161-modda. Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi
materiallarini ko’rib chiqish tartibi
Qaysi soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi jarayonida soliq to’g’risidagi
qonun hujjatlari buzilishlari aniqlangan bo’lsa, soliq auditining dalolatnomasi va
sayyor soliq tekshiruvining materiallari soliq organining soliq tekshiruvini
o’tkazgan rahbari (rahbari o’rinbosari) tomonidan soliq tekshiruvi dalolatnomasi
tuzilgan kundan e’tiboran o’n kun o’tgach, biroq o’n besh kundan kechirtirmay
ko’rib chiqilishi kerak hamda ular yuzasidan qaror soliq tekshiruvi materiallari
ko’rib chiqilganidan keyin besh kundan kechiktirmay qabul qilinishi kerak.
Agar tekshirilayotgan shaxs (uning vakili) soliq auditining dalolatnomasi va
sayyor soliq tekshiruvining materiallariga doir yozma e’tirozlarini ushbu Kodeks
159-moddasining o’n oltinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etgan
bo’lsa, bu e’tirozlar ham ko’rib chiqilishi lozim.
Soliq organi soliq tekshiruvi materiallari ko’rib chiqiladigan sana, vaqt va joy
to’g’risida soliq to’lovchini ko’rib chiqish boshlanguniga qadar kamida ikki ish
kunidan oldin xabardor qiladi.
Agar soliq to’lovchi soliq organini uzrli sabablarga ko’ra soliq tekshiruvi
materiallari ko’rib chiqilishiga kela olmasligi to’g’risida xabardor qilgan bo’lsa,
soliq organining rahbari yoki rahbarining o’rinbosari soliq tekshiruvi materiallarini
ko’rib chiqishni kamida uch ish kuni muddatiga qoldirish to’g’risida qaror qabul
qiladi, soliq to’lovchi bu haqda xabardor qilinadi.
O’ziga nisbatan soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi o’tkazilgan shaxs soliq
tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish jarayonida shaxsan va (yoki) o’z vakili orqali
ishtirok etishga haqli.
O’ziga nisbatan soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi o’tkazilgan, materiallari
ko’rib chiqiladigan vaqt va joy haqida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxsning
(uning vakilining) kelmaganligi soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish uchun
to’sqinlik qilmaydi, bundan ushbu shaxsning ishtiroki soliq organi rahbari (rahbari
o’rinbosari) tomonidan ushbu materiallarni ko’rib chiqish uchun shart deb
topiladigan hollar mustasno.
Soliq tekshiruvi materiallarini mohiyatiga ko’ra ko’rib chiqishdan oldin soliq
organining rahbari (rahbari o’rinbosari):
159
1)
ishni kim ko’rib chiqayotganligini va qaysi soliq tekshiruvi materiallari
ko’rib chiqilishi lozimligini e’lon qilishi;
2)
ko’rib chiqishda ishtirok etish uchun taklif etilgan shaxslarning kelgan-
kelmaganligi faktini aniqlashi kerak.
Ushbu shaxslar kelmagan taqdirda soliq organining rahbari (rahbari
o’rinbosari) ish yuritish ishtirokchilari belgilangan tartibda xabardor qilingan-
qilinmaganligini aniqlashtiradi va soliq tekshiruvi materiallarini mazkur
shaxslarning yo’qligida ko’rib chiqish yoki mazkur ko’rib chiqishni keyinga
qoldirish to’g’risida qaror qabul qiladi;
3)
o’ziga nisbatan soliq tekshiruvi o’tkazilgan shaxsning vakili ishtirok etgan
taqdirda ushbu vakilning vakolatlarini tekshirishi;
4)
ko’rib chiqish tartib-taomilida ishtirok etayotgan shaxslarga ularning
huquqlari va majburiyatlarini tushuntirishi;
5)
ishni ko’rib chiqish uchun ishtirok etishi zarur bo’lgan shaxs kelmagan
taqdirda, soliq tekshiruvi materiallari ko’rib chiqilishini keyinga qoldirish to’g’risida
qaror chiqarishi kerak.
Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish chog’ida
tekshiruv dalolatnomasi, zarur bo’lgan taqdirda esa soliq nazorati tadbirlarining
boshqa materiallari ham, shuningdek o’ziga nisbatan tekshiruv o’tkazilgan
shaxsning yozma e’tirozlari o’qib eshittirilishi mumkin.
Yozma e’tirozlarning mavjud emasligi ushbu shaxsni (uning vakilini) soliq
tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish bosqichida o’z tushuntirishlarini berish
huquqidan mahrum etmaydi.
Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish chog’ida
taqdim etilgan dalillar, shu jumladan o’ziga nisbatan soliq tekshiruvi o’tkazilgan
shaxsdan ilgari talab qilib olingan hujjatlar, ushbu shaxs soliq tekshiruvlaridan
o’tkazilganda soliq organlariga taqdim etilgan hujjatlar va soliq organida mavjud
bo’lgan boshqa hujjatlar o’rganiladi.
Ushbu Kodeks talablari buzilgan holda olingan dalillardan foydalanishga yo’l
qo’yilmaydi.
Soliq to’lovchining faoliyati to’g’risidagi qo’shimcha ma’lumotlar (axborot),
hattoki ular ushbu Kodeksda belgilangan muddatlarni buzgan holda soliq organiga
taqdim etilgan bo’lsa ham ko’rib chiqilishi mumkin.
Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish davomida
zarur bo’lgan taqdirda ushbu ko’rib chiqishda ishtirok etish uchun guvohni,
ekspertni, mutaxassisni jalb etish to’g’risida qaror qabul qilinishi mumkin.
Soliq tekshiruvi materiallari ko’rib chiqilayotganda bayonnoma yuritiladi.
Soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish chog’ida soliq organining rahbari
(rahbari o’rinbosari):
1)
o’ziga nisbatan soliq tekshiruvi dalolatnomasi tuzilgan shaxs soliq
to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilishlarini sodir etgan-etmaganligini;
2)
aniqlangan qoidabuzarliklar soliqqa oid huquqbuzarlik alomatini tashkil
etish-etmasligini;
160
3)
shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka
tortish uchun asoslar mavjud-mavjud emasligini;
4)
soliq to’lovchining e’tirozlari asoslanganligini belgilaydi.
Soliqqa oid huquqbuzarlik alomati mavjud bo’lgan taqdirda soliq organining
rahbari (rahbari o’rinbosari) shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishdagi
aybini istisno etuvchi holatlarni yoki soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun
javobgarlikni yumshatuvchi yoxud og’irlashtiruvchi holatlarni aniqlaydi.
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilishlari sodir etilganligi faktini
tasdiqlash uchun qo’shimcha dalillar olish zarur bo’lgan taqdirda yoki ular
bo’lmaganda soliq organining rahbari (rahbari o’rinbosari) soliq nazoratining
qo’shimcha tadbirlarini bir oydan oshiq bo’lmagan muddatda o’tkazish to’g’risida
qaror chiqarishga haqlidir.
Soliq nazoratining qo’shimcha tadbirlarini tayinlash to’g’risidagi qarorda
bunday qo’shimcha tadbirlarni o’tkazish zaruratini keltirib chiqargan holatlar bayon
etiladi, ularni o’tkazish muddati va aniq shakli ko’rsatiladi.
Soliq nazoratining qo’shimcha tadbirlari sifatida ushbu Kodeksning 149 va
150-moddalariga muvofiq hujjatlarni talab qilib olish, guvohni so’roq qilish,
ekspertiza amalga oshirilishi mumkin.
Soliq nazorati qo’shimcha tadbirlarining boshlanishi va tugashi, soliq
nazoratining qo’shimcha tadbirlarini amalga oshirish chog’ida o’tkazilgan soliq
nazorati tadbirlari to’g’risidagi ma’lumotlar, shuningdek soliq to’g’risidagi qonun
hujjatlari buzilishlari sodir etilganligi yoki ularning mavjud emasligi faktini
tasdiqlash uchun olingan qo’shimcha dalillar, tekshiruvchilarning aniqlangan
qoidabuzarliklarni bartaraf etishga doir xulosalari va takliflari hamda ushbu
Kodeksning moddasiga doir havolalar ushbu Kodeksda soliq to’g’risidagi qonun
hujjatlarining ushbu buzilishlari uchun javobgarlik nazarda tutilgan taqdirda soliq
tekshiruvi dalolatnomasida qo’shimcha ravishda qayd etiladi.
Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qo’shimcha soliq
nazoratining qo’shimcha tadbirlarini o’tkazuvchi soliq organining mansabdor
shaxslari tomonidan bunday tadbirlar tugagan kundan e’tiboran o’n kun ichida
tuzilishi va imzolanishi kerak.
Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qo’shimcha soliq
nazoratining qo’shimcha tadbirlarini o’tkazish natijasida olingan materiallarni ilova
qilgan holda ushbu qo’shimcha tuzilgan sanadan e’tiboran uch kun ichida o’ziga
nisbatan soliq tekshiruvi o’tkazilgan shaxsga (uning vakiliga) imzo qo’ydirib
berilishi yoki u olingan sana to’g’risida dalolat beruvchi boshqa usulda topshirilishi
kerak.
Agar o’ziga nisbatan tekshiruv o’tkazilgan shaxs (uning vakili) soliq auditi va
sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qo’shimchani olishdan bosh tortsa,
bunday fakt tekshiruv dalolatnomasiga doir qo’shimchada aks ettiriladi. Bunday
holda soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qo’shimcha tashkilotning (alohida
bo’linmaning) joylashgan eri yoki jismoniy shaxsning yashash joyi bo’yicha pochta
orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va buyurtma xat yuborilgan sanadan e’tiboran
beshinchi kunda qabul qilingan deb hisoblanadi.
161
O’ziga nisbatan soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi o’tkazilgan shaxs (uning
vakili) soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qo’shimcha olingan kundan e’tiboran
o’n kun ichida tekshiruv dalolatnomasiga doir bunday qo’shimcha bo’yicha
umuman yoki uning ayrim qoidalari yuzasidan yozma e’tirozlarini taqdim etishga
haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |