.
№ 5 (295)
.
Январь 2020 г.
370
Молодой ученый O’zbekiston
Darhaqiqat, tabiatni muhofaza qilish ayrim kishilarning
ishi deb qaramasdan bu hammaning ishi bo’lib, uni yosh-
likdan, bolalar bog’chalaridan boshlash yanada yaxshi sama-
ralar berishini esdan chiqarmasligimiz kerak.
Bog’cha yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda
tabiat bilan tanishtirishning o’ziga xos tarbiyaviy xususiyat-
lari bor. Bu jarayonni turli vositalar, metodlar, yo’llar bilan
amalga oshirish mumkin. Masalan, bolalarni ekskursiya, ku-
zatish, sayr qildirish orqali tabiat bilan tanishtirish mumkin.
Bu hammaga tanish, ma’lum bo’lgan metodlardir. Faqat ana
shu metodlarni takomillashtirishimiz, ma’lum bir maqsadga
qaratishimiz, har bir tabiat bilan tanishtirilganda bola on-
gida, bilimi va tushunchasida tabiat haqida yangi bir tush-
uncha, yangi bir g’oya qolmog’i kerak. Shuning uchun ham
tarbiyachilar izlanuvchan, o’z ustlarida tinmay ishlaydigan,
unga topshirilgan vazifaning qanchalik muhim ekanligini his
qilgan kishilar bo’lishi kerak.
Tabiat rang-barang. Uning imkoniyatlari ham cheksiz.
Biz tarbiyachilar ana shu rang-baranglikni, imkoniyatlarni
ko’ra bilishimiz, ulardan tarbiya jarayonida oqilona foydala-
nishimiz kerak.
Oddiy bir misol. Xona o’simliklari, gullari bor. Ularni par-
varish qilish bolalarga topshirilib, bolalarni qiziqtirish maq-
sadida har bir gulning nomi yoniga uni parvarish qilayotgan
qiz yoki o’g’il bolaning ismini yozib qo’yilsa qanday yaxshi
bo’ladi. Tarbiyachi har kuni bolalarga uni ko’rsatib, «qa-
ranglar Nargizaning marvaridguli o’ziga o’xshab har kuni
ochilib, sochilib barglari yashil bo’lib borayotir» deyilsa, bi-
lasizmi, buning Nargiza uchun qanchalik tarbiyaviy ahami-
yati bor. U gruppadagi boshqa bolalarga bilintirmay tar-
biyachi so’zini yoshitganda «beixtiyor yayrab bir jilmayib,
kulib qo’yadi». Bizga mana shunisi kerak. Bolaning jilmay-
ishi, kulishi, bola uchun yangi bir quyosh chiqqanday. Usha
paytda bola organizmida qanchalik fiziologik o’zgarishlar
sodir bo’ladi, uning qobiliyatidan yashirinib yotgan imkoni-
yatlari, talanti rivoj topadi.
Biz nima uchun bolalarni har tomonlama kamol topti-
rish kerak deymiz. Chunki inson organizmida hamma ishni
qila oladigan imkoniyatlar bor. Faqat biz tarbiyachilar uni va-
qtida parvarish qilsak, uni o’sib voyaga etishi uchun sharoit
yaratsak, u albatta kurtak yozib hosil beradi. Masalan, dun-
yoga dong taratgan amerikalik shaxmatchi Fisherni bilasiz.
Uni shaxmatchi bo’lishiga xolasi sababchi bo’lgan. Fisher
3 yoshga kirganda uning tug’ilgan kuniga xolasi shaxmat
sovg’a qiladi. U4 yoshigacha shaxmat donalarini shaxmat
doskasi ustida terib, yurish yo’llarini o’rganadi. 5–6 yoshida
oilasidagilarni shaxmatdan yutadi. 7–8 yoshida maktabda
shaxmat chempioni degan nom oladi. 10 yoshida shaxmatchi
degan nom butun shtatga tarqaladi. Xullas, qarabsizki, u
dunyo chempioni darjasigacha ko’tariladi.
Xulosa qilib aytganda, Fisherda shaxmatga bo’lgan ta-
lanti, qobiliyati xolasining bir turtkisi bilan ochilib, u o’z
imkoniyatini, elga, xalqqa, dunyoga taratdi. Bu tasod-
ifiy, albatta. Ammo tasodiflar ham ba’zan katta yangiliklar,
ochilmagan qirralarni kashf etishi mumkin. Bordi-yu xolasi
shunga shaxmat emas, boshqa biror narsa sovg’a qilganda
ajab emasdi, uning shaxmat sohasidagi talanti rivojlanmay,
«yopiq qozon yopiqligicha» qolib ketishi mumkin edi. Biz
ham shu yo’ldan borgan holda, bolaning har bir o’ziga xos
bo’lgan sifatlarini shakllantirishga harakat qilishimiz va bu
masalani albatta tabiat bilan bog’lagan holda amalga os-
hirsak, bola uchun ham qiziq, yangilik bo’ladi.
Adabiyot:
1. Mirzaev T., G’afurov Z. Tabiatni e’zozlash umumbashariy muammo. — Toshkent: Yangi asr avlodi, 2001. — 135 b.
2. O’zbek Milliy enstiklopediyasi. — Toshkent: Davlat ilmiy nashriyoti, 2003. — 704 b.
3. O’zing yasa (matematika, tabiiy fanlar va boshqa o’quv markazlari uchun didaktik va o’yin materiallari). — Toshkent,
2011. — 206 b.
4. Yusupova P. A. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ekologik ta’lim-tarbiya berishning o’ziga xos xususiyati. —
Toshkent, 1995 yil.
5. Yusupova P. A. Maktabgacha yoshdagi bololarga ekologik tarbiya berish. — Toshkent: O’qituvchi, 1995. — 224 b.
6. Hasanboyeva O. va boshq Tabiat bilan tanishtirish metodikasi. — T.: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2016. — 128 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |