Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
FILOLOGIYA
 
2017-yil, 4-son 
69 
quyosh qahrabo may toʻla kosadir. 
Gullagan oʻriklar 
jon oʻrtaguvchi – 
oq hijob yopingan shoʻx raqqosalar. (4. 171) 
Ushbu she’r tabiat tasviri bilan boshlanib, “gullagan oʻriklar”, “oq hijob yopingan shoʻx 
raqqosalar”, “kapalaklar kabi qizgʻish tabassum” kabi metaforik tasvirlarni kiritish bilan birga badiiy 
vaqtni aniqlashtiradi. Makon esa lirik qahramon turgan joy. Hayot hodisalarining, ona diyorning 
barcha puchmoqlari: qadrdon togʻlar, vodiylar, keng maydonlar, daryo va oʻrmonlaru tugʻilgan 
xonadonga uzviy bogʻlanganida koʻrinadi. Hayot va voqelik bobolar, otalar yashagan, bolalar va 
nabiralar ham yashaydigan makondan ayri holatda mavjud boʻlolmaydi. Ushbu makon dunyocha 
chegaralangan va mahdud. Oʻzga dunyo yoki begona manzillar bilan mutlaqo bogʻliq emas. Lirik 
turda makon va zamon masalasi boshqa turlarga nisbatan farqliroqdir. Chunki she’rda voqea emas, 
balki qahramonning oniy kayfiyati tasvir etiladi. Bundan koʻrinadiki, lirik ifodada birlamchi va 
ikkilamchi makon mavjudligi oydinlashadi. Birlamchi makon iztirob, tuygʻu, kechinma sodir 
boʻladigan qalb boʻlsa, qalb egasining mana shu olamda mavjudligi esa ikkilamchi makonni anglatadi. 
Lirik zamon ham juda katta ijtimoiy davr yoki bir onni qamrab olishi mumkin. 
Sadlari oq, moviy ranga boʻyalgan, 
hovlilar ustidan toshgan bulutlar. 
Goʻyo sen shirakayf turk sultoniday, 
tagingda oʻynoqlar chaqmoqday tulpor. 
Oʻtasan goʻyoki afsonalardan, 
nim qarab tor koʻcha goʻzallariga,
lablaring choʻzilar 
dudoqlarida 
gʻunchaday yashringan boʻsalariga. (4. 171) 
Ijodkor ongida tugʻilgan fikr tasavvur orqali oʻquvchi koʻz oʻngida gavdalantiriladi. Birgina 
“goʻyo” soʻzi orqali makon shoirning ongiga koʻchadi. “Turk sultoniday”, “chaqmoqday tulpor”, 
“afsonalardan”, “tor koʻcha goʻzallariga” ramziy jumlalari lirik holatni ifodalaydi. Bu yerda bahor 
fasli real zamon boʻlib kelmoqda.
Hamal oʻt nafasli milyonta qizlar, 
gullagan oʻriklar kabi tizilgan. 
Kapalaklar kabi qizgʻish tabassum 
tinmay qoʻnaverar 
rangpar yuzinga…
Shoir oddiygina “tor koʻchalarda”gi bahor faslini tasvirlaydi. “Milyonta qizlar”, “gullagan 
oʻriklar”, “qizgʻish tabassum” kabi lirik komponentlar asotsiativ tasvirda badiiy xronotopni aks 
ettirishga xizmat qiladi. Real vaqt, ya’ni bahor faslining ajoyib tarovati, goʻzalligi lirik qahramon ongi 
orqali tasvirlab beriladi. Ushbu tasviriylik shoir ijodini oʻziga xos yoʻnalishi hisoblanib, kitobxon 
tasavvurini ham boyitadi. Xronikal tasvirga asoslangan she’rlar boshqa tur she’rlaridan u qadar farq 
qilmasa-da, oʻziga xos obrazlar olami va gʻoyaviy nuqtai nazar bilan ajralib turadi. Muhimi, zamon va 
makon omillari asar loyihasidagi oʻrnini yoʻqotmasa bas (5. 55). 
Shavkat Rahmonning “Qiyos” she’ridagi xronikal tasvirda tabiiy jarayonlar (sahar, tun, bogʻ, 
anhor) tasvirga tortilib, unda lirik qahramonning oʻy-kechinmalari oʻz aksini topadi. She’r sujetidagi 
ma’lum vaqt va makon lirik qahramon tuygʻularining harakatga kelgan aniq holatini oʻzida mujassam 
etadi. 
Kuzatdim – 
har olma rangin sayyora, 
sollanib turar hur shabbodalarda, 
limilllagan anhor eshilib oqar – 
shamolda tebrangan 
shalabbo parda. 
Tun kelar, 
qadimiy osoyishta tun, 
oy haydar bulutlar – 



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish