141
ALISHER NAVOIY FENOMENI
(M anbalar asosida)
Amir Nizomiddin Alisher Navoiy (844 - 906/1441 - 1501)
faqat o‘zbek xalqi emas, balki butun turk olamining buyuk shoiri,
mutafakkiri sifatida jahon badiiy tafakkuri tarixida o‘z o‘rni va
maqomiga ega ijodkordir. Uning jahon badiiyati xazinasiga
qo‘shilgan shoh asarlari, XV asming ikkinchi yarmi temuriylar
saltanati davri ilm-fani va san’atini rivojlantirishga qo‘shgan
benihoya katta hissasi allaqachon e ’tirof etilgan. U hayotini
to‘laligicha mamlakat ravnaqi, xalq va millatning tinch-totuv
yashashi hamda davlat qudratini mustahkamlashga bag‘ishladi.
Sulton Husayn Boyqaroning uni “mamlakat ustuni, dinu davlat
nizomi, mulku millat asboblari zubdasi, xayrli binolar muassisi,
hoqon davlati tayanchi”, deb ataganligi bejiz bo‘lmagan, albatta.
Alisher Navoiy butun dunyo qarshisida turkiy (o‘zbek)
tilning boy imkoniyatlarini ko‘rsatib bera olgan, arab, fors
tillaridan hech qaysi jihatdan kam boMmagan go‘zal til ekanligini
isbotlab bergan buyuk olimdir. 0 ‘sha davrlarda fors tili poeziya
tili, arab tili esa ilmiy til sifatida qabul qilingan edi. Rasmiy
yozishmalar har ikkala til omixtasidan iborat edi. Turkiy tilga esa
avom tili sifatida qarash ustuvor edi. Turkiy xalqlarning ko‘p
mingyillik davlatchilik tajribasi va boy ma’naviy-adabiy merosi
mo‘g‘ul bosqini oqibatida yo‘q qilinganligi tufayli temuriylar
davrida turkiy xalqlarning shonli tarixi, tili va qadriyatlarini
tiklash juda qiyin kechgan. Hatto Temur saroyida turkiy tilni
davlat tili darajasiga olib chiqish ishlari oxiriga yetkazilmay
qolgan. Shunday bir sharoitda Alisher Navoiy o‘z oldiga o‘zbek
tili maqomini tiklash maqsadini qo‘ydi. U bejiz ushbu satrlarni
yozmagan:
Turk nazmida chu tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam.
Darhaqiqat, Navoiy o‘zi e ’tirof etganidek, turkiy til va
adabiyoti maydonida bayroq ko‘tardi, butun mamlakatni
142
yakqalam, ya’ni bir tilli qildi. Dunyo olimlari Navoiyning o‘zbek
(turkiy) adabiy tili mavqeini ko‘tarish va rivojlantirishdagi
xizmatlarini
insoniyat
tamadduni
tarixidagi
buyuk
ma’rifatparvarlar - fransuz Dyu-Belli va rus M.Lomonosovning
millat madaniyatida tub burilish yasagan sa’y-harakati bilan
tenglashtiradilar.
Alisher Navoiy davlat ishlaridan xoli vaqtlarida badiiy
ijod bilan shug‘ullandi va badiiyot olamida tengsiz bo‘lgan nodir
asarlar yaratdi. Buyuk beshlik - “Xamsa” va “Xazoyin ul-
maoniy” devoni, “Muhokamat ul-lug‘atayn” va “Mezon ul-
avzon” kabi ilmiy asarlari, forsiy devoni va qasidalari, diniy-
ma’rifiy manzumalari hamda tarixiy ahamiyatga molik xotira —
“holot”lari uning beqiyos so‘z san’atkori, buyuk faylasuf va
olimligining dalilidir. Navoiy asarlarida inson ma’naviy-axloqiy
kamoloti g‘oyasi yetakchi; odamiylik, bag‘rikenglik, ezgulik esa
shoir falsafasining asosini tashkil etadi.
Alisher Navoiy katta yer-mulk egasi edi. U 1481 yili
o‘zining bor mol-dunyosidan voz kechib, xayriya, ya’ni vaqf
mulkini tashkil qiladi. Vaqf mulki - Hirot hududidagi imoratlar,
xususan, Ixlosiya madrasasi va unga tegishli imoratlar, 24
do‘kon, 3-4 tim bozori, bog‘-rog‘lar (255,5 jarib uzumzor va
mevazor bog‘lar, yerlaming muayyan qismi (545 jarib) va ulami
ishlatishdan tushgan daromad to'laligicha ta’lim muassasalaii,
musoflrxonalar va darvishlar, qalandarlar, kambag‘al muhtojlar,
yetim-yesirlarning ehtiyojini qoplab turishga qaratildi. Boshqa
bir qismi ilm-fan va adabiyotni rivojlantirishga sarflandi.
Navoiyning bevosita moddiy va ma’naviy ko‘magi ostida o‘nlab
olimlar tadqiqot ishlarini olib bordilar. tarixiy asarlar yozish к eng
rag‘batlantirildi, tasviriy san’at ustalarining ishiga alohida e’tibor
berildi. Hirotda Navoiyning shaxsiy tasftabbusi va mab!ag‘i bilan
Xalosiya, Shifoiya, Nizomiya kabi bir necha madrasa va xonaqoh
qurilib, ularda mashhur olimlar dars berish va ilm bilan
shug‘ullandilar. Bu davrda riyoziyot, ilmi nujum, xandasa,
mantiq, fiqh, islom nazariyasi va boshqa sohalarga 143
asarlar yaratildi. Navoiy rahnamo Hirot adabiy muhitining rivoji
uchun sulton katta sharoit va qulayliklar yaratib berdi. Bu
temuriylar saltanatida ilm-fan va adabiyot rivoji an ishiga
hukmdoming alohida e’tibori namunasi edi. Mamlakatda ilm-
fanning taraqqiy topishida Navoiyning xizmati beqiyos boidi.
Tarixchi Xondamir «Makorim ul-axloq» asarida Navoiy
rahbarligi va homiyligida yaratilgan yigirmaga yaqin muhim
ilmiy tadqiqot nomi, ulaming mualliflari hamda uning moddiy
ko‘magi yordamida ijod etgan shoir va ilm ahli ro‘yxatini
keltirgan. Uning temuriylar sulolasi hamda ilm-fan ahliga qilgan
fidoyi xizmati o‘sha davming o‘zidayoq yuzlab asarlarda qayd
etildi. Dovrug‘i boshqa davlatlarga ham taraldi. Uning nomi yetti
iqlim fozillari va san’atkorlari homiysi sifatida afsonaviy shuhrat
topdi. Hipot olimlarining ko'pchiligi Amir Alisher ko'rsatgan
katta xizmatlami minnatdorlik sifatida o‘z asarlari debochasida
bitdilar. Navoiyning beminnat ezguliklari borasida juda ko‘p
tazkiranavislar, tarixchilar, shoirlar, olimlar o‘z asarlarida
shohidlik
bildirib
ketdilar.
Buning
isbotini
Davlatshoh
Samarqandiy,
Mu’iniddin
Isfizoriy,
Abdulg‘afur
Loriy,
Abdul vose’
Nizomiy,
Mirxond,
Xondamir,
Sultan
Ali
Mashhadiy, Atoulloh Husayniy, Atoulloh Asiliy, Husayn
Koshifiy, Mir Husayn Muammoiy, Shamsiddin Badaxshiy va
yana o‘nlab Navoiy zamondoshlari asarlarida, Navoiy sha’niga
bitilgan
turli
madhiyalarda
ham
uchratamiz.
Jumladan,
Kamoliddin Husayn voiz al-Koshifiy o‘zining «Javohir ut-tafsir»
asari debochasida Navoiy tomonidan unga ko‘rsatilgan yordam
va maslahatlar haqida gapirib o‘tar ekan, zamondoshlarining
e ’tirofini umumlashtirib, shunday yozadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |