52
madaniyatshunOslik asOslaRi
(konservativ) xususiyatlaridan unumli foydalanishga zo‘r beradi. Agrar ishlab
chiqarishga asoslanuvchi jamiyatning madaniyat strukturasida diniy bilim va
qadriyatlar muhim rol o‘ynaganligi, diniy ta’limot va falsafaning agrar ishlab
chiqarishning cheklanganligiga mos ravishda shaxs ehtiyojlarini cheklashga
zo‘r berganligini tasdiqlovchi tarixiy faktlarni ko‘plab keltirish mumkin.
Sanoat ishlab chiqarishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan demokratik
siyosiy tuzum madaniyatning taraqqiyparvarlik funksiyasini to‘laroq ro‘yobga
chiqarishga, qoloqlik, tanballikni targ‘ib etuvchi o‘tmish madaniy merosdan
sabot bilan voz kechishga, ilm-fan va shaxs erkinligini qo‘llab-quvvat lashga
zo‘r beradi.
Insoniyat tarixining tub burilish davrlarida, bir ijtimoiy-siyosiy tuzum dan
yangisiga o‘tish davrlarida madaniy merosga munosabat masalasi eng dolzarb
ijtimoiy-siyosiy muammo hisoblanadi. Zero, o‘tmish madaniy merosida o‘tmish
ruhi, konservatizm, turg‘unlik va, ayni vaqtda, progressiv elementlar, yangilik
va ijobiy xususiyatlar mavjud bo‘ladi. Ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlaridan kelib
chiqadigan siyosiy tizimgina madaniyatning yaratuvchan, ijobiy va progressiv
xususiyatlaridan to‘laroq foydalanishga intiladi.
Shaxs — mavjud siyosiy tuzumni, ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirishga
kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi madaniyatli insonning sotsial sifatidir.
Inson
madaniyatning barcha ilg‘or yutuqlarini chuqur o‘rganish orqali o‘zida qator
sotsial sifatlarni shakllantiradi. Mustahkam imon-e’tiqod — shaxsning eng
muhim sotsial sifati hisoblanadi. Imon va e’tiqodning shakllanishida din, ta’lim-
tarbiya va ijtimoiy-siyosiy muhit katta rol o‘ynaydi. Din ma’naviy madaniyatning
muhim tarkibiy qismi sifatida odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni
takomillashtirish,
ijtimoiy barqarorlik, totuvlik,
tinchlik va hamjihatlikni
ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Din — umumbashariy qadriyat sifatida
kishilarda axloqiy fazilatlar, insoniy sifatlarni shakllantiradi.
Shaxs abadiylik, ezgulik haqidagi tushuncha va tasavvurlarni diniy e’tiqod,
diniy tarbiya va ta’limotlar vositasida egallaydi. Mustahkam imon-e’tiqod
shakllanishi bilan kasb-kor, faoliyat shaklining qandayligidan qat’i nazar shaxs
jamiyat
taraqqiyotiga, ijtimoiy jarayon larga kuchli ta’sir ko‘rsata boshlaydi.
Shaxsning kamol topishi, unda mustahkam imon-e’tiqodning shakllanishi
individ uchun g‘oyat mashaqqatli va ziddiyatli jarayon sifatida kechadi. Shaxs
olamni bilish orqali o‘zligini anglashga, o‘z «men»ligini bilish orqali olam
mohiyatini chuqurroq bilishga erishadi. Shaxs o‘z-o‘zini tarbiyalovchi, o‘z
faoliyatiga tanqidiy baho beruvchi, o‘z-o‘zini nazorat qiluvchi sifatida muttasil
ravishda kamolotga intiladi.
Milliy madaniyatimiz tarixida chuqur iz qoldirgan ulug‘ mutafakkirlar
inson shaxsi kamol topishining eng umumiy qonuniyatlarini ochishga harakat
qilganlar. Buyuk mutasavvuf Abduholiq G‘ijduvoniy o‘z «Vasiyatnoma»sida