`zning badiiy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanish, musiqiy
ravonlik, tuyg`ular tiniqligi, samimiylik va mayinlik, ruhiyat manzaralarini lo`nda
va yakdil ifodalay bilish Muhammad Yusufning she`riy uslublarining yetakchi
xususiyatlaridir. Shoirning ushbu she`riga nazar tashlasak: 
LOLAQIZG`ALDOQ
Mendan nima qolar
Ikki misra she`r , 
Ikki sandiq kitob 
Bir uyum turoq, 
Odamlar ortimdan 
Nima desa der, 
Men seni o`ylayman 
O`zimdan ko`proq, 
Lola lolajonim 
Lolaqizg`aldoq. 
Ushbu yozilgan she`rda ham sehrli, jozibali so`zlardan foydalangan. O`zidan
bir parcha tuproq qoladi, deya insonlarni mehr-oqibatga chorlamoqda. Hattoki,
o`zidan ko`proq o`ylayman seni, deya uyalganidan qizarib ketgan gulga murojaat 
qilyapti. 
Gulim yaqinro kel, 
Qara ne savdo 
Bu ajib ishlarni
Dil lavxiga yoz: 


786 
Kimga qasr yetmas, 
Kimga mol-dunyo, 
Menga esa HAVO 
Yetmaydi xolos 
Muhammad Yusufning lirik asarlari davr she`riyatining ham g`oyaviy, 
ham badiiy jihatdan yetuk namunalari hisoblanadi .Uning:
Gulim yaqinro kel
Qara ne savdo- 
degan satrlarida ham ko`rinib turibdi.U gulga murojaat qilish orqali butun
bir jamiyatga gapirmoqda. Dunyoning qanchalar tez o`zgarayotgani, hamma bunga 
hayronligini aks ettirgan. Bu dunyo bir kam ekanini eslatmoqda, kimgadir qasr 
yetmas, kimgadir mol-mulk deya. 
Muhammad Yusuf “O`zganlik o`zbeklar nidosi” she`rida ham insonlarning
ko`zini ochish asl masala bo`lganligini batafsil ochib bera olgan. Shoirimizning 
ijodida yuqori mahorat bilan yozilgan jo`shqin va hayotga muhabbatni
kuchaytiruvchi ,ma`naviy ozuqa ulashuvchi, yoshlarga shijoat ulashuvchi she`rlari 
talaygina. Ulardan to`g`ri xulosa chiqarish, ajdodlarga mos avlod bo`lish, har 
birimizning vazifamizdir. Zero, badiiy adabiyotning insonni kamolotga yetkazuvchi
asosiy omil ekanligi hech kimga sir emas. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich
Mirziyoyev ta`kidlaganidek: “Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma`naviyatga erishib 
bo`lmaydi, kitob o`qimagan odamning kelajagi yo`q”. 
Xulosa qilib aytganda shoirning hech bir she’rini e’tiborsiz mutolaa qilib 
bo’lmaydi. Sababi, har bir satrida vatanga muhabbat, yurtimizda yaratilgan 
sharoitlarga shukronalikni kuzatishimiz mumkin. Ushbu ijodkorning butun bir 
insoniyatga qoldirgan bebaho merosi hozir ham o’z qiymatini yo’qotmagan.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
-Muhammad Yusufning "Bevafo ko'p ekan" kitobi. Toshkent.1991 yil. 
-Prezidentimizning 
"2017-2021-yillarda 
O'zbekiston 
Respublikasini 
rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi" qarori. 


787 

Download 20,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish