O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

26-modda. Vakolatli organlar 
 
Ushbu Kodeks maqsadlarida quyidagilar vakolatli organlar deb e’tirof etiladi: 
1) soliq organlari – O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, Yirik 
soliq to’lovchilar bo’yicha hududlararo davlat soliq inspektsiyasi, Qoraqalpog’iston 


16 
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek 
tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspektsiyalari; 
2) bojxona organlari – O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi, 
Davlat bojxona qo’mitasining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent 
shahri bo’yicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari; 
3) yig’imlarni undirish funktsiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari. 
27-modda. Soliq organlarining huquqlari 
 
Soliq organlari: 
1) soliq to’lovchilardan va uchinchi shaxslardan soliqlarni hisoblab chiqarish 
va to’lash uchun zarur bo’lgan hujjatlar va ma’lumotlarni (axborot)ni taqdim etishni, 
shu jumladan elektron tarzda taqdim etishni talab qilishga; 
2) soliq to’lovchilarda soliqlarni hisoblab chiqarish va to’lash uchun zarur 
bo’lgan moliyaviy va boshqa hujjatlarni, shu jumladan uchinchi shaxslarda mavjud 
bo’lgan hujjatlarni, shu jumladan elektron jismlarda saqlanadigan tegishli axborotni 
soliq tekshiruvidan o’tkazishga; 
3) hududni, ishlab chiqarish, ombor, savdo binolari va boshqa binolarni, shu 
jumladan soliq to’lovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalaniladigan yoxud 
soliq solish ob’ektlarini saqlash bilan bog’liq bo’lgan joylarni ko’zdan kechirishga; 
4) mol-mulk inventarizatsiyasini va bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan 
xizmatlarning nazorat o’lchovini o’tkazishga; 
5) kassa va tovar-moddiy boyliklar hamda hujjatlar saqlanadigan joylarni ikki 
kundan ortiq bo’lmagan muddatga, sud qarori bo’yicha esa ikki kundan ortiq 
muddatga muhrlashga; 
6) soliqlarni hisoblab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan hujjatlarni, shuningdek 
elektron axborot tashuvchilarini olib qo’yishni amalga oshirishga; 
7) foto-video tasvirni amalga oshirishga, tushuntirishlar va boshqa 
ma’lumotlarni olishga; 
8) tarjimonni, ekspertni jalb etishga va ekspertiza tayinlashga; 
9) soliq to’lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo’qotilgan yoki yo’q qilingan 
hollarda o’zlaridagi soliq to’lovchi to’g’risida mavjud bo’lgan axborot, shuningdek 
boshqa shunga o’xshash soliq to’lovchilar to’g’risidagi ma’lumotlar asosida 
soliqlarni hisob-kitob yo’li bilan mustaqil aniqlashga; 
10) o’zaro kelishuv asosida soliq monitoringida ishtirok etadigan soliq 
to’lovchi tomonidan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar 
to’g’ri hisoblab chiqarilishi, to’liq va o’z vaqtida to’lanishining soliq monitoringini 
amalga oshirishga; 
11) soliq qarzini majburiy undirish choralarini ko’rishga; 
12) soliqqa oid huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda ko’rib chiqishga va moliyaviy sanktsiyalar qo’llashga; 
13) aniqlangan soliq huquqbuzarliklari holatlari bo’yicha tovar-moddiy 
boyliklarni qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda davlat daromadiga 
qaratishga. Soliq to’lovchilar bo’lgan yuridik shaxslarning, yakka tartibdagi 


17 
tadbirkorlarning tovar-moddiy boyliklarini davlat daromadiga qaratish sud tartibida 
amalga oshiriladi; 
14) soliq to’lovchilarga nisbatan ular tomonidan noqonuniy olingan 
mablag’larini davlat daromadiga undirish to’g’risida sudlarga da’volar kiritishga; 
15) hujjatlarning davlat tiliga tarjima qilinishini talab qilishga; 
16) soliq to’lovchilar va soliq agentlarini ular tomonidan soliqlar to’lanishi 
(ushlab qolinishi va o’tkazilishi) yoxud soliq tekshiruvi munosabati bilan, 
shuningdek ular tomonidan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini ijro etilishi bilan 
bog’liq bo’lgan boshqa hollarda tushuntirishlar berish uchun yozma xabarnoma 
asosida chaqirishga; 
17) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda soliq to’lovchining yoki soliq 
agentining bank hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni to’xtatib turishga hamda 
ularning mol-mulkni xatlab qo’yishga; 
18) soliq to’lovchilardan, soliq agentlaridan, ularning vakillaridan soliq 
to’g’risidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etishni talab 
qilishga va mazkur talablarning bajarilishini nazorat qilishga; 
19) ushbu Kodeksda belgilangan majburiyatlarning banklar tomonidan 
bajarilishini nazorat qilishga haqli. 
Soliq organlari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqlarni ham 
amalga oshiradi. 
Soliq organlari zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish (bunga 
erishish) uchun zarur va etarli doiralarda o’z huquqlarini amalga oshirishga haqlidir. 
Yuqori turuvchi soliq organlari quyi organlarning qarorlarini ushbu qarorlar 
soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga zid bo’lgan taqdirda bekor qilishga va (yoki) 
o’zgartirishga haqli. 
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hujjatlarning shakli va hajmi, elektron hujjat 
aylanishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan hujjatlar, shuningdek mazkur 
hujjatlarning shakllarini to’ldirish tartibi hamda bunday hujjatlarni qog’ozda yoki 
telekommunikatsiya aloqa tarmoqlari yoxud soliq to’lovchining shaxsiy kabineti 
orqali elektron shaklda yuborish va olish tartibi O’zbekiston Respublikasi Davlat 
soliq qo’mitasi tomonidan tasdiqlanadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish