qatlamda suv to‘planishidan qatlamlararo yer osti suvlari hosil bo‘ladi. Bunday suvlar bosimsiz va bosimli
Qatlamlararo bosimsiz yer osti suvlari yer yuzasidan ikkinchi, uchinchi suv o‘tkazmaydigan qatlamlar
orasidagi qatlamlarda joylashgan bo‘lib, doimo grunt suvlarining ostida uchraydi. Bu suvlar suv saqlovchi
qatlamlarni to‘ldira olmaydi, chunki ular past-baland relyefli tog‘li va tog‘ oldi rayonlarida uchraydi, daryo va
jarlik o‘zanida buloq tarzida yer yuzasiga chiqib, oqar suvlarga qo‘shiladi. Qatlamlararo bosimsiz suvlarning
ta'minlanish soxasi suv singuvchi qatlamning yer yuzasiga chiqqan qismiga to‘g‘ri keladi va tarqalish
maydoniga mos tushmaydi. Bu suvlar oqimi grunt suvlari oqimiga o‘xshash bo‘ladi. (2-rasm)
Qatlamlararo bosimli yer osti suvlari, odatda, suv o‘tkazmaydigan va suv singiydigan qatlamlarning
tektonik xarakatlari ta'sirida hosil bo‘lgan sinklinal yoki monoklinal strukturalarida yuzaga keladi. Suv
singadigan qatlamlar tog‘li rayonlarda yer yuzasiga chiqib, atmosfera yog‘inlaridan tuyinadi va singiyotgan
suv o‘z og‘irlik kuchi ta'sirida nishablik bo‘yicha pastga qarab oqa boshlaydi. Suv qatlam g‘ovakliklari va
bo‘shliqlarini to‘ldirib, o‘z xarakati davomida burmaning sinklinal qismidan antiklinaliga qarab ko‘tarila
2-rasm. Bosimsiz qatlamlararo suvlar:
1 - suv o‘tkazmaydigan qatlam; 2 - qum qatlam; 3 - grunt suvlari;
4 - qatlamlararo bosimsiz suvlar; 5 - ta'minlanish soxasi;
6 - infiltratsiya suvlari; 7 - tinch buloq.
xam pastki tomonidan qatlamlar o‘zidan suvni o‘tkazmaganligi sababli suv bosimi vaqt o‘tishi bilan juda
kuchayadi. Agar suvli qatlam burg‘u qudug‘i yordamida ochilsa, suv satxi quduq bo‘ylab yuqoriga ko‘tarila
boshlaydi, shuning uchun xam bosimli suv deb ataladi. Suv satxi esa pyezometrik satx deyiladi (3-rasm).
3-rasm. Artezian xavza
a - qatlamlarning sinklinal va b - monoklinal xolda yotishdagi artezian suvi; 1 - infiltratsiya suvlari; 2 -
qum qatlam; 3 - suv o‘tkazmaydigan qatlam; 4 - burg qudug‘i; 5 - ta'minlanish soxasi;
N - bosimning
balandligi.
Pyezometrik satx balandligi dengiz yuzasi yoki nisbiy olingan gorizontal tekislikka nisbatan aniqlanadi.
Kartada xar xil pyezometrik satxlarni birlashtiruvchi chiziq gidroizopyez deb ataladi.
Bosim kuchi suv singuvchi qatlamning yer yuzasiga chiqan qismining mutloq balandligi bilan suv
ochilgan joy balandligining farqi orqali topiladi. Ayrim paytlarda suvli gorizontning ochgan quduqlardan suv
yer yuzasiga fontan bo‘lib otilib chiqadi. Bosimli suvlar Yevropada birinchi marta 1126 yilda frantsiyaning
Artua (qadimgi nomi Artiziya) viloyatida topilgan, shu sababli artezian suvlar deb ataladi. Bosimli suv
gorizontlari suv o‘tkazmaydigan qatlamlar bilan bo‘linib, qat-qat bo‘lib joylashadi va yer osti suvlarining
Do'stlaringiz bilan baham: