Va O‘Rta maxsus ta’lim vaziRligi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/57
Sana30.05.2022
Hajmi0,74 Mb.
#621035
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   57
Bog'liq
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Ikkinchi bob
.
madaniyatning asOsiy sOhalaRi
Shunday qilib, san’at bizda insonning o‘zini tasvirlash orqali ham, uning 
atrofidagi hodisalarni aks ettirish orqali ham muayyan tuyg‘ular uyg‘otadi. 
San’at narsalardan, tabiat hodisalaridan inson uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’no 
izlaydi, qidirib topadi va ko‘rsatadi.
San’at voqelikni aks ettirib, barcha badiiy qadriyatlarni o‘zida 
mujassamlashtirar va qamrab olar ekan, demakki, voqelik san’atning asosiy 
mavzui hisoblanadi. San’at voqelikka qadriyatli munosabat timsoli sifatida ayni 
vaqtda bilishning ham o‘ziga xos alohida turini anglatadi. Chunki u obyektiv 
haqiqatlarni, estetik qadriyatlarni anglash va bilish jarayonining tarkibiy 
qismidir. San’at narsa-hodisalarning mohiyatini o‘ziga xos tasviriy va ifodaviy 
yo‘l bilan ochib beradi, inson ruhiy holatining eng nozik nuqtalarigacha kirib 
boradi.
San’at bilan fan madaniy faoliyatning mahsuli sifatida bir-biriga juda 
yaqin, lekin ular birining o‘rnini ikkinchisi bosa olmaydi. Masalan, Abdulla 
Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romani, Oybekning «Navoiy» romanlari tarixiy 
tadqiqotlar darajasida ma’lumot bera olmaydi, tabiiyki, bu uning asosiy 
funksiyasi ham emas. Boshqa tomondan, muayyan tarixiy tadqiqotlar 
«O‘tgan kunlar», «Navoiy» asarlarini o‘qish jarayonida tug‘ilgan tasavvurlar 
o‘rnini bosolmaydi. San’atning fandan farqli jihati uning tarixiy jarayonlarni, 
xalq hayotining rang-barang sohalarini yakka olingan shaxslar taqdiri orqali 
ifodalashda ko‘zga tashlanadi. San’at inson hayotining fan kuchi yetmaydigan 
sirli tomonlariga kira olish, uning xulq-atvori sabablari tagiga etish, o‘ziga, 
odamlarga, tabiatga bo‘lgan munosabatini aniqlashda ijtimoiy ongning 
boshqa turlaridan ajralib turadigan o‘ziga xos qudratga egaligidadir.
San’at inson ko‘z o‘ngida jamiyat madaniy hayotining barcha 
murakkabliklarini, ehtiroslar va qarashlar jozibasini, ziddiyatli kayfiyatlarni 
o‘ziga xos tarzda gavdalantiradi.
San’atning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rnini belgilash ko‘p jihatdan uning 
mafkuraviy tabiatini anglash bilan bog‘liqdir. Shuni ta’kidlash kerakki, san’at 
hech vaqt yolg‘iz u yoki bu mafkura, u yoki bu qarash larning emas, balki 
umuminsoniy manfaatlar va intilishlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ifodalash vositasidir. 
har qanday mafkura umumin soniy bo‘lsagina san’at mag‘zidan o‘rin oladi. 
Mafkuraning san’at mag‘ziga kirib, singib borish jarayoni xilma-xil shakl va 
yo‘nalishlarga egadir.
San’at ma’naviy hayotda sodir bo‘layotgan har qanday o‘zgarishlarga 
munosabat bildiradi, davr ma’naviy-madaniy muhitining hamma tomonlarini, 
1
Qaralsin: Ismoil al-Buxoriy. hadis. 4-jild, T.: Qomuslar bosh ta’ririyati. 1992, 204, 
348-b.
2
Temur tuzuklari. Toshkent, G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot, 1991, 57-b.
7— Zakaz  23


98
madaniyatshunOslik asOslaRi
shuningdek, ijtimoiy tafakkur ruhini aks ettiradi. «Davr ma’naviy muhiti» san’at 
turlarining hammasida bir xil aks etmaydi. Bular orasida, masalan, badiiy 
adabiyot bunday «muhit»ga eng yaqin turadi, sho‘rolar davrida yozuvchilar 
ijodida kommunistik mafkura muammolari nihoyatda keng o‘rin egallaganligi 
bunga misol bo‘la oladi. O‘sha davrda ko‘p yozuvchilarning roman, qissa, 
hikoya, drama, umuman asarlari badiiy to‘qimasiga kommunistik mafkura 
g‘oyalari keragidan ortiq darajada singdirilgan bo‘lib, ular davr ma’naviy 
hayotining manzaralari, kommunistik-sinfiy, siyosiy-axloqiy, falsafiy g‘oyalar, 
aqidalar bilan to‘lib-toshgan edi, o‘z davri xususiyatini aks ettiruvchi «san’at-
mafkura» tizimini gavdalantirardi.
San’at voqelikni aks ettirish jarayonida jamiyatda amal qilayotgan axloqiy 
munosabatlarni, odob qoidalarini, g‘oya va qarashlarni, inson ichki dunyosini, 
axloqiy qiyofasini ham ochib beradi. Shu bois, san’atni inson axloq-odobining 
ko‘zgusidir, deyish mumkin.
Axloqiy muammolar majmui badiiy asar mazmunining tarkibiy qismi 
ekanligi sir emas. Ayniqsa, badiiy adabiyot, teatr, kino, tasviriy san’at 
asarlarida muammolar tuguni, to‘qnashuvlar, qahramonlarning fe’l-atvori, 
xatti-harakatlari, tasvirlanayotgan obyektning muallif ko‘zi (aqli, iste’dodi) 
bilan baholanishi — bularning hammasi axloqiylik bilan sug‘orilgan bo‘ladi. 
haqqoniylikka asoslangan san’at doimo ezgulikka xizmat qiladi. Amir Temur, 
Bo‘ronli edigey, Otabek, Anvar, Jaloliddin, Ulug‘bek, Navoiyning ramziy 
qiyofalarida xalqning o‘lmas va abadiy axloqiy fazilatlari tarannum etilgan. Ayni 
paytda, san’at yovuzlik va axloqsizlikning xunuk va pastkashligini fosh etish 
orqali ham axloqiylikka xizmat qiladi. Masalan, A. Qahhorning «Og‘riq tishlar», 
e. Vohidovning «Oltin devor», B. Rahmonovning «Yurak sirlari», «Surmaxon» 
komediyalarida yovuzlik, xudbinlik, loqaydlik, yulg‘ichlik kabi xunuk illatlarni 
ochib tashlash aslida ezgulik, poklik, rostgo‘ylik, halollik kabi insoniy fazilatlarni 
tasdiqlashga bo‘ysundirilgan.
San’at qadim davrlardan beri din bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanib kelgan, 
qadimdan san’at va din an’anaviy bir butunlikni tashkil etgan edi. San’at va 
din zaminida yotgan his-tuyg‘u bir xil ma’noga ega emas, albatta. Masalan, 
san’atda ham, dinda ham xayol surish mavjud, biroq badiiy xayol surish diniy 
xayoldan tubdan farq qiladi. Din, oldingi sahifalarda qayd etilganidek, voqelikni 
mavhum, qiyosiy tarzda xayol qilsa, san’atda xayol voqelikka nisbatan timsollar 
vositasida mujassamlashadi.
Agar din voqelikni mavhum shaklda aks ettirsa, san’at in’ikosda dalil-isbotli 
tarixiylikka asoslanadi. Din ko‘proq ilohiylikka suyanadi, san’at esa dunyoviylik 
1
I. A. Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-tom. — T.: O‘zbekiston, 1996, 
7—8-b.


99

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish