Media-rejalashtirish (inglizcha “media planning”)
– axborot kampaniyasi
rejasini tuzish, materialni joylashtirish uchun OAV va boshqa media-maydonlarni
tanlashdir. To‘g‘ri media-rejalashtirish xabarning kerakli auditoriyaga yetib borishi
uchun imkoniyat yaratadi. media-maydonni va namoyish vaqtini oqilona tanlash
xabar qanday auditoriyaga mo‘ljallangan bo‘lsa, aynan shu auditoriya uni ko‘rishi va
234
eshitishi uchun garov bo‘ladi. Media-rejalashtirish OAVni tanlash, axborot
kampaniyasi bosqichlarini vaqt nuqtai nazaridan rejalashtirishni o‘z ichiga oladi.
Odatda, media-reja jadval ko‘rinishida tuziladi. Jadvalda media-maydon, xabarning
turi (maqola, audio-video rolik, banner va hokazo), chiqarilish kuni, necha marta
chiqarilishi, xronometraj (teleradio xabarlari uchun), betlar soni (gazeta, jurnallar
uchun) ko‘rsatiladi. Bunday jadval shakli ehtiyojdan kelib chiqqan holda ishlab
chiqilishi mumkin. Shunday qilib, media-rejalashtirishda asosiy negizlari sifatida
maqsadlarni shakllantirish, faoliyat strategiyasi va taktikasini tanlashni ko‘rsatish
mumkin.
Qo‘yilgan maqsadlarning turiga qarab, strategik, taktik va tezkor media-rejani
ishlab chiqiladi.
Reklama amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, taktik va tezkor media-rejani amalga
oshirishi, ya’ni o‘z oldiga o‘rta muddatli (bir yilga) va qisqa muddatli (hafta, oy,
chorak) maqsadlarni qo‘yishi mumkin.
Media-rejalashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
−
media- kampaniyasining maqsad va vazifalarini aniqlab olish;
−
maqsadli auditoriyani belgilash;
−
axborot tarqatishning eng maqbul kanallari va usullarini izlash, shu
jumladan, OAV reytingini tahlil qilish: umumiy qamrov, ko‘zlangan auditoriyani
keng qamrab olish;
−
media-rejani tuzish;
−
media-reja byudjetini tuzish va asoslab berish;
−
media-reja samaradorligini hisoblab chiqish.
Media-rejalashtirish media-kanallarni tadqiq etish orqali amalga oshadi.
Media-tadqiqotlar sotsiologik tadqiqotlar orqali amalga oshiriladi va bunda so‘rov
o‘tkazish va ularning tanlov ehtimoli muhim ahamiyatga ega.
Media- tadqiqotlar quyidagicha tasniflanadi:
Davriyligiga ko‘ra:
– bir marotabalik
(media- tadqiqotlar rejalashtirilgan davrda bir marotaba
o‘tkaziladi);
−
davriy
(media- tadqiqotlar davriy ravishda, yoki ba’zi hollarda bir marotaba
yoki bir necha marotaba o‘tkaziladi);
−
uzluksiz
(media- tadqiqotlar rejalashtirilgan davr mobaynida doimiy ravishda
o‘tkazilib boriladi. Bu bir necha oydan bir necha yilgacha cho‘zilishi mumkin).
Ma’lumot to‘plash shakliga ko‘ra
:
−
so‘rov orqali
(respondentlardan intervyu, anketa,
so‘rovlar
o‘tkazish orqali
o‘tkaziladi. Bunda tadqiqot o‘tkazuvchi sifatida intervyu oluvchi qatnashadi);
−
apparatli
(intervyu oluvchi
ishtirokisiz respondentlardan zarur ma’lumotlar
olinadi).
Davomiyliliga ko‘ra
:
–
panel tadqiqotlar
(doimiy respondentlardan ma’lum davr mobaynida
muntazam ravishda so‘rovlar o‘tkazib turiladi);
–
tanaffusli tadqiqotlar
(so‘rovlarda har safar yangi respondentlar ishtirok
etadilar).
Do'stlaringiz bilan baham: |