O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


II BO’LIM. SOLIQ BO’YIChA HISOBGA OLISh VA SOLIQ



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

II BO’LIM. SOLIQ BO’YIChA HISOBGA OLISh VA SOLIQ 
HISOBOTI 
 
7-bob. Soliq bo’yicha hisobga olish 
 
79-modda. Soliq solish maqsadlaridagi hisobga olish va 
hisobga olishga doir hujjatlar 
 


78 
Soliq soliq ob’ektlari va (yoki) soliq solish bilan bog’liq ob’ektlar to’g’risidagi 
axborotni umumlashtirish hamda tizimlashtirish, shuningdek soliqlarni, yig’imlarni 
hisoblab chiqarish va soliq hisobotini tuzish maqsadlarida ushbu Kodeks talablariga 
muvofiq soliq to’lovchi (soliq agenti) tomonidan hisobga olishga doir hujjatlarni 
yuritish jarayoni soliq solish maqsadlaridagi hisobga olishdir. 
Hisobga olishga doir hujjatlar soliq solish ob’ektlarini va soliq solish bilan 
bog’liq ob’ektlarni aniqlash, shuningdek soliqlar va yig’imlarni hisoblab chiqarish 
uchun asos bo’lgan boshlang’ich hujjatlar, buxgalteriya hisobi registrlari hamda 
boshqa hujjatlardan iborat. 
Agar ushbu moddaning to’rtinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan 
bo’lsa, soliq solish maqsadlaridagi hisobga olish buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga 
asoslanadi. Buxgalteriya hujjatlarini yuritish tartibi O’zbekiston Respublikasining 
buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 
O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun 
hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish majburiyati zimmasiga 
yuklanmagan shaxslar soliq solish maqsadlaridagi hisobga olishni ushbu bobga 
muvofiq tashkil etadi va yuritadi. 
80-modda. Soliq solish maqsadlaridagi hisobga olish 
siyosati 
 
Soliq solish maqsadlaridagi hisobga olish siyosati quyidagi qoidalarni inobatga 
olgan holda soliq to’lovchi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi: 
1) agar soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan bo’lsa, soliq to’lovchi (soliq agenti) tomonidan mustaqil ravishda ishlab 
chiqilgan soliq registrlarining shakli va ularni tuzish tartibi; 
2) soliq hisobga olish siyosatiga rioya etilishi ustidan mas’ul mansabdor 
shaxslarning nomi; 
3) soliq solish maqsadlarida alohida-alohida hisobga olishni yuritish tartibi, 
bunday hisobga olishni yuritish majburiyati ushbu Kodeksda nazarda tutilgan 
hollarda; 
4) foyda solig’ini hisoblab chiqarish maqsadlarida xarajatlarni chegirmalar 
sirasiga kiritish, shuningdek qo’shilgan qiymat solig’ini hisobga kiritishning soliq 
to’lovchi tomonidan tanlangan usullari; 
5) xejirlanadigan xavflarni, xejirlanadigan moddalarni va ularga nisbatan 
qo’llaniladigan xejirlash vositalarini aniqlash siyosati, xejirlash operatsiyalari, 
shuningdek boshqa moliyaviy tavakkalchiliklar amalga oshirilgan taqdirda xejirlash 
samaradorligi darajasini baholash uslubiyoti; 
6) har bir kichik guruh va aktivlar guruhi bo’yicha amortizatsiya normalari 
(hisoblash uslublari); 
Soliq solish maqsadlarida hisobga olish siyosatiga o’zgartishlar va (yoki) 
qo’shimchalar kiritish soliq to’lovchi (soliq agenti) tomonidan quyidagi usullarning 
biri bilan amalga oshiriladi: 


79 
1) 
moliyaviy 
hisobotning 
xalqaro 
standartlariga 
va 
O’zbekiston 
Respublikasining buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga 
muvofiq ishlab chiqilgan yangi hisobga olish siyosatini yoki uning yangi bo’limini 
tasdiqlash; 
2) 
moliyaviy 
hisobotning 
xalqaro 
standartlariga 
va 
O’zbekiston 
Respublikasining buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga 
muvofiq ishlab chiqilgan amaldagi hisobga olish siyosatiga yoki amaldagi hisobga 
olish siyosatining bo’limiga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish. 
Hisobga olish siyosatini shakllantirish chog’ida sub’ekt tomonidan soliq solish 
maqsadlarida tanlangan hisobga olishni yuritish usullari tegishli tashkiliy-boshqaruv 
hujjati nashr etilgan yildan keyingi yilning 1 yanvaridan e’tiboran qo’llaniladi. 
Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxs yoki chet ellik yuridik shaxsning doimiy 
muassasasi soliq solish maqsadlaridagi hisobga olishni yuritish usullari to’g’risidagi 
qarorni o’zi tashkil etilgandan keyingi birinchi hisobot davri mobaynida qabul 
qiladi. 
Soliq solish maqsadlaridagi hisobga olish siyosati soliq to’lovchining barcha 
(shu jumladan alohida balansga ajratilgan) tuzilmaviy bo’linmalari tomonidan, 
ularning joylashgan eridan qat’i nazar, qo’llaniladi. 
Kalendar yil mobaynida soliq solish maqsadlaridagi hisobga olish siyosati 
o’zgartirilmaydi. Soliq to’lovchining hisobga olish siyosatiga o’zgartishlar 
kiritishga O’zbekiston Respublikasining soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari 
o’zgartirilgan taqdirda va ana shu o’zgartirishlar bilan bog’liq qismidagina yo’l 
qo’yiladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish