O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Shikoyat qilingan taqdirda soliq organlari



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

166-modda. Shikoyat qilingan taqdirda soliq organlari 
qarorlarini ijro etish
Soliq organining soliq tekshiruvi natijalariga ko’ra qabul qilingan qarori 
ustidan shikoyat qilingan taqdirda, bunday qarorning shikoyat yuzasidan yuqori 
turuvchi soliq organi tomonidan qaror qabul qilingan kundan e’tiboran yuqori 
turuvchi soliq organi tomonidan bekor qilinmagan qismi va ustidan shikoyat 
qilinmagan qismi kuchga kiradi.
Agar shikoyatni ko’rib chiqayotgan yuqori turuvchi soliq organi quyi soliq 
organining qarorini bekor qilsa va yangi qaror qabul qilsa, yuqori turuvchi soliq 
organining bunday qarori qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 
Agar yuqori turuvchi soliq organi shikoyatni ko’rib chiqmasdan qoldirsa, quyi 
soliq organining qarori yuqori turuvchi soliq organi tomonidan ushbu shikoyatni 
ko’rib chiqmasdan qoldirish to’g’risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran, biroq 
mazkur shikoyatni berish muddati tugamasdan kuchga kiradi. 
167-modda. Soliq organlarining qarorlarini ijro etish
 
Soliq tekshiruvi natijalari bo’yicha qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran ijro 
etilishi lozim.
Tegishli qarorni ijroga qaratish ushbu qarorni qabul qilgan soliq organi 
zimmasiga yuklatiladi.
Shikoyat yuqori turuvchi soliq organi tomonidan ko’rib chiqilgan taqdirda, 
ushbu yuqori turuvchi soliq organining kuchga kirgan qarori yuqori turuvchi 
organning qarori kuchga kirgan kundan e’tiboran uch kun ichida dastlabki qaror 
qabul qilgan soliq organiga yuboriladi. 
168-modda. Soliqqa oid huquqbuzarliklar to’g’risidagi 
ishlarni yuritish
 
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining ushbu Kodeks 160-moddasining 
ikkinchi qismida nazarda tutilgan buzilishlari to’g’risida dalolat beruvchi faktlar 
aniqlangan taqdirda, soliq organining soliqqa oid huquqbuzarlik faktini aniqlagan 


166 
mansabdor shaxsi ushbu mansabdor shaxs va huquqbuzarlik sodir etgan shaxs 
tomonidan imzolanishi lozim bo’lgan dalolatnomani tuzadi.
Dalolatnomaning shakli va uni tuzishga doir talablar O’zbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilanadi. 
Dalolatnoma soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga imzo qo’ydirib 
beriladi yoki u olingan sana to’g’risida dalolat beruvchi boshqa usulda topshiriladi. 
Agar mazkur shaxs dalolatnomani olishdan bosh tortsa, soliq organining 
mansabdor shaxsi dalolatnomaga tegishli belgi qo’yadi. Bunday holda dalolatnoma 
ushbu shaxsga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi. Mazkur dalolatnoma 
buyurtma xat bilan yuborilgan taqdirda, yuborilgan sanadan boshlab beshinchi kun 
u topshirilgan sana deb hisoblanadi.
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxs dalolatnomada bayon etilgan 
holatlarga va (yoki) soliqqa oid huquqbuzarlikni aniqlagan mansabdor shaxsning 
xulosalari va takliflariga rozi bo’lmagan taqdirda, dalolatnoma olingan kundan 
e’tiboran o’n kun ichida dalolatnoma bo’yicha umuman yoki uning ayrim qoidalari 
yuzasidan yozma e’tirozlarini tegishli soliq organiga taqdim etishga haqlidir. Bunda 
mazkur shaxs e’tirozlarining asoslanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ularning 
tasdiqlangan ko’chirma nusxalarini) yozma e’tirozlariga ilova qilishga yoki 
kelishilgan muddatda soliq organiga topshirishga haqli.
Ushbu moddaning ettinchi qismida ko’rsatilgan muddat o’tganidan keyin soliq 
organining rahbari (rahbari o’rinbosari) soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari 
buzilishlari faktlari qayd etilgan dalolatnomani, shuningdek soliqqa oid 
huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va materiallarni 
ko’rib chiqadi.
Dalolatnoma javobgarlikka tortilayotgan shaxs yoki uning vakili hozirligida 
ko’rib chiqiladi. 
Davlat soliq xizmati organi tekshiruv dalolatnomasi ko’rib chiqiladigan sana, 
vaqt va joy to’g’risida soliq to’lovchini ko’rib chiqish boshlanadigan kunga qadar 
kamida ikki kun oldin xabardor qiladi.
Agar soliq to’lovchi davlat soliq xizmati organini uzrli sabablarga ko’ra 
dalolatnomaning ko’rib chiqilishiga kelolmasligi to’g’risida xabardor qilgan bo’lsa, 
davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbari o’rinbosari dalolatnomaning 
ko’rib chiqilishi ko’pi bilan uch kun muddatga qoldirilishi to’g’risida qaror qabul 
qilib, soliq to’lovchi bu haqda xabardor qilinadi.
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilayotgan, 
tegishli tarzda xabardor qilingan shaxsning yoki uning vakilining kelmaganligi soliq 
organi rahbarini (rahbari o’rinbosarini) dalolatnomani ushbu shaxsning yo’qligida 
ko’rib chiqish imkonidan mahrum etmaydi.
Tuzilgan dalolatnoma, soliq nazorati tadbirlarining boshqa materiallari, 
shuningdek soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka 
tortilayotgan shaxsning yozma e’tirozlari dalolatnomani ko’rib chiqish chog’ida 
o’qib eshittirilishi mumkin. 
Yozma e’tirozlarning mavjud emasligi ushbu shaxsni dalolatnomani ko’rib 
chiqish bosqichida o’z tushuntirishlarini berish huquqidan mahrum etmaydi. 


167 
Dalolatnoma ko’rib chiqilayotganda javobgarlikka tortilayotgan shaxsning 
tushuntirishlari eshitiladi, boshqa dalillar o’rganib chiqiladi. 
Ushbu Kodeks talablarini buzgan holda olingan dalillardan foydalanishga yo’l 
qo’yilmaydi. 
Javobgarlikka tortilayotgan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (axborot), 
hatto ular soliq organiga ushbu Kodeksda belgilangan muddatlarni buzgan holda 
taqdim etilgan bo’lsa ham ko’rib chiqilishi mumkin.
Dalolatnomani ko’rib chiqish chog’ida bayonnoma yuritiladi. 
Dalolatnomani va soliq nazoratining boshqa materiallarini ko’rib chiqish 
chog’ida zarur bo’lgan taqdirda ushbu ko’rib chiqishda ishtirok etish uchun guvohni, 
ekspertni, mutaxassisni jalb etish to’g’risida qaror qabul qilinishi mumkin. 
Dalolatnomani va boshqa materiallarni ko’rib chiqish chog’ida soliq 
organining rahbari (rahbari o’rinbosari): 
1)
o’ziga nisbatan dalolatnoma tuzilgan shaxs soliq to’g’risidagi qonun 
hujjatlari buzilishlarini sodir etgan-etmaganligini; 
2)
aniqlangan 
qoidabuzarliklar 
ushbu 
Kodeksdagi 
soliqqa 
oid 
huquqbuzarliklar tarkibini tashkil etish-etmasligini; 
3)
o’ziga nisbatan dalolatnoma tuzilgan shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik 
sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish uchun asoslar mavjud-mavjud emasligini 
belgilaydi. 
Soliqqa oid huquqbuzarlik alomati mavjud bo’lgan taqdirda soliq organining 
rahbari (rahbari o’rinbosari) shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi 
aybini istisno etuvchi holatlarni yoxud soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik 
uchun javobgarlikni yumshatuvchi yoki og’irlashtiruvchi holatlarni aniqlaydi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish