Taqdimot.
Taqdimot turfirmaning muayyan maqsadga yo‘naltirilgan
faoliyatini yoki u hal etish va muhokama qilish niyatida bo‘lgan muammoni yoritib
berishdir. Masalan, reklama byudjet loyihasi, turizm sohasidagi iqtisodiy faoliyatni
isloh qilishga qaratilgan yo‘nalishlar va hokazo. Yaxshi tashkil etilgan taqdimot
jurnalistlarga ko‘proq axborot olish imkonini beradi. Taqdimot OAVning maksimal
turlarini qamrab olish uchun maqsadga muvofiq tadbir. Ta’kidlash joizki, PR
bo‘yicha mutaxassis taqdimot davomida hatto erkin muloqot chog‘ida ham o‘z
materiallari uchun ma’lumot yig‘ishlari mumkin. Tadbir doirasida ishtirokchilarni
qiziqtirgan masalalar borasida ekspertlar bilan uchrashuvini ham tashkil etish
mumkin.
Press-tur.
Bu oldindan rejalashtirilgan va maqsadli auditoriya vakillari uchun
maxsus mo‘ljallangan tadbir bo‘lib, u xolis chiqishlarni OAVda e’lon qilish uchun
uyushtiriladi[25,214]. Press-turlar bir necha soatdan bir necha kungacha davom etishi
mumkin. Press-turni uyushtirish uchun turoperator bevosita ishtirok etadigan har
qanday ahamiyatli voqea sabab bo‘lishi mumkin (6.1-rasm).
162
6.1-rasm. Press-turni tashkil etish jarayoni
Press-turning asosiy afzallik tomoni – uning norasmiy tusda o‘tishidir. Tadbir
davomida ishtirokchilar biror hodisani ichkaridan ko‘radilar, hatto unda ishtirok
etishlari ham mumkin. Yuqorida aytib o‘tilganlardan tashqari, matbuot sayohatiga
tayyorgarlik ko‘rish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
−
ishtirokchilarni kutib olish va joylashtirish (shu jumladan, transportda
tashish, zarurat bo‘lsa mehmonxonada joylarni band qilish va hokazo);
−
ishtirokchilarning ovqatlanishini ta’minlash;
−
boshqa shahardan kelganlar uchun madaniy dasturlar tashkil etish;
−
ishtirokchilarning
tashabbuskor
va
tashkilotchilar
bilan
yakuniy
uchrashuvini uyushtirish;
−
jo‘nab ketishni tashkil etish. Jo‘nab ketishga yengil-yelpi qarash barcha
sa’y-harakatlarni puchga chiqarishi mumkin.
Press-turni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsadni belgilab olish
Press-turni o‘tkazish kuni va vaqtini belgilash
Press-tur ob’ektini belgilash va mazkur ob’ekt bo‘yicha barcha zarur ma’lumotni
beradigan mutaxassislarni tanlash
Press-tur marshrutini, ya’ni ob’ektlarini ko‘zdan kechirish, navbatini belgilash
To‘xtash rejalashtirilgan har bir ob’ektda tadbirlarni o‘tkazish uchun ma’sul shaxslarni
belgilash
Taklif etiladiganlar ro‘yxatini tuzish
Press-tur dasturini tuzish
OAVga dastlabki press-reliz (anons) jo‘natish, so‘ng batafsil press-reliz (yangilikdan
iborat) jo‘natish
Press-tur logistikasini tashkil etish
Press-tur ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash
Do'stlaringiz bilan baham: |