1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

158 
2. Mijozlar bilan ishlash 
– turli tadbirlarni uyushtirish, tantanali sanalarni 
nishonlash va on–layn siljitish; 
3. Turoperatorning ichki va tashqi ijobiy imidjini yaratish. 
Yirik turistik tashkilotlarda marketing bo‘limlari bir vaqtning o‘zida PR 
bo‘linmalari vazifasini ham bajaradilar. PR faoliyatini matbuot bo‘yicha mutaxassis 
(press officer) yoki marketing bo‘yicha menejer (Sales Manager, marketing 
manager)lar olib borishadi. Ularning asosiy vazifalari quyidagilar: 
– jurnalistlar, gid-ekskursovodlar foydalanishi uchun maqolalar, reportajlar va 
tasviriy-tavsifiy ma’lumotlar tayyorlash; 
– turli OAV so‘rovlariga javob berish, tele-, radio- loyihalarda chiqish qilish; 
– monitoring – turli matbuot materiallarining chop etilishini nazorat qilish, 
radio va teleko‘rsatuvdagi chiqishlarni baholab borish va mavjud kamchiliklarni 
bartaraf etish [30,247-249]. 
Vaqtdan unumli foydalanish, murakkab vaziyatlarda ish vaqtini to‘g‘ri 
rejalashtirish bo‘yicha maslahatlar PR bo‘yicha mutaxassislarning mehnat 
samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Media-rejalashtirish (inglizcha “media planning”) – PR tadbirlari rejasini 
tuzish, materialni joylashtirish uchun OAV va boshqa media-maydonlarni tanlashdir. 
To‘g‘ri media-rejalashtirish xabarning kerakli auditoriyaga yetib borishi uchun 
imkoniyat yaratadi. Media-maydonni va namoyish vaqtini oqilona tanlash xabar 
qanday auditoriyaga mo‘ljallangan bo‘lsa, aynan shu auditoriya uni ko‘rishi va 
eshitishi uchun garov bo‘ladi. Media-rejalashtirish OAVni tanlash, PR tadbirlari 
bosqichlarini vaqt nuqtai nazaridan rejalashtirishni o‘z ichiga oladi. Odatda, media-
reja jadval ko‘rinishida tuziladi. Jadvalda media-maydon, xabarning turi (maqola, 
audio-video rolik, banner va hokazo), chiqarilish kuni, necha marta chiqarilishi, 
xronometraj (teleradio xabarlari uchun), betlar soni (gazeta, jurnallar uchun) 
ko‘rsatiladi. Bunday jadval shakli ehtiyojdan kelib chiqqan holda ishlab chiqilishi 
mumkin. Shunday qilib, media-rejalashtirishda uning uchta asosiy negizini ko‘rsatish 
mumkin: maqsadlarni shakllantirish, faoliyat strategiyasi va taktikasini tanlash. 
PR tadbirlarining oldinga qo‘yilgan maqsadlarning turiga qarab, strategik, 
taktik va tezkor media-rejani ishlab chiqadi. PR amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, ushbu 
tadbirlar taktik va tezkor media-rejani amalga oshirishi, ya’ni o‘z oldiga o‘rta 
muddatli (bir yilga) va qisqa muddatli (hafta, oy, chorak) maqsadlarni qo‘yishi 
mumkin. 
Turfirma PR-tadbirlarining media-rejasi yillik, yarim yillik, choraklik rejalarni 
o‘z ichiga olishi kerak. Rejalar turoperatorlik firmasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 
Ularda tadbir, auditoriya, ijro muddatlari to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lishi, ijrochining 
familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi ko‘rsatilishi kerak. 
Media-rejalashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
– PR tadbirlarining maqsad va vazifalarini aniqlab olish; 
– ko‘zlangan auditoriyani belgilash; 
– axborot tarqatishning eng maqbul kanallari va usullarini izlash, shu jumladan, 
OAV reytingini tahlil qilish: umumiy qamrov, ko‘zlangan auditoriyani keng qamrab 
olish; 


159 
– axborot kampaniyasi media-rejasini tuzish; 
– axborot kampaniyasi byudjetini tuzish va asoslab berish; 
– axborot kampaniyasi samaradorligini hisoblab chiqish. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish