1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

7.1-jadval
Ommaviy marketing va individual marketing o‘rtasida farqlar 
Ommaviy marketing 
Individual marketing 
Haridorlar(o‘rtacha statistik 
ko‘rsatkichda) ko‘p sonliligi 
Alohida haridor 
Haridorlarning mavhumligi 
Aynan bir haridorga yo‘naltirilganligi 
Standartlashgan tovar 
Shaxsga yo‘naltirilgan bozor taklifi 
Ommaviy ishlab chiqarish 
Alohida iste’molchilarga ishlab chiqarish 
Ommaviy taqsimlash 
Alohida iste’molchilarga 
yo‘naltirilganligi 
Ommaviy siljitish 
Harid chog‘ida ayrim toifalar uchun 
rag‘batlantirishlar joriy etish 
Tovar haqida ma’lumot berishning bir 
yo‘nalishdaligi 
Teskari aloqaning mavjudligi 


177 
7.1-jadval (davomi) 
Keng miqyosni qamrab olishi 
Tor va mukammal miqyosni qamrab olish 
Barcha haridorlarni qamrab olishi 
Ko‘proq naf keltiradigan haridorlarni 
qamrab olish 
Bozorda ulushga ega bo‘lishi 
Haridorlar ulushiga ega bo‘lish 
Haridorlarni jalb qilishi 
Haridorlarni ushlab turish 
Bugungi kunda xorijiy mamlakatlarda direkt-marketing juda ommalashib ketdi. 
Bu jarayon kelgusida yanada rivojlanadi. O‘zbekistonda direkt-marketing rivojlanish 
sur’ati xorij mamlakatlariga qaraganda birmuncha pastroq. Shuni ham alohida 
ta’kidlash joizki, bundan bir necha yillar oldin ayrim yirik firma va kompaniyalar 
direkt-marketingdan foydalanishgan va o‘z amaliyotida qo‘llagan bo‘lsalar, bugungi 
kunda kichik biznes sub’ektlari ham qo‘llamoqdalar.
Direkt-marketingning ikki jihatini alohida qarab chiqish joiz. Bir tomondan 
direkt-marketing – iste’molchilar bilan uzoq muddatli aloqalarni o‘rnatish bo‘lsa, 
boshqa tomondan sotish operatsiyalarining bevosita amalga oshirilishidir. Direkt-
marketingning tarifi ham quyidagi besh jihatga asoslanadi:
1. Direkt-marketing – sotuvchi va mijozning o‘zaro ikki tomonlama 
munosabatlari amalga oshadigan interaktiv tizimdir. Masalan, kompaniya 
buyurtmalar uchun katalogni pochta orqali jo‘natishi mumkin; mijozlar esa o‘z 
navbatida telefon orqali qo‘shimcha axborotlar olish, muammolarni aniqlash va 
buyurtmani shakllantirish shartlarini kelishib olishi mumkin.
2. Direkt-marketing – ikki tomonlama kommunikatsiyaning bir qismi sifatida 
doimiy ravishda iste’molchidan javob reaksiyasini kutadi. Bu o‘ziga xos teskari aloqa 
bo‘lib, javob olingan va olinmagan taqdirda ham firmaning marketing rejasi uchun 
muhim ahamiyatga ega.
3. Direkt-marketing – barcha joyda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vositadir. 
Javob reaksiyasi uchun ikkinchi tomonning chakana savdo do‘koni yoki muayyan bir 
sotuvchining bo‘lishini talab etmaydi. Buyurtmani kunning istalgan vaqtida 
shakllantirish, uni firma xududidan chiqmasdan qabul qilib olish mumkin.
4. Direkt-marketing – qat’iy o‘lchovga ega bo‘lgan axborotni o‘z ichiga oladi. 
Ya’ni direkt-marketing qo‘llanilganda tomonlar buyurtma va u bilan bog‘liq barcha 
harajatlarning aniq miqdorini hisoblab chiqadilar. Olingan miqdoriy ko‘rsatkichlar 
birinchi navbatda direkt-marketingni qo‘llash natijasida olingan iqtisodiy naflikni 
anglatadi.
5. Direkt-marketing mijozlar to‘g‘risida yetarli ma’lumotlar bazasi bo‘lishligini 
talab etadi. Bunday ma’lumotlar asosida sotuvchi direkt-marketningdan foydalanadi, 
uni shakllantiradi, kelgusida istiqbolli mijozlar uchun qaytadan shakllantirishga 
xizmat qiladi. Shuningdek, ma’lumotlar bazasi vaqtdan unumli foydalanish, 
mavsumiy tebranishlarni sayqallashtirishga imkon beradi [31,311]. 7.2-jadvalda 
direkt-marketingning afzalliklari va kamchiliklari keltirilgan.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish