Mavzu: Zafar Diyorning “Bahor yaqin ” she’rini izohli o’qish Darsning maqsad va vazifalari
Maqsadlar: Ta'limiy: O'quvchilarning to'g'ri, ongli, ifodali o'qish ko'nikmalarini takomillashtirish, lug'at boyligini oshirish.
Tarbiyaviy: Vatanning o'tmishi, shu Vatanda yashagan, uni e'zozlagan buyuk insonlar haqida ma'lumot berish orqali vatanni muqaddas bilish va u bilan faxrlanish hissini, Vatanga muhabbatni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Vatanparvarlik tuyg'ularini rivojlantirish, e'tiqodni mustahkamlash. Ravon to'g'ri, ifodali o'qish malakalarini rivojlantirish, Lug'at boyligini rivojlantirish.
Tayanch kompetentsiyalar:
TK2 Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, telefon, komp’yuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga ongli munosabat bildirish, xulosa chiqarish;
TK3 O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘qib-o‘rganib borish orqalibilimini oshirib borish.
FK2:o`qilgan asar mazmuniga doirsavol va topshiriqlarga javob bera olish;
Kutilayotgan natija
Dars yakunida o'quvchilar Vatanning o'tmishi, uning buyuk shaxslari haqidagi tushunchaga ega bo'ladilar. To'g'ri, ifodali o'qish malakalari takomillashadi.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
O’tib ketdi qishning sovuq
Ham bo’ronli kunlari.
Ortda qoldi oy, yulduzsiz,
Tim qorong’i tunlari.
Endi quyosh ko’proq boqar,
Dalalarga, bog’larga.
Quchoq-quchoq yog’du sochar,
Adirlarga, tog’larga.
Bezanishar dala-qirlar,
Chechak taqar o’tloqlar.
Bahor yaqin, bahor yaqin,
Bahor yaqin, o’rtoqlar.
Ko’nglim yana tog’day o’sar,
Ko’rkam bahor kelganda.
Quvongayman dasta-dasta
Gul-chechaklar terganda…
Zafar Diyorning “Bahor yaqin ” she’rini izohli o’qish darsining varianti sxemasi quyidagicha bo’lishi mumkin:
1) she’r mazmunini yaxlit idrok etish uchun uni ifodali o’qib berish (birinchi sintez);
2) she’rda tasvirlangan bahor belgilari haqida suhbat (analiz):
3) she’rni ifodali o’qishni mashq qilish (ikkinchi sintez);
4) uyda she’rni ifodali o’qish va yod aytib berishga tayyorlanish;
5) keyingi darsda she’rni ifodali o’qitish, ifodali yoddan ayttirish
IV. Mustahkamlash.
Savol-javob o’tkazaman.
1. O'zbekistonda qanday avtomobillar ishlab chiqariladi?
2. Ularning boshqa avtomobillardan farqi nimada?
3. Vatanimiz mustaqilligi bayramini nima uchun nishonlaymiz?
4. O'zbekistonning gerbi va bayrog'ida nimalar tasvirlangan?
5. O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasini yodlaganmisiz? Undagi «Serquyosh», «hur o'lka», «elga baxt, najot» kabi so'z va iboralarning ma'nosini qanday tushunasiz?
6. «O'zbekiston — kelajagi buyuk davlat» deganda nimalarni tushunasiz?
7. Mustaqillik o'zbek xalqiga qanday erkinliklar berdi?
V. Dars yakuni . O’quvchilar bilimi baholanadi.
VI Uyga vazifa: matnni o’qib so’zlash.
1-guruh uchun. 1-2-sinflarda o’rganiladigan ilmiy-ommabop maqolalarni ajrating va guruhlang.
2-guruh uchun.3-sinfda o’rganiladigan ilmiy-ommabop maqolalarni ajrating va guruhlang.
3-guruh uchun 4-sinfda o’rganiladigan ilmiy-ommabop maqolalarni ajrating va guruhlang.
O’qiladigan matn yuzasidan bolalar tajribasi va bilimini aniqlash, ularni matn mazmunini tushunishga tayyyorlash maqsadida taxminiy suhbat o’tkazish.
Asarni yoki uning ma’lum bir qismini o’qish, lug’at ustida ishlash.
Asar rejasini tuzish.
O’qilgan maqola yuzasidan suhbat uyushtirish.
Matnni asosiy mazmunin aniqlash va reja qismlarini yoritish.
She’rni yod olishi yaxlit o’qish.
Reja asosida qayta hikoyalash.
Xulosalash va umumlashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |