64
ishtirokchisi aniqlangan buzilishlarni ushbu moddada belgilangan muddat o’tguniga
qadar bartaraf etishga haqli.
Ushbu Kodeksning 65-moddasida, 66-moddasining uchinchi qismida hamda
ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan shartlarga rioya
etilgan taqdirda soliq organi soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini
tashkil etish to’g’risidagi shartnomani ro’yxatdan o’tkazishi shart.
Shartnoma ro’yxatdan o’tkazilgan sanadan e’tiboran besh kun ichida soliq
organi soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul
ishtirokchisiga
ushbu shartnomaning bir nusxasini uning ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risida belgi
qo’ygan holda, tilxat olib shaxsan yoki olinganlik sanasi to’g’risida guvohlik
beruvchi boshqa usulda berish shart.
Soliq
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish
to’g’risidagi shartnoma ro’yxatdan o’tkazilganligi haqidagi axborot xuddi shu
muddatlarda soliq organi tomonidan soliq to’lovchilar
konsolidatsiyalashgan
guruhining yuridik shaxs bo’lgan ishtirokchilari, shuningdek ularning alohida
bo’linmalari turgan joydagi soliq organlariga yuboriladi.
Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ushbu guruhni tashkil etish
to’g’risidagi shartnoma soliq organi tomonidan ro’yxatga olingan yildan keyingi
kalendar yilning birinchi sanasida tashkil etilgan deb e’tirof etiladi.
Soliq
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish
to’g’risidagi shartnomani ro’yxatdan o’tkazishni soliq organi tomonidan rad etishga
faqat quyidagi holatlardan loaqal bittasi mavjud bo’lganda yo’l qo’yiladi:
1) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etishning
ushbu Kodeksning 65-moddasida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq emasligi;
2) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish
to’g’risidagi shartnomaning ushbu Kodeks 66-moddasining uchinchi qismida
ko’rsatilgan talablarga muvofiq emasligi;
3) ushbu Kodeksning birinchi qismida ko’zda tutilgan soliq to’lovchilarning
konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to’g’risidagi shartnomani ro’yxatdan
o’tkazish uchun hujjatlarni vakolatli soliq organiga taqdim etmaslik yoxud to’liq
hajmda taqdim etmaslik, yoki mazkur moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan
hujjatlarni taqdim etish muddatini buzish;
4) hujjatlar bunga vakolati bo’lmagan shaxslar tomonidan imzolangan taqdirda.
Soliq
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish
to’g’risidagi shartnomani ro’yxatdan o’tkazish soliq organi tomonidan rad etilgan
taqdirda, soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul
ishtirokchisi
kamchiliklar bartaraf etilganidan so’ng bunday shartnomani ro’yxatdan o’tkazish
to’g’risidagi hujjatlarni qayta taqdim etishga haqli.
Soliq
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish
to’g’risidagi shartnomani ro’yxatdan o’tkazishni rad etish haqidagi qarorning
ko’chirma nusxasi u qabul qilingan kundan boshlab besh kun ichida soliq organi
tomonidan bunday shartnomada soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan
guruhining mas’ul ishtirokchisi sifatida ko’rsatilgan vakolatli vakiliga shaxsan imzo
qo’ydirib yoki olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usul orqali topshiriladi.
65
Soliq
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish
to’g’risidagi shartnomani ro’yxatdan o’tkazish rad etilganda bunday shartnomada
soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi sifatida
ko’rsatilgan shaxs mazkur Kodeksda belgilangan
tartib va muddatlarda soliq
organlari va ularning mansabdor shaxslari harakatlari yoki harakatsizligi ustidan
shikoyat berishi mumkin.
Ariza (shikoyat) qanoatlantirilgan taqdirda, soliq organi mazkur shartnomani
ro’yxatdan o’tkazishi shart, soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi esa
ushbu moddaning to’rtinchi qismiga muvofiq ro’yxatdan o’tishi lozim bo’lgan
yildan keyingi yilning birinchi sanasidan boshlab tashkil etilgan deb e’tirof etiladi.
Agar soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish
to’g’risidagi shartnomani ro’yxatdan o’tkazish uchun ushbu bobda nazarda tutilgan
boshqa to’siqlar bo’lmagan taqdirda mazkur qoida qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: