ǀ
ISSUE 4
ǀ
2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
202
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
Zulfiyaning “O, ijod” sheʼrida sinonimlarning
okkozional namunalari ham
uchraydi. Unda lirik qahramon ijodga murojaat qilar ekan u haqdagi oʼz qarashlarini
bir necha hukm shaklida ifoda etadi: dardginam(1-hukm), uyqusiz tunlarni yoritar,
chiroq(2-hukm), tandagi zilzilam(3-hukm), tanholik habibi(4-hukm), umrimning
egovi(5-hukm), qalbim dardiga bir malham (6-hukm). Bu hukmlar tarkibidagi ot
lekesmalar tarkibida qoʼllanayotgan 1
-
shaxs egalik qoʼshimchasi ijod toʼgʼrisidagi bu
tasvirlar faqat soʼzlovchi shaxsigagina tegishli ekanligini anglatish uchun qoʼllangan.
Ilhom individual tarzda namoyon boʼlar ekan, beixtiyor ilhom iztirobi va zavqini
shoira boshqalardan qizgʼanayotgandek tasavvur uygʼotadi. Аna shu fahmiy jarayon
ham egalik qoʼshimchasi taʼsirida, yashirin kommunikatsiyada ifoda topadi.
Ilhom iztiroblari
har bir ijodkor shaxsida oʼzgacha talqin etilishi, anglanishi
mumkinligini ham aynan ana shu qoʼshimchalarning matn tarkibida ifoda etilayotgan
maʼnosiga yuklaydi. Koʼrinib turibdiki, har bir soʼz yoxud qoʼshimcha shunchaki til
birligi sifatida qoʼllanilma
ydi. Nutqda tinglovchiga axborot yetkazishning rang-
barang imkoniyatlari sifatida namoyon boʼladi.
Qizigʼi shundaki, ijodning lirik qahramon uchun nima ekanligi toʼgʼrisidagi
sinonim ayni paytda bir biriga antonim hamdir. Oromim raqibi↔ tunlarim yoritgan
nur, chiroq; tandagi zilzilam ↔ tanholik habibi, umrimning egovi↔ qalbim dardiga
bir malham. Bu ziddiyat shoira tomonidan “Goh chorlab, goh deyman, ket yiroq”
jumlasida oʼz ifodasini topadi.
O, ijod, dardginam,
Sen mening oromim raqibi,
Uyqusiz tunlarim yoritgan nur, chiroq!
Tandagi zilzilam,
Muqaddas tanholik habibi,
Goh chorlab, goh deyman, ket yiroq.
O, mening umrimning egovi,
O, qalbim dardiga bir malham,
Men uyqu istayman!
XULOSA
Lirik qahramon ijodni dardga, oromining raqibiga, uyqusiz tunlarini yoritgan
nurga, chiroqqa, tanidagi zilzilaga,tanholikning habibiga, umrining egoviga, qalb
dardiga malhamga mengzaydi. Shoira ijodni sifatlarini aytib, unga murojaat qilar
ekan, oʼzining ayni paytdagi istgini izhor etadi: “Men uyqu istayman!” ijodga
berilgan taʼrif
lardan uyqusiz tunlarim yoritgan nur, chiroq, tanholik habibi, qalbim
dardiga bir malham soʼzlari ijobiy ottenka tashisa, dard, oromim raqibi, tandagi
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
Do'stlaringiz bilan baham: |