Mavzu: Janubiy Osiyo mamlakatlariga umumiy iqtisodiy geografik ta’rif.
Reja:
1.
Iqtisodiy va siyosiy geografik o'rni. Tabiiy sharoiti va resurslari.
2.
Aholisi demografik jarayonlar. Urbanizatsiya jarayoni.
Davlat tuzumi, ma'muriy hududiy
bo'linishi.
3.
Iqtisodiyotining rivojlanish xususiyatlari. Sanoat tarmoqlari rivojlanishining geografik
jihatlari.
4.
Qishloq xo'jaligi tarmoqlari joylanishi va rivojlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar.
5.
Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari.
Tayanch so’z va iboralar: Geografik o’rin (tabiiy, iqtisodiy, siyosiy), tabiiy sharoit,
tabiiy resurs, aholi, tabiiy ko’payish, urbanisatsiya, aglomeratsiya, davlat
boshqaruvi, sanoat, qishloq xo’jaligi, transport tugunlari, eksport, import.
Maydoni
- 4480,7
ming km kv
Aholisi
- 1,5 mlrd kishi (2008)
Mintaqa Yevrosiyo materigidagi yetti mamlakatni (Bangladesh, Butan, Hindiston,
Maldiv,Nepal,
Pokiston, Shri-Lanka) va tabiiy geografik jihatdan Himolay tog’ining janubidan
to Hindiston yarim oroli, Hind-Gang pasttekisligi, Hind okeanidagi yaqin orollarni o’z tarkibiga
oladi.
Mintaqa hududining kattaligi jihatidan Yevropa hududi bilan teng bo’lsada, aholi soni
bo’yicha ikki marta ko’pdir.Ikkinchi jahon urushiga qadar
Janubiy Osiyoning barcha
mamlakatlari Buyuk Britaniyaning mustamlakasi bo’lgan va II-jahon urushidan so’ng
mustaqillikka erishgan.
Iqtisodiy-geografik holati:
- Janubiy Osiyodagi barcha mamlakatlarning Hind okeani markaziy qismida joylashganlig
xalqaro savdo yo’llariga to’siqsiz chiqish imkoniyatini berishi ( O’rta dengiz va Tinch okeani
havzasida);
- Quruqlik chigaralari tabiiy marralar: Himolay, Hindiqush ,Janubi-G’arbdagi cho’l hududlaridan
o’tsa-da, zamonaviy avtomobil yo’llari barpo etilgan bo’lib, Rossiya va Yevropa mamlakatlariga
chiqish imkoniyatlari qulayligi bilan ajralib turadi.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Relyef tuzilishiga ko’ra 3 ga bo’linadi. Shimolda-2400 km
cho’zilgan Himolay tog’ tizmasi (eni 200-350 km, yer sharidagi eng baland cho’qqi –
Jamalungma (Everest) 8848 m), Qoraqum va Hindiqush tog’lari; Arab dengizidan to Bengal
qo’ltig’igacha cho’zilgan Hind-Gang pasttekisligi hamda Hindiston
yarim orolidagi Dekan yasi
tog’ligi (Shri-Lankaga qadar cho’zilib) mintaqa relyefining asosini tashkil etadi. Yerik daryolari
Hind, Gang, Braxmaputra bo’lib, nihoyatda sersuv.
Foydali qazilmalarga boy, asosan temir va marganis rudalari, boksid, slyuda, toshko’mir
(Hindiston), grafit (Shri-Lanka), dengiz shilf mintaqalarida neft, tabiiy gaz, osh tuzi, radiaktiv
elementlar (toriy), qurilish matiryallarining yirik zaxiralariga ega.
Mintaqaning materik qismida tropik va subtropik musson, orollarda ekvatorial iqlim qaror
topgan. Yer resurslariga boy. Irrigatsiya inshoatlari (Hindiston, Pokiston, Bangladesh) barpo
etilgan. O’simlik olami inson faoliyati tufayli kuchli o’zgargan. O’rmon resurslari hududning
10%ini tashkel qiladi. Hayvonot dunyosi xilma-xil, ayniqsa Hindiston fili, nosorog, arslon,
leopard, qor barsi, maymunlar bo’lib, milliy parklar, qo’riqxonalar barpo etilgan.
Mintaqa aholisi ko’p millatli va turli til oilalariga mansub xalqlardan iborat. Asosan hind-
yevropa va dravid til oilasiga, Himolay tog’ rayonlariga yashovchi mayday xalqlar esa Tibet-
birma guruhiga mansub. Itnik
xilma-xillik bilan qorishib, murakkab qarama-qarshiliklarni
yuzaga keltiradi (indiuzm, islom, buddizm va boshqalar). Aholining tabiiy o’sish jihatidan
dunyodagi eng yuqori hududlardan biri (2,2-2,61 %), har o’n yilda aholi 125-130 mln kishiga
ko’paymoqda. Bu murakkab jarayon aholini oziq-ovqat va ish bolan ta’minlash muammosini
doimiy kun tartibiga qo’yadi. Aholi 1 kv.km hududga 200 kishidan ortadi. Urbanizatsiya darajasi
past: Shri-Lankada – 15 %, Nepalda – 17 %, Hindistonda – 28 % bo’lsa, Pokistonda – 35 %
atrofida. Millionar shaharlar 20 dan ortiq bo’lib Kalkutta (15 mln dan ortiq), Dehli (7 mln dan
ortiq), Karachi (5mln dan ortiq) kabi megalapolislardan iborat. Yirik shahar aglomeratsiyalari
shakllanishiga qaramay, “yolg’on urbanizatsiya” jarayoni xosdir.
Xo’jaligi. Mintaqa mamlakatlari iqtisodiyoti agrar-industrial xarakterga ega bo’lib,YAIM
da qishloq xo’jaligi (ziroatchilik) yetakchi sohadir. Qishloq xo’jaligining
sotsial tarkibi
murakkab, ko’p ukladli, bozor munosabatlari chuqur rivojlangan (Hindiston, Bangladesh, Shri-
Lanka).
Plantatsiya xo’jaligi keng yoyilgan choy (Hindiston, Shri-Lanka), jut (Bangladesh), tabiiy
kauchik va kokos yong’og’i (Shri-Lanka), donli ekinlar (sholi,bug’doy, tariq va boshqalar)
qariyb 50 %, texnik ekinlari (paxta, shakarqamish) 1/5 qism ekin maydonlarini egallagan bo’lib,
qisman eksportga chiqariladi. Hindiston iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi asosiy tarmoq, unda 2/3
qism mehnatga yaroqli aholi band va dunyoda choy, yeryong’oq va shakarqamish yetishtorishda
birinchi o’rinda, sholi yetishtirishda ikkinchi o’rinda, tamaki yetishtirishda bo’yicha uchinchi
o’rinda turradi.
Mintaqadagi barcha mamlakatlar oldida irrigatsiya tizimini rivojlantirish, ekin
maydonlarini kengaytirish va qishloq xo’jaligi moddiy texnika bazasini kuchaytirish (ilg’or
texnika,
agrotexnik tadbirlar, mineral o’g’itlardan foydalanish) asosida qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini (birinchi navbatda oziq-ovqat mahsulotlarini) ko’paytirish vazifasi turibdi.
Sanoati. Mintaqa sanoatida qazib beruvchi sanoat Hindiston, Pokiston va Bangladeshda
sezilarli rivojlangan bo’lishiga qaramay, moliyaviy vositalar yetishmovchiligini boshdan
kechirmoqda. Ishlov beruvchi sanoatda yengil (to’qimachilik) va oziq-ovqat sanoati yetakchi
mavqeiga ega. Masalan Hindiston yalpi sanoatida to’qimachilik sanoatining hissasi 16,5%, qora
va rangli metallurgiya 14%, sellyuloza-qog’oz 7%, mashinasozlik 12%, oziq-ovqat 11,4% va
elektrotexnika sanoati 5% ni tashkil qiladi. Hindiston va Pokiston mamlakatlarida to’liq
metallurgiya sikli va sertarmoq mashinasozlik tez revojlanmoqda.
Mintaqa transportida avtomobil transporti yetakchi o’rin tutadi va unga yo’lovchi
aylanmasining 80% i, yuk aylanmasining 50% dan ortig’i to’g’ri keladi. Temir yo’llar xom
ashyo va plantatsiya xo’jaliklarini port shaharlar bilan bog’laydi. Havo transportining (Dehli,
Kalkutta, Bombey, Karachi va boshqa shaharlarda yirik xalqaro aeroportlar mavjud) yo’lovchi
va yuk tashishdagi hissasi ortmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalarida dengiz transporti katta o’rin
tutadi. Masalan Hindiston tashqi savdo aylanmasining 95% dengiz transportiga to’g’ri keladi,
milliy dengiz savdo flotiga va yirik zamonaviy portlarga ega. Tog’li va borish qitin bo’lgan
hududlarda jilovli transport (xachir, ot, tuya va boshqa), shaharlarda esa hammolchilik
rivojlangan.
Tashqi iqtisodiy aloqalari. Mintaqa mamlakatlari eksportida mustamlaka yillarida “resursli
eksport sekli’’asosiy yunalish bo’lgan bo’lsa, mustaqillik yillarida jahon bozoriga an’anaviy
qishloq xo’jaligi va o’rmon xo’jaligi mahsulotlari
jut va jut mahsulotlari, choy (Hindiston va
Pokistonda dunyo bozoriga chiqarilayotgan choyning 2/3 qismi to’g’ri keladi), kokos yong’og’i,
tabiiy kauchik, ziravorlar va boshqa mahsulotlar chiqarishdan tashqari industrlashtirish va
zamonavoy bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan temir rudasi to’qimachilik mahsulotlari,
zargarlik jixozlari, mashina va jixozlar, charm va charm mahsulotlari, farmaseftika mahsulotlari,
EHM dasturlari va boshqa o’ta zamonaviy sanoat mahsulotlari chiqarmoqda (Hindiston).
Mintaqa mamlakatlari importida oziq-ovqat mahsulotlari, neft mahsulotlari, mashina va
jixozlar, transport vositalari, qimmatbaho tosh va zargarlik mahsulotlari, ximiya sanoat
mahsulotlari, oltin, ko’mir, qora metallar, qurol-aslaha (Hindiston) muhim o’rin tutadi.
Mintaqa mamlakatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, xo’jalik ixtisoslashuvi,
jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi sur’atlariga ko’ra uchga bo’lish mumkin:
- iqtisodiy jihatdan jadal rivojlanib borayotgan va jahon xo’jaligida tez
integratsiyalashayotgan, zamonaviy qishloq xo’jaligiga sanoat,
transport tizimiga ega, to’liq
shakllangan ichki milliy bozori mavjud mamlakatalar (Hindiston);