O‘ramali tom qoplamasini qurishni mastikali usuli.
Bu usulning texnologik sikli
qo„yidagi operatsiyalarni o„z ichiga oladi:
-
o„rama materiallarni sepilgan himoyalovchi mineral qatlamdan tozalash va ularni
deformatsiyalarini yo„qotish uchun qayta o„rash;
-
tom qoplamasini qurish uchun kerak bo„lgan materiallarni tom asosiga ko„tarish;
-
gidroizolyatsion tom qoplamasi gilamini qurish.
Ishlarni bajarish mexanizatsiyalashgan usulda tayyor ikki, uch yoki to„rt qatlamli
gidroizolyatsion gilam tayyorlangan asosga issiq va sovuq bitum mastikalari bilan
yopishtiriladi.
Gidroizolyatsion qoplamali gilam qurishni mastikali usulida eng mehnat talab
operatsiyalar bu bitum mastikasini tayyorlash, ob‟yektga tashib keltirish, tomga uzatish va
asosga surish bo„lib, ularni bajarishda turli mashinalar, jihozlar va moslamalardan
foydalaniladi. Tom qoplamasini qurishni bu usulida qo„l mehnatining ulushi ancha yuqori,
gidroizolyatsion gilamni yopishtirishda asosga yopishtiriladigan bitum mastikasi qatlami
qalinligini nazorat qilish murakkab bo„lib, ishning sifatini pasayishiga va yelimlovchi
materiallarning ortiqcha sarf bo„lishiga olib keladi.
Tom qoplamasini qurishni mastikasiz usuli.
Keyingi paytlarda gidroizolyatsion
tom qoplamasi gilamini hosil qilishda zavod sharoitida ikkala tomoniga qalin qilib (0.5...0.4
mm) bitum mastikasi surilgan eritib yopishtiraladigan o„rama materiallar keng
qo„llanilmoqda.
Ishlab chiqarishi oshib borayotgan eritib yopishtiriladigan o„rama materiallarni
qo„llanilishi tom qoplamasi gidroizolyatsion gilamini qurish davomiyligini kamaytirish va
texnologiyasini ancha soddalashtiradi. Bundan tashqari ob‟yektda yelimlovchi materiallarni
tayyorlash jarayonini yo„qolishiga, tom qoplamasi ishlarida 2...2,5 martaga qo„l mehnati va
tannarxini kamayishiga, ishlatiladigan bitum materiallari miqdorini kamaytirish, tom
qoplamasi
mashinalari
sonini
2-3
birlikka
kamaytirish
va
ularning
ishlarini
avtomatlashtirish, tom
qoplamasi yuqori sifatini ta‟minlash, mehnat madaniyati va unumdorligini oshirish,
ishchilaming mehnat sharoitini yaxshilash imkonini beradi.
Gidroizolyatsion gilamni yopishtirishdan oldin tom qoplamasi asosi yuzasi muz,
qirov, qor qatlamidan tozalanadi va yuzaga issiqlik bilan ishlov beradigan maxsus ko„chma
mashinalar yordamida asos quritiladi (9.35-rasm).
Asosni quritish hamda uni yuzasidan muz, qirov va nozik qor qatlamini ketkazish
ochiq alanga ta‟siri yoki issiq gazlar oqimi yordamida bajariladi. Mashina asos quritilishiga
qarab oldinga siljiydi. Mashinaning unumdorligi asosni quritishda 25...30 m /soat, qalinligi
1,0... 1,5 mm muzni tozalaganda - 50 m /soat, yoqilg„i sarfi 10...12 l/soat.
7.35-rasm. Tom qoplamasini asosidan muzni ketgazuvchi va qurituvchi mashina.
Eritib yopishtiriladigan o„ramali materillardan tom qoplamasini qurish uchun
mashinalar.
Eritib yopishtiriladigan o„ramali materiallardan
gidroizolyatsion qoplamali gilamni qurish texnologiyasi shundan iboratkim, o„rama
materialning qoplangan mastika qatlami yelimlovchi holatga keltirilib bir vaqtning o„zida
o„ramali material lentasi ochilib va ketma-ket zichlanib boriladi. Eritib yopishtiriladigan
o„ramali materiallarni ikki xil yopishtirish (yelimlash) usuli mavjud -
olovli
(issiq), bunda
materialni bitumli qatlami 160...180°S gacha gorelka alangasi yordamida isitilib (qizdirilib)
yelimlanadigan holatga olib kelinadi;
olovsiz
(sovuq), bunda materialni bitumli qatlami
maxsus erituvchi- plastifikatorlar yordamida (uayt-spirit, kerosin va b.) yumshatilib
yelimlanadigan
holga olib kelinadi. Olovsiz usulda sifatli tom qoplamasi materialini olish uchun
' j
qoplama asosi va ruberoidni tutashuvchi yuzasiga 45...60 g/m miqdorida erituvchi-
plastifikator so„riladi va ketma-ket zichlanadi. Eritib yopishtiriladigan o„ramali
materiallardan yassi tomlarda olovsiz usulda gidroizolyatsion gilamni qurishda (hosil
qilishda) ko„chma mashinalar, majmuali-mexanizatsiyalashtirilgan qurilmalar (tom
qoplamasi majmualari) qoTlaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |