1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


  2.1-rasm. Marketing kommunikatsiyasi vositalari



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

39 
2.1-rasm. Marketing kommunikatsiyasi vositalari 
Marketing kommunikatsiyasining har bir elementi aniq bir marketing 
masalalarining yechimiga xizmat qiladi. Buni quyidagi jajvalda ko‘rishimiz mumkin 
(2.5-jadval). 
 
2.5-jadval
Marketing kommunikatsiyalari elementlarining maqsadlari 
Maqsad 
Reklama 
Sotishni 
rag‘batlantirish 
PR 
Turli 
aksiyalar 
Direkt- 
marketing 
Firmani yangi 
bozorga olib chiqish 
Juda 
muhim 
– 
muhim 
Juda 
muhim 
– 
Yangi mahsulotni 
taklif qilish 
Juda 
muhim 
– 
Juda 
muhim 
Muhim 
– 
Tovarning sotish 
hajmini oshirish 
Muhim 
Juda muhim 
– 
– 
– 
Ayrim iste’molchilar 
guruhi ehtiyojlarini 
qondirish 
– 
Muhim 
– 
– 
Juda muhim 
MARKETING KOMMUNIKATSIYASI 
KANALLARI
Xabarlarni taqdim etish 
vositalari
Ifodalanish
shakliga ko‘ra
leksik grafik
audio-video
belgili
harfli 
raqamli
grafik
Qo‘llash 
imkoniyatiga ko‘ra
bir marotabali
ko'p marotabali
Xabarlarni tarqatish kanallari
OAV
teleko'rsatuv
radio
matbuot
tashqi reklama
Internet
Shaxsiy 
kommunikatsiya 
kanallari
Bevosita muloqot
Texnik vositalar 
orqali muloqot


40 
Marketing kommunikatsiyalarining tasniflari quyidagilar:
Mo‘ljallanganligiga ko‘ra

Oldindan mo‘ljallangan kommunikatsiyalar -
kommunikator tomonidan 
maqsadli auditoriyaga ta’sir ko‘rsatish mo‘ljallangan yoki rejalashtirilgan 
kommunikatsiyalar tushuniladi; 
Ko‘zda tutilmagan kommunikatsiya
– kommunikatorga bog‘liq bo‘lmagan va 
oldindan rejalashtirilmagan kommunikatsiyalar. 
Marketing kompleksida paydo bo‘lishiga ko‘ra: 
Reklama (Advertising); 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing (Direct marketing); 
Sotishni rag‘batlantirish yoki sotuvni jadallashtirish (Sales promotion); 
Jamoatchilik bilan aloqalar (Public relations).
Kommunikatsiya jarayonining tashkil etilishiga ko‘ra yoki murojaatlar turiga 
ko‘ra: 
Shaxsiy kommunikatsiya
– bu ikki yoki undan ortiq kishilar o‘rtasida birorta 
kommunikatsiya vositasi yordamida tovar va xizmatlarni siljitish maqsadida tashkil 
qilinadigan kommunikatsiyadir. Shaxsiy kommunikatsiya dialog, telefon orqali 
suhbat, teleko‘rsatuv orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat shaklda o‘tkaziladi; 
Shaxsiy bo‘lmagan kommunikatsiya – 
kommunikativ vositachilar ishtirokida 
tashkil etiladigan kommunikatsiya bo‘lib, ommaviy tusga ega bo‘ladi. Shaxsiy 
bo‘lmagan kommunikatsiyaning maqsadi tovar va xizmatlar to‘g‘risida ma’lum 
qilish, ushbu tovarlarni iste’molchilar harid qilishlari uchun emas, balki “harid 
ro‘yxati”ga kiritib qo‘yishlari uchun tashkil qilinadi.
 
Davomiyligiga ko‘ra

Qisqa muddatli kommunikatsiyalar 
– muayyan davrda ma’lum muddatga 
tashkil qilinib, keyinchalik to‘xtatiladigan kommunikatsiyalardir. Masalan, bayramlar 
arafasidagi narx chegirmasi;
O‘rta muddatli kommunikatsiyalar –
talabning mavsumiyligiga bog‘liq xolda 
bir necha mavsum davomida qo‘llaniladigan kommunikatsiyalar. Masalan, reklama. 
Uzoq muddatli kommunikatsiyalar
– bir yoki bir necha yillar mobaynida o‘z 
tashqi ko‘rinishini o‘zgartirmaydigan kommunikatsiyalardir. Masalan, tovar belgisi, 
brend, firma uslubi. 
Takroriy qo‘llanilishiga ko‘ra

Bir 
marotabalik 
kommunikatsiyalar
– bir marta qo‘llaniladigan 
kommunkiatsiyalar; 
Ko‘p marotabalik kommunikatsiyalar
– takrorlanadigan kommunikatsiyalar

Maqsadli yo‘naltirilganligina ko‘ra
: yakuniy iste’molchiga yo‘naltirilgan 
kommunikatsiyalar; vositachilarga yo‘naltirilgan kommunikatsiyalar; hamkorlarga 
yo‘naltirilgan kommunikatsiyalar; raqiblarga yo‘naltirilgan kommunikatsiyalar; 
davlat organlari va jamoatchilik fikriga yo‘naltirilgan kommunikatsiyalar va ichki 
tizimga yo‘naltirilgan kommunikatsiyalar. 
Keltirilgan tasniflar mukammal bo‘lmasada, kommunikatsiya turlarini alohida 
guruhlarga ajratish imkonini beradi. Ushbu tasniflardan eng mukammal tasnifi 


41 
shaxsiy va shaxsiy bo‘lmagan kommunikatsiyalar hisoblanadi. Deyarli barcha 
kommunikatsiya turlarini ushbu guruhga birlashtirishimiz mumkin.
 
Marketing kommunikatsiyasi tovar va xizmatlarni bozor segmentlarida siljitish 
bilan bog‘liq tadbirlarni o‘z isiga oladi. Kommunikatsiyaning aossiy elementlari 
quyidagilar: 

 
reklama,

 
sotishni rag‘batlantirish,

 
jamoatchilik bilan aloqalar,

 
shaxsiy sotish,

 
direkt-marketing. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish