Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
TARIX
 
 
2017-yil, 4-son 
30 
muhim huquqiy asos boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15 fevraldagi 
“Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 
PF № 4956-sonli Farmoniga asosan yuqorida keltirilgan farmondagi ba’zi bandlar oʻz kuchini 
yoʻqotdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 5-mart PF 1419-sonli “Oʻzbeknavo gastrol-
konsert birlashmasini tashkil etish toʻgʻrisida” Farmoni musiqa-raqs san’atini rivojlantirishni davlat 
yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash maqsadida e’lon qilingan edi. Bu farmon asosida musiqa san’atining 
estrada, maqom, milliy qoʻshiqlar yoʻnalishlari rivojlandi. 2017-yil 15 fevraldagi Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF № 4956 sonli Farmoniga asosan “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi va 
“Oʻzbekraqs” milliy raqs birlashmasi negizida Madaniyat vazirligi huzurida “Oʻzbekkonsert” davlat 
muassasasi tashkil etilgani bois yuqorida keltirilgan farmonda oʻz kuchini yoʻqotdi[8]. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 29-aprelda “Oʻzbekkino davlat-aksiyadorlik 
kompaniyasini tuzish toʻgʻrisida” qabul qilingan Farmoni mamlakatimizda kino san’atini 
rivojlantirishning huquqiy asosi boʻlib xizmat qilib kelmoqda va bu farmon asosida kino san’ati sohasi 
faoliyatida koʻplab ijobiy oʻzgarishlar yuz berish natijasida kino san’ati rivojlandi[9]. 
Milliy madaniyatni rivojlantirishda xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san'atining 
ahamiyatini oshirish, qoʻlda ishlanadigan yuksak badiiy buyumlarni tayyorlash asriy an'analarini va 
oʻziga xos turlarini qayta tiklash hamda xalq hunarmandlariga davlat tomonidan madad koʻrsatish 
maqsadida 1997-yil 31 martda chiqarilgan PF № 1741-sonli “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va 
amaliy san’atni yanada rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora tadbirlari 
toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Farmoni asosida: xonadon sharoitida yuksak badiiy 
buyumlar ishlab chiqaruvchi xalq hunarmandlari mahalliy xom ashyo, materiallar, asboblar va kichik 
mexanizatsiya vositalari bilan ta'minlandi, tayyor mahsulotlarni sotish boʻyicha ixtisoslashtirilgan 
doʻkonlar va kioskalar tarmogʻini tashkil qilindi, yoshlarni xalq san'ati ustalarining koʻnikmalariga 
oʻqitib oʻrgatish uchun zarur shart-sharoitlari vujudga keltirildi, badiiy hunarmandchilik va amaliy 
san'atning eng yaxshi namoyondalari xizmatlarini, ularning milliy madaniyatni yanada rivojlantirishga 
va iste'dodli yoshlarni tayyorlashga qoʻshgan hissasini ragʻbatlantirish maqsadida «Oʻzbekiston 
Respublikasi Xalq ustasi» unvonini ta'sis etildi va koʻplab amaliy san’at ustalari shu unvon bilan 
taqdirlanib kelimoqda. Bundan tashqari xalq ustalarining, «Usto» birlashmasi va «Musavvir» ilmiy-
ishlab chiqarish markazining ushbu markaz huzurida xalq hunarmandlarining Qoraqalpogʻiston 
Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida boʻlinmalarga ega boʻlgan «Hunarmand» 
uyushmasini tashkil etilib faoliyati yoʻlga qoʻyildi[10]. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan boshlangan buyuk ishlar bugungi kunda 
ham davom etmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 
tomonidan 2017 yil 15 fevralda madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini tubdan 
takomillashtirish, ushbu sohada davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini keskin oshirish, 
Oʻzbekiston xalqining boy va oʻziga xos madaniyati, san’ati va ijodini yanada rivojlantirishni 
ta’minlash, aholining keng qatlam oʻrtasida ma’nan va axloqan komil inson boʻlishga va sogʻlom 
turmush tarzini yuritishga intilishni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish maqsadida “Madaniyat va sport 
sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF № 4956-sonli 
Farmon chiqarildi.
Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatiladi va 
uning negizida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi 
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi tashkil etildi. Alohida ta’kidlash joizki, farmonga koʻra, 
Madaniyatning ushbu sohalarda davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha barcha jabhalarini qamrab 
oluvchi quyidagi asosiy vazifa va faoliyat yoʻnalishlari belgilangan: 
- milliy madaniy va ma’naviy merosimizni asrab-avaylash va boyitish, san’at va badiiy ijodni 
har tomonlama rivojlantirish, aholining ma’naviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada oshirishni 
ragʻbatlantirish, uni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirish boʻyicha 
tizimli choralarni amalga oshirish; 
- aholining keng qatlami, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbida mustaqillik gʻoyasiga, yuqori 
ma’naviyat va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuygʻulari yanada chuqur ildiz otishi, radikalizm va 
ekstremizmdek yot gʻoyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash, jamiyatning oʻsib kelayotgan 



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish