ǀ
ISSUE 4
ǀ
2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
200
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
(
Onam bogʼi orzusimon turfa rang, Loqayd, bachki bezaklarga edi yot.
) va shu
kabilarni alohida koʼrsatish mumkin. Shoira tomonidan yaratilgan mazkur soʼzlar
ichida 2tasi okkozional
soʼz hisoblanadi: bizsimon va orzusimon. Yana misollar
orasida grammatik meʼyordan chekinish holatlari ham kuzatiladi. Bu ham yangi
soʼzning individual jihatlarini belgilashda oʼziga xos ahamiyatga ega:
yulduzlarsimon. Аsosga soʼz yasovchi qoʼshimcha bevosita emas, balki bilvosita
qoʼshilgan. Bu ham soʼz yasashning grammatik meʼyordan chekingan holda amlaga
oshirilganini koʼrsatadi.
Baʼzi oʼrinlarda –simon qoʼshimchasini III shaxs egalik affiksidan soʼng ham
qoʼshilganini koʼrishimiz mumkin. Masalan, “Men ishq edim…” deb boshlanuvchi
sheʼrida (Keyin oltingugurt olovisimon, Koʼrinmay hijronning dogʼida yondim... ) va
“Yulduzlar allasi” sheʼrida (Kirib tomiringga sendan ham pinhon,Yoz oftobisimon
shodlik yoqilur. ) shu holatga duch kelamiz.
Yana baʼzi oʼrinlarda –
simon qoʼshimchasi sifatdoshdan soʼng
qoʼllanganligini koʼrishimiz mumkin. Masalan, “Tuhfa” sheʼrida yoritgansimon
tarzida (
Quyosh oyning yuzin yoritgansimon, Sendan bahra olib, sir qolgan koʼngil
.
), “Tong” sheʼrida tugʼilgansim
on tarzida (
Tabiat naq shu kun tugʼilgansimon Har
gal hamma yokda yangi jaranglar...
), “Shoshma, hali” sheʼrida turtgansimon (
Yarim
tunda, birov turtgansimon, Bir choʼchiyman,
), chaqqansimon, ichgansimon tarzida
(
Men oʼzimni his qilaman qaynoq jangda. Soʼ
ngra-
soʼngra xuddi ilon
chaqqansimon, Soʼngra, xuddi bir xum aqrab ichgansimon Men oʼzimni oʼngarolmay
toʼlgʼonaman.
) qoʼllanganligini koʼrishimiz mumkin. Shoira –simon qoʼshimchasi
yordamida sifatdoshlardan ham yangi leksemalar hosil qilgan.
Zulfiya she
ʼrlaridagi yana bir oʼziga xos jihat shundaki, u odatiy sifatdosh
formalaridan foydalanmaydi, yangi sifatdosh shakllarini kash etadi. Bu oʼz navbatida
sheʼrga oʼziga xoslik, orginallik, individuallik baxsh etadi. Masalan, uning
“Ekrandagi yurak” sheʼrida –maydigan sifatdoshning boʼlishsiz shakli
-movchi
tarzida qoʼllanganligini koʼrishimiz mumkin:
Bilmayman
Va lekin mening yuragim
Yekranga sigʼmovchi bir olam siyoq,
Bir zayil urmaydi. Misli tilagim
Kunu tun tinmovchi sinchkov bir sayyoh.
“Salom tansiq bahor” sheʼrida esa sifatdoshning –adigan shakli oʼrniga –
gich
morfemasidan foydalanadi. Аslida –gich morfemasi feʼldan ot yasovchi qoʼshimcha,
ammo bu oʼrinda yangi soʼz yasalmasdan, lugʼaviy shakl yasovchi boʼlib kelmoqda.
Bu oʼrinda shoira –
gich morfemasining omonimlik xususiyatini kashf etadi.
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
Do'stlaringiz bilan baham: |