O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

70-modda. Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi 
mas’ul ishtirokchisining huquq va majburiyatlari 
 
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi ushbu 
Kodeksning 69-moddasida belgilangan huquqlar va majburiyatlardan tashqari, 
ushbu moddada belgilangan huquqlarni amalga oshiradi hamda zimmasida 
majburiyatlar bo’ladi.
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi, agar 
ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq to’lovchilar 
konsolidatsiyalashgan guruhining faoliyati bilan bog’liq yuzaga keladigan 
munosabatlarda foyda solig’i to’lovchilar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan 
huquqlarni amalga oshiradi va zimmasida majburiyatlar bo’ladi. 


70 
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi 
quyidagi huquqlarga ega: 
1) soliq organlariga va ularning mansabdor shaxslariga soliq to’lovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’ini (bo’nak va joriy to’lovlarni) 
hisoblab chiqarish va to’lash yuzasidan har qanday izohlar taqdim etish; 
2) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’i 
to’lanishi munosabati bilan bunday guruhning istalgan ishtirokchisi va uning alohida 
bo’linmalari joylashgan erda o’tkaziladigan sayyor soliq tekshiruvlarini 
o’tkazilayotganda hozir bo’lish; 
3) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda 
solig’ining to’lanishi munosabati bilan o’tkaziladigan soliq tekshiruvlari 
dalolatnomalarning va soliq tekshiruvlarining natijalari yuzasidan soliq organi 
tomonidan chiqarilgan qarorlarning ko’chirma nusxalarini olish, shuningdek foyda 
solig’ini (bo’nak to’lovlarini) to’lash to’g’risidagi talabnomalarni hamda soliq 
to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining faoliyati bilan bog’liq boshqa 
hujjatlarni olish; 
4) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’ini 
to’lash munosabati bilan o’tkaziladigan soliq tekshiruvlarining va soliq nazoratining 
qo’shimcha tadbirlarining materiallari ushbu Kodeksning 166-moddasida nazarda 
tutilgan hollarda va tartibda soliq organining rahbari (rahbar o’rinbosari) tomonidan 
ko’rib chiqilayotganda ishtirok etish; 
5) soliq organlaridan soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining 
ishtirokchilari to’g’risidagi soliq sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni olish; 
6) soliq organlarining, boshqa vakolatli organlarning hujjatlari hamda ular 
mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan, shu jumladan soliq 
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’ini hisoblab 
chiqarishda ular tomonidan majburiyatlarining bajarilishi (huquqlarining amalga 
oshirilishi) munosabati bilan soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining 
ayrim ishtirokchilari manfaatlarini ko’zlab belgilangan tartibda shikoyat qilish; 
7) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha ortiqcha 
to’langan foyda solig’ini hisobga olish (qaytarish) to’g’risida ariza bilan soliq 
organiga murojaat etish. 
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi: 
1) soliq organiga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda 
ro’yxatdan o’tkazish uchun soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini 
tuzish to’g’risidagi shartnomani, ushbu shartnomaga o’zgartishlarni, soliq 
to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining faoliyatini tugatish to’g’risidagi 
qarorni yoki xabarnomani taqdim etishi;
2) ushbu Kodeksning XII bo’limida belgilangan tartibda soliq to’lovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha soliq bo’yicha hisobga olishni yuritishi, 
foyda solig’ini (bo’nak to’lovlarni) hisoblab chiqarishi va to’lashi; 
3) soliq organiga soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha 
foyda solig’iga doir soliq hisobotini, shuningdek mazkur guruhning boshqa 


71 
ishtirokchilaridan olingan hujjatlarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va 
muddatlarda taqdim etishi; 
4) soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining faoliyati tugatilgan 
taqdirda ushbu guruh ishtirokchilariga tegishli hisobot hamda soliq davrlari uchun 
foyda solig’ini (bo’nak to’lovlarni) hisoblab chiqarish va to’lash hamda soliq 
hisobotini tuzish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni soliq to’lovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to’g’risidagi shartnomada nazarda tutilgan 
tartibda va muddatlarda taqdim etishi. Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan 
guruhi tarkibidan bir yoki bir nechta yuridik shaxs chiqib ketganda ham bunday 
ma’lumotlar ushbu konsolidatsiyalashgan guruhning boshqa ishtirokchilariga va 
konsolidatsiyalashgan guruh tarkibidan chiqib ketgan yuridik shaxslarga shunday 
tartibda taqdim etiladi; 
5) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’ini 
to’lovchining majburiyatlarini bajarish munosabati bilan yuzaga keladigan soliq 
qarzini uzishi; 
6) soliqlarni to’lash to’g’risidagi talabnoma olingani haqida u olingan kundan 
e’tiboran besh kun ichida soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining 
ishtirokchilarini xabardor qilishi; 
7) soliq organlari tomonidan soliq nazoratini amalga oshirish hamda soliq 
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’ini 
to’lovchining majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni, izohlarni va 
boshqa 
axborotni 
soliq 
to’lovchilar 
konsolidatsiyalashgan 
guruhining 
ishtirokchilaridan talab qilib olishi; 
8) konsolidatsiyalashgan guruhni tuzish to’g’risidagi shartnomani ro’yxatdan 
o’tkazgan soliq organi tomonidan soliq nazorati tadbirlari doirasida talab qilingan, 
soliq to’lovchilarning ushbu konsolidatsiyalashgan guruhiga doir boshlang’ich 
hujjatlarni, soliq bo’yicha hisobga olish registrlarini va boshqa axborotni taqdim 
etishi shart.
Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibidan bir yoki bir 
necha yuridik shaxs chiqib ketgan taqdirda shu konsolidatsiyalashgan guruhning 
mas’ul ishtirokchisi: 
1) 
soliq 
davri 
boshlanganidan 
e’tiboran ushbu yuridik shaxslar 
konsolidatsiyalashgan guruh tarkibidan chiqib ketgan, soliq to’lovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’iga doir soliq davrining 
boshlanganidan e’tiboran soliq bo’yicha hisobga olishga tegishli o’zgartishlar 
kiritishi; 
2) tugagan hisobot davrlari bo’yicha foyda solig’i yuzasidan bo’nak to’lovlarni 
qaytadan hisoblashni amalga oshirishi va hisobda turgan joyidagi soliq organiga 
soliq to’lovchilarning ushbu konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’iga 
oid aniqlashtirilgan soliq deklaratsiyasini taqdim etishi shart. 
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi o’ziga 
berilgan vakolatlar doirasida soliq to’lovchining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan 
boshqa huquqlariga ega bo’ladi va zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo’ladi. 


72 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish