MA'RUZA № 21
QIDIRISH VA RAZVEDKA QILISHNING GEOLOGIK XUJJATLASHTIRISH
Mufassal geologik ishlar foydali qazilmalarni qidirish va razvedka uchun tanlangan maydonda bajariladi.
Dastlabki bosqichda to‘plangan ma'lumotlar, ya'ni qidiruv va razvedka ishlari, labaratoriya tekshiruvlari,
tog‘ jinslarining va minerallarning xossalari va tarkibi va yer osti va yer usti suvlarining xususiyatlarini
belgilovchi yangi ma'lumotlar bilan boyitiladi.
Qidirish va razvedka ishlari olib borilayotgan maydonda foydali qazilmaning turiga va urganilganlik
darajasiga qarab ma'lum masofada kon laximlari va burg qudug‘lari qazish bilan belgilanadi. Ularning
chuqurligi va joylashish sharoitlari maydondagi turtlamchi davr yotqiziqlari va foydali qazilmaning yotish
chuqurliklariga bog‘lik. Xar bir o‘tkazilgan kon laximida va burg quduqlarida geofizika ishlarining barcha
turlari o‘tkaziladi. Bundan tashqari laboratoriya sharoitida tekshirishlari uchun o‘tkazilgan razvedka va
qidiruv laxmlari shuningdek burg‘ quduqlaridan namunalar olinadi, bu namunalarning og‘irligi va o‘lchamlari
o‘tkaziladigan laboratoriya usullariga bog‘liq xolda belgilanadi.
Qidiruv va razvedka ishlari olib borilayotgan maydonda geofizika ishlari tog‘ jinslari va foydali
qazilmaning fizik xossalariga asoslangan xolda ularning tarqalish maydonini, radioaktivligini, yotish
burchaklarini yer yuzasidan turib aniqlash imkonini beradi.
Foydali qazilma va tog‘ jinslari tarqalgan maydonlar turli xil uzilishlar va murakkab geologik sharoitlarga
tug‘ri kelsa yoki daryo, kanal, rivojlanayotgan jarlarni kesib o‘tadigan bo‘lsa, qo‘shimcha burg‘ quduqlari
yeki shurflar qaziladi. Murakkab geologik, geomorfologik xamda gidrogeologik sharoitli maydonlarda esa
qidiruv ishlari natijasi maxsus tekshiruvlar bilan to‘ldirilib, razvedka va tajriba-tadqiqot ishlariga keng o‘rin
beriladi. Bunday rayonlarga cho‘kuvchan less jinslar, surilish, karst, doimiy muzlik tarqalgan maydonlar,
botqoq, tuz bosgan, seysmik jixatdan aktiv zonalarni kiritish mumkin. Masalan, cho‘kuvchan less tarqalgan
maydonlarda kushimcha ravishda jinslarning turi, cho‘kuvchanligi va qalinligi, botqoq yerlarda uning paydo
bo‘lish sabablari, turlari, tuzilishi va tarkibi; karst rivojlangan joylarda karstlanish xarakteri, yeshi va shakli
aniqlanadi. Bulardan tashqari, o‘rganilayotgan maydondagi konni ochish yoki ochmaslik uchun yaroqli
yaroqsizligi aniqlanadi.
Yaroqsiz joylardagi konlarni sifatini yaxshilash uchun ko‘riladigan chora-tadbirlar ko‘rsatiladi. Doimiy
muzlik turiga, qalinligiga, tog‘lik rayonlarda sel, surilish, ag‘darilma, qor ko‘chkilarining vujudga kelishi va
ularning foydali qazilma konlarini qazib olishga ta'sirini aniqlashga axamiyat beriladi.
Mufassal qidiruvlar va razvedka natijasida geologik xisobot tuziladi. Xisobotda keltirilgan ma'lumotlar
foydali qazilma konlarini ochishga va ularning balansli yoki balansdan tashqari ekanligini ish chizmasi
loyixasini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
Barcha turdagi geologik qidiruv ishlar ya'ni dala ishlari tugagandan keyin, kameral ishlar boshlanadi.
Geologik qidiruv va s'yomka, razvedka, tajriba-tadqiqot, laboratoriya ishlari natijasida to‘plangan materiallar
qayta ko‘rib chiqiladi, tartibga solinadi, analiz qilinadi va xisobot tuziladi.
Xisobotning mazmuni va xajmi loyixalash bosqichiga, qidirilayotgan va o‘rganilayotgan maydonning
xiliga bog‘liq. U asosan to‘rt qismdan: umumiy, maxsus, grafik, ilova va tushuntirish xatidan iborat bo‘ladi.
Xisobotning umumiy qismi kirish so‘zidan boshlanib, unda qidiruv ishlarining maqsadi, vazifasi, xajmi,
xarakteri va bajarilgan ishlar xili yoritiladi. Shuningdek, o‘rganilayotgan maydonning o‘rni, ish bajarilgan
muddati va ishni bajaruvchilar tarkibi ko‘rsatiladi.
―Fizik-geografik ocherk‖ bo‘limida joyning orfografiyasi, gidrografiyasi, iotisodiy tutgan o‘rni va iqlimi
tug‘risida ma'lumot beriladi. Yer yuzasi tuzilishiga, yer yuzasidagi suvlarga, rayonning iqlim xususiyatlariga
xarakteristika beriladi.
―Rayonning geologiyasi‖ bo‘limida tog‘ jinslarining tuzilishi, yoshi, qalinligi, tektonikasi yoritiladi.
Bundan tashqari bu bo‘limda maydonda tarqalgan minerallar to‘g‘risidagi aloxida qism xam mavjud bo‘lib bu
qismda asosan minerallarning tuzilishi, tarkibi, xossalari, teksturasi va strukturasi haqida so‘z boradi.
―Gidrogeologik sharoitlar‖ qismida yer osti suvlarining turlari, ularning paydo bo‘lishi, xarakati,
ximiyaviy tarkibi, agressivligi, tog‘ jinslarining suv singdirish va suv o‘tkazuvchanlik xususiyatlariga tavsif
beriladi. Bu bo‘limda geologik ishlar tamomlanib foydali qazilma koni ochilgandan so‘ng konni suv bilan
ta'minlash chora tadbirlari haqida xam so‘z boradi.
Foydali qazilma konidagi minerallar xamda tog‘ jinslarining mustaxkamligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan
―Tabiiy geologik xodisalar va geologik jarayonlar‖ juda xam batafsil yoritiladi.
Xisobotning umumiy qismi ―Tabiiy foydali qazilma konlari‖ bo‘limi bilan yakunlanadi. Rayonda mavjud
bo‘lgan va geologik ishlar davomida aniqlangan foydali qazilma konlari, ularning zaxiralari, sifati baxolanadi.
Uning ―maxsus qismi―o‘z navbatida bir necha bo‘limlardan iborat bo‘lib, bunda loyixalanayotgan
geologik maydonning xarakteristikasi va qidiruv ishlari metodikasiga batafsil izox beriladi. Shuningdek, tog‘
jinslarining xossalari va geologik izlanishlar olib borilayotgan maydonning geologik va gidrogeologik
sharoitlari xamda ularning kon ishlarini olib borishga ta'siri yoritiladi.
Xisobotning oxirida xar bir bo‘limga tegishli xulosa yeziladi va foydalangan adabiyetlarruyxati
keltiriladi.
Unga turli grafik materiallar: 1) tabiiy foydali qazilma konlari kartalari; 2) gidrogeologik kartalari; 3)
geologik kolonkalar; 4) geologik kesmalar; 5) yer osti suvlari satxining chuqurligi va ximiyaviy tarkibini aks
ettiruvchi karta ilova qilinadi.
Xisobot qisqa va tushunarli kelib yozilishi shart.
Bizga mayolumki geologik qidiruv ishlari turli bosqichlarda amalga oshiriladi. Xar bir geologik qidiruv
ishlari bosqichi amalga oshirilgandan so‘ng albatta yuqoridagi ishlar takrorlanadi.
Geologik qidiruv va razvedka ishlarining kon ochilgandan so‘ng bevosita kon bilan bog‘liq xolda olib
boriladigan bosqichlari xam mavjud. Bu bosqichlar ekspluatatsin va mufassal razvedka ishlari xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |